Tabiiy geografik o’lkaning chegaralarining o’ziga xos tomonlarini ayting?
Foydali qazilmalar hosil bo’lishida uning geologik tarixi bilan bog’liqligi nimada?
O’lkalarning iqlimiy sharoiti va ichki suvlariga tavsif bering?
O’lkalardagi asosiy o’simlik va hayvonot vakillari qanday xususiyatlarga ega?
G’ARBIY YEVROPA
Tayanchso’zvaiboralar:materiksayozligi,antropogenlandshaftlar,tektonik yoriq, kar ko’llar, peneplen, ohaktosh, bukilma, agrolandshaftlar, morenagryadalari, gidrografik to’r, qo’riqxona, Gertsin Yevropasi, daryo vodiylari, qumdyunalari,Kuestgryadalar,dengizyotqiziqlari,suvayirg’ich,Al’ptog’burmalanishi,tektonik cho’kma,kristalljinslar.
Britaniya orollari. G’arbiy Yevropa qirg’oqlari yaqinidagi yirik arxipelag. Uning tarkibiga ikki yirik orol - Buyuk Britaniya va Irlandiya, mayda orollar Anglsi, Uayt, Ichki va Tashqi Gebrid, Orkney va Shotland orollari kiradi. Arxipelagning umumiy maydoni 325 ming km2, bundan 244 ming km2 Buyuk Britaniya orollariga, 84 ming km2 esa Irlandiya oroliga to’g’ri keladi. O’lka materik yaqinida, materik sayozligida joylashgan bo’lib, sharqda materik sayozligida Shimoliy dengiz joylashgan. Shimoliy va g’arbiy sohillarni bevosita Atlantika okeani o’rab turadi, Irlandiya va Buyuk Britaniyani Irlandiya dengizi bir-biridan ajratib turadi.
Britaniya orollari qirg’oq bo’yi suvlarining chuqurligi 200 m, ularning sayoz qismi tik tushgan jarlik bilan chegaralanadi. O’lkaning orollarda joylashganligi va Atlantikaning kuchli ta’siri, qirg’oqlarning keskin parchalanganligi, rel’efining juda o’yilib ketganligi hamda antropogen landshaftlarning keng tarqalganligi Britaniya orollari tabiatining asosiy xususiyatlarini belgilab beradi. Britaniya orollarining paleozoyda burmalangan tog’lari kuchli ravishda tik o’yilgan, bu jarayon neogenning oxiri va antropogenning boshida kuchli ro’y bergan. Bular kuchli parchalanib ketgan rel’efni vujudga keltirgan, unda burmalangan fundamentning chiqqan va cho’kkan joylari o’zaro almashinib keladi, cho’kkan joylar turli yoshdagi va har xil yo’l bilan paydo bo’lgan yotqiziqlar bilan qoplangan. To’rtlamchi davrda Buyuk Britaniya orolining janubiy qismidan boshqa butun qismi materik muzlari bilan qoplangan va bu muzlar qalin morena yotqiziqlarini qoldirgan. So’nggi muzlanish tog’larda uchrab, uning markazlari Shotlandiya, Irlandiya va Uelsda bo’lgan. Britaniya orollari rel’efida uncha baland bo’lmagan va tekislanib
qolgan tog’ massivlari ustun turadi, bu tog’ massivlari sertepa suv osti soyliklari hamda platolari bilan almashinadi. Eng baland yeri 1300 m dan oshadi.
Orollarning qirg’oq chizig’i tektonik yoriqlar, ko’tarilish va cho’kishlar natijasida juda parchalangan. Yirik qo’ltiqlar Buyuk Britaniya bilan Irlandiyaning yer yuzasi tekislikdan iborat sohillariga kirib boradi, yarimorollarda tog’ massivlari qad ko’targan. Buyuk Britaniyaning shimolida Shimoliy Shotlandiya tog’ligi joylashgan bo’lib, Glenmor chuqur tektonik yorig’i tog’likni ikki qismga: Shimoliy tog’lik va Grampian tog’liklariga ajratadi, Grampian tog’larida orollarning eng baland cho’qqisi Ben-Nevis (1343 m) massivi joylashgan. Tog’likning chekka shimoliy qismi yer po’stining yaqin geologik vaqtda ro’y bergan yorilishlari va parchalanishlari natijasida Buyuk Britaniya orolidan ajralib chiqqan hamda Ichki va Tashqi Gebrid orollarnni hosil qilgan.
Shotlandiyaning janubiy qismida Janubiy Shotlandiya qirlari joylashgan, ular tepasi to’lqinsimon va balandligi 500-600 m li platodan iborat. Janubiy Shotlandiya qirlarining g’arbiy qismi sharqiy qismiga nisbatan baland va ko’p parchalangan; unda kar ko’llari, xarsang toshlar hamda morenalar uchraydi. Grampian tog’lari bilan Janubiy Shotlandiya qirlari orasidagi graben (cho’kma)da O’rta Shotlandiya tekisligi joylashgan. Shimoliy Angliyada Janubiy Shotlandiya qirlaridan janubda sohil bo’ylab ketgan qirlar va sertepa tekisliklar ajralib turadi. Bristol qo’ltig’i grabeni Uels yarimorolini Kornuel yarimorolidan ajratib turadi; Kornuell yarimoroli Buyuk Britaniyaning janubi-g’arbiy chekka qismidir. Bu yarimorol yosh cho’kindi jinslar qatlamlari orasidan qad ko’targan peneplenlashgan qirlar bilan band. Dartmur-Forest va Eksmur-Forest kristalli massivlari Kornuel yarimorolidagi eng baland (500-600 m) joylar hisoblanadi. Orolning janubida depressiya (soylik)lar kuesta platosi rel’efida yaqqol ajralib turuvchi Chiltern-Xils qirlaridan iborat, balandligi 250 m ga yetadi. Bu qirlar janubga Temza havzasi botig’iga yoki London havzasiga tomon qiya tushib keladi.
Irlandiya orolining butun ichki qismini Markaziy Irlandiya pastekisligi band etgan. Uning yuzasi karbon davrining ohaktoshlaridan tarkib topgan. Markaziy Irlandiya tekisligi hamma tomondan kuchli parchalangan va balandligi 1000 m dan oshmaydigan tog’ massivlari bilan o’ralgan. Shimolda Donegol massivi, shimoli- Sharqiy sohil yaqinida Antrim tog’lari joylashgan. Irlandiya sohilining shimoli- g’arbida Konnaut tog’lari, janubi-sharqda sohil bo’ylab Unklou tog’lari cho’zilgan, janubi-g’arbda Irlandiyaning eng baland qismi Kerri tog’lari va undagi Karrantuil cho’qqisining balandligi 1041 m ni tashkil qiladi.
Britaniya orollari iqlimi ko’p jihatdan g’arbiy havo massalari bilan bog’liq bo’lib, kuchli va nam g’arbiy shamollar yil bo’yi orollarga ko’p miqdorda yog’in keltiradi. Orollarning g’arbiy chekkalari va tog’larning g’arbiy yonbag’irlariga yog’in ayniqsa ko’p tushadi; bu yerda yillik yog’in miqdori 1500 mm dan ayrim joylarda esa hatto 2000 mm dan ham ortadi. Janubi-G’arbiy Irlandiya va Kornuell yarim oroliga butun qish bo’yi qor yog’maydi, boshqa joylarda esa qishda atigi 10-20 kun qor yog’adi. Sharqiy va janubi-sharqiy qismlarga yiliga
700-800 mm yog’in tushadi. Bu yerlarda havoda bulut kamroq, shamollar ham uncha tez esmaydi.
Britaniya orollari, ayniqsa ularning g’arbiy va janubi-g’arbiy hududlari haroratning yillik tebranishi kichikligi bilan xarakterlanadi. Yillik amplituda Irlandiyaning janubi-g’arbida taxminan +70+8°S ni, Irlandiyaning sharqida
+100+110S, Angliyaning janubi-sharqida +14°S ni tashkil etadi va qishda deyarli sovuq bo’lmasligi hamda yozning salqin kelishi bilan xarakterlanadi, yozda
+30°C gacha ko’tariladi. Shotlandiyaning shimolida yozda harorat +20°S gacha ko’tariladi. Quyoshli kunlar janubi-sharqda 40% ga, g’arbda u 17-29% ni tashkil etadi. Britaniya orollari tabiatining o’ziga xos tomonlaridan biri-uning juda sertuman ekanligidir. Tuman asosan qishda tez-tez tushib turadi, tumanlar tushishining sababi nisbatan sovuq suvning Shimoliy Atlantika oqimining bir oz iliq suvlari bilan qo’shilishi va buning natijasida havo haroratidagi tafovutning vujudga kelishidir.
Rel’ef va iqlim xususiyatlariga qarab orollarning daryo tarmoqlari juda zich. O’lkaning yirik daryolari Severn (355 km), Temza (332 km), Shannon (36 km) uzunligi jihatidan materikdagi ko’pgina daryolardan orqada turadi, biroq ular yil bo’yi sersuv bo’ladi va muzlamaydi, kema qatnovi uchun qulay. Daryolar chuqur va keng estuariylar bilan tugaydi, suv qalqib ko’tarilganda estuariylarga yirik okean kemalari bemalol kirib kela oladi.
Britaniya orollarida yirik ko’llar yo’q, kichik ko’llar esa juda ko’p va go’zaldir. Eng katta Lox-Ney ko’li Irlandiyada joylashgan bo’lib, uning maydoni 400 km2 ga yaqin. Shotlandiyaning tog’li hududlarida, Kamberlend massivida va Uelsda muzlik ko’llari juda ko’p. Irlandiya ko’llarining ko’pi karst ko’llaridir. Buyuk Britaniyaning shimolida podzol tuproqlarda qarag’ay va qayin o’rmonlari, janubda o’rmon qo’ng’ir tuproqlarida dub, ayrim joylarda esa buk- grab o’rmonlari eng ko’p tarqalgan. Hozirgi vaqtda o’rmonlar barcha orollar maydonining atigi 4-5% ini egallaydi. Katta maydonlarni o’tzorlar, doimiy yashil butazorlar va botqoqliklar egallaydi. O’rmon o’simliklarining yuqori chegarasi 200-300 m dan o’tadi va 600 m dan yuqoriga chiqmaydi. Britaniya orollarining hayvonot dunyosi kambag’al, hozirgi paytda yirik hayvonlar tabiiy holatda uchramaydi. Faqat ayrim joylarda Shotlandiya bug’usi va bug’uning yana bir turi (lan) alohida qo’riqlanadi.