Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə170/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

O’rta Yevropa tekisligi. O’rta Yevropa tekisligi g’arbda Reyn daryosining quyi oqimidan boshlanib, sharqda Sharqiy Yevropa tekisligigacha kenglik bo’ylab cho’zilgan. Shimolda Boltiq va Shimoliy dengizlar bilan, janubda Markaziy Yevropa tog’lari bilan chegaralangan. O’rta Yevropa tekisligi boshqa o’lkalardan rel’efining tekisligi va tabiiy geografik sharoitining bir xilligi bilan farq qiladi. Bu yerda mavjud bo’lgan ayrim geomorfologik va tabiiy geografik ichki farqlar uning hududini uch qismga bo’lishga imkon beradi. Shimoliy German pastekisligi, Buyuk Polsha pastekisligi va Yutlandiya yarim oroli. O’rta Yevropa tekisligi Boltiq qalqoni bilan paleozoyda burmalangan tog’lar oralig’idagi bukilmada hosil bo’lgan. Bu joylar perm davrida dengiz tagida bo’lgan va bir necha marta kontinental rejim bilan almashib turgan. Bo’r va paleogen davrlarida ham suv ostida qolib dengiz yotqiziqlri
to’plangan. Neogenning oxirida kontinental rejimga o’tgan. To’rtlamchi davrda rel’efining shakllanishiga materik muzliklari ta’sir ko’rsatgan. Eng so’nggi muzlik tekislikning shimoli-sharqiy qismini qoplagan. Hozirgi rel’ef shakllarida bu muzlikning izlari yaxshi saqlangan. Materik muzligidan keyin yangi tektonik harakatlar natijasida yer yuzasining qaytadan pasayishi va transgressiyalar sodir bo’lgan, natijada Shimoliy hamda Boltiq dengizlari vujudga kelgan.
Shimoliy dengiz sohillarida parallel ravishda G’arbiy va Sharqiy Friz orollar tizmasi, Yutlandiya yarim orolining g’arbiy sohiliga yaqin hududlarda Shimoliy Friz orollar tizmasi cho’zilgan. Materik qirg’oqlari bilan orollar tizmasi oralig’ida suvning ko’tarilishi paytida suv bosadigan o’ziga xos sersuv landshaft polosasi (vattlar) shaklangan. Friz orollari dyunalar gryadasidan tashkil topgan bo’lib, ular yaqindagina quruqlikning cho’kishi natijasida materikdan ajralgan. Dollart va Zeyder-Ze ko’rfazlarining hosil bo’lishi ham yangi tektonik harakatlar bilan bog’liq. Tekislikning g’arbiy qismi bir xil ko’rinishdagi yassi pastekislik bo’lib, uning balandliga 100 m ga ham yetmaydi. Qirg’oq bo’ylarining aksariyat maydoni dengiz sathidan ham pastda yotadi. Reyn daryosi o’z del’tasida bir necha tarmoqlarga bo’linib juda ko’p orollar hosil qilgan. Bu orollarning yuzasi ham dengiz sathidan pastda joylashgan. Tekislikning dengiz sohillarida polderlar va marshlar barpo etilgan. Ular maksimal darajada madaniylashtirilib rang-barang agrolandshaftlarga aylantirilgan. Polderlar va marshlar polosasidan janubda, Shimoliy German pastekisligining shimoli-g’arbida zandra qumoq yotqiziqlardan tarkib topgan nisbatan balandroq yerlar (gorstlar) joylashgan. Gorstlar kam hosildor, ba’zan botqoqlangan yerlar bo’lib, undan janubda, tog’ etaklari yonida lyossli jinslar ustida
vujudga kelgan hosildor yerlar keng tarqalgan.
Vezer va uning irmog’i Aller daryolaridan sharq tomonda Shimoliy German pastekisligi kengayib, rel’ef shakllari o’zgarib boradi. Tekislikning muz bosgan shimoli-sharqiy qismi g’arbiga nisbatan tepalik rel’ef shakllari va bir oz balandligi bilan farq qiladi. Bu yerda oxirgi morenalar to’plangan joylarda tepalik gryadalar va ular oralig’idagi pastqamliklarda ko’plab sayoz ko’llar hosil bo’lgan. Morena gryadalari oraliqlarida vujudga kelgan ko’llar genetik jihatdan morena ko’llari tipiga kiradi. Tekislikning ko’llar keng tarqalgan bunday joylari ko’llarbo’yi mintaqasi deb ataladi. Shimoliy German pastekisligidagi Meklenburg ko’llarbo’yi mintaqasi, Buyuk Polsha pastekisligidagi Pomore va Mazur ko’llarbo’yi mintaqalari shular jumlasidandir. Ko’llarbo’yi mintaqalaridagi eng baland nuqta Gdansk shahri yaqinida 337 m ni tashkil etadi. Oxirgi morena gryadalari Yutlandiya yarim orolida meridional yo’nalishda joylashgan. Shimoliy German va Buyuk Polsha tekisliklarida oxirgi morenalar kenglik bo’ylab cho’zilib, ko’llarbo’yi mintaqalari bilan birgalikda Boltiq ko’llar gryadasini hosil qiladi. Shimoldagi Yutlandiya yarim orolining yer yuzasi yassi tekislikdan iborat. Eng baland nuqtasi Iding-Skov tepaligida 173 m ga yetadi. Yutlandiya janubda Kil kanali o’tkazilgan hududda maydoni 40 ming km2 ni tashkil qiladigan Shimoliy German pastekisligi bilan tutashgan. Yarim orolning iqlimi mo’tadil dengiz iqlim xarakteriga ega. Yillik yog’in miqdori g’arbida 800 mm dan sharqida 600 mm gacha o’zgaradi. Maydonining 90% i yem-xashak o’tlar, qand lavlagi va don ekinlari bilan, 9% i
o’rmonlar bilan band. O’rmonlar asosan g’arbda qarag’aylardan, sharqda buk va emanlardan tarkib topgan.
O’rta Yevropa tekisligining iqlimi mo’tadil xarakterga ega bo’lib, g’arbdan sharqqa tomon o’zgarib boradi. Iqlimning uzoqlik bo’ylab o’zgarishiga sabab dengiz havo massasini materik ichkarisiga kirib borgan sari transformasiyalanish jarayonining kuchayishi bilan bog’liq. Shimoliy German pastekisligining g’arbiy qismida yillik yog’in miqdori 700-800 mm dan Buyuk Polsha pastekisligining Sharqiy qismida, Varshava atrofida 500 mm gacha kamayadi. G’arbda qishi ancha yumshoq bo’ladi, sovuqli kunlar deyarli bo’lmaydi. Yanvarning o’rtacha harorati
+1°- 1°S ga, minimal harorat Amsterdamda -27°S kuzatilgan. Yozi salqin, bulutli kunlar ko’p bo’ladi. Iyulning o’rtacha harorati +17°+18°S. Sharqqa borgan sari yog’in miqdorining kamayishi bilan birga qishi sovuqroq va yozi nisbatan issiqroq bo’la boradi. Buyuk Polsha pastekisligining sharqiy qismida yanvarning o’rtacha harorati -4°S ni, iyulniki +18°+19°S ni tashkil etadi. Qishda sovuqli kunlar soni ko’payadi , daryo suvlari muzlaydi, qor qoplami hosil bo’ladi.
O’rta Yevropa tekisligida gidrografik to’r yaxshi rivojlangan. Barcha daryolar uning hududini janubdan shimolga qarab kesib o’tib Shimoliy va Boltiq dengizlariga quyiladi. Shimoliy dengizga quyiladigan daryolar estuariylar hosil qiladi, Boltiq dengizi havzasiga qaraydigan daryolar lagunalarga quyiladi. Tekislikning eng yirik daryolari Ems (371 km), Vezer (724 km), Elba (1165 km), Oder (907 km), Visla (1092 km) hisoblanadi. Visla daryosi havzasining maydoni 198,5 ming km2. O’rtacha yillik suv sarfi quyi oqimida 1100-1200 m3/sek ni tashkil etadi. U G’arbiy Karpat tog’laridan boshlanib, Boltiq dengizining Gdansk qo’ltig’iga quyiladi. Elba daryosi o’lka hududida emas, balki G’arbiy Yevropada ham eng uzun daryolardan biri hisoblanadi. Havzasining maydoni 148 ming km2, o’rtacha yillik suv sarfi 694 m3/sek. Bu daryolar asosan yomg’ir suvlaridan va qisman tog’lardagi qorlarning erishidan to’yinadi. Barcha daryolar bir-biri bilan kanallar orqali tutashtirilib yagona gidrografik to’r tizimini hosil qilgan. O’rta German, Kil, Vidgosh va boshqa kanallar bunga misol bo’la oladi. Daryolar va kanallar juda katta transport ahamiyatiga ega. Tekislikning tabiiy zonal landshaftlari chimli-podzol tuproqli aralash o’rmonlardan va qo’ng’ir tuproqli keng bargli o’rmonlardan tarkib topgan. Biroq hozirgi vaqtda bunday o’rmonlar juda kam qolgan. Ularning o’rnini madaniy o’tloqzorlar, qishloq xo’jalik ekinlari, sun’iy daraxtzorlar egallagan. Keng bargli o’rmonlarga xos bo’lgan buk, eman, qayrag’och daraxtlari kamdan-kam uchraydi. Ikkilamchi antropogen o’rmonlarda igna bargli daraxtlar ko’pchilikni tashkil etadi. Gollandiya, Yutlandiya va Shimoliy German pastekisligining g’arbiy qismida antropogen o’tloqzorlar ko’p, sharqqa borgan sari madaniy o’tloqzorlar maydoni kamayib, o’rmon landshaftlarining maydoni orta boradi. Ko’llarbo’yi mintaqalarida o’rmon massivlari yaxshi saqlangan. Ayniqsa, Buyuk Polsha pastekisligida hozir ham inson xo’jalik faoliyati ta’sirida kam o’zgargan o’rmonlar kengroq maydonlarni egallab olgan. Boltiq dengizi sohilidagi va tekislik ichkarisidagi zandra qumoq dalalarida qarag’ay o’rmonlari uchraydi. Qolgan joylarda aralash o’rmonlar yetakchi rol o’ynaydi. Bu o’rmonlarda Yevropa yeli, karag’aylar bilan birga buk, zarang, jo’ka kabi keng bargli daraxtlar ham uchraydi. Aralash o’rmonlarning o’zgarmagan
qadimgi holatdagi etaloni Yevropaning eng yirik qo’riqxonalaridan biri Belovej pushasida yaxshi saqlangan. Bu o’lka hududida o’rmonlarning kesilib ketishi va yerlarning maksimal darajada haydalishi yovvoyi hayvonlar sonining keskin kamayishiga va ayrim turlarini yo’qolib ketishiga sabab bo’lgan. Dashtlarga o’xshash ochiq yerlarda esa kemiruvchi mayda cho’l hayvonlarining soni ko’payadi. Hozirgi paytda yovvoyi hayvonlarning ko’plab turlari va ularning vakilliri qo’riqxonalarda va milliy parklarda muhofaza qilinmoqda. Jumladan, Belovej pushasida zubrlar, asl zotli bug’ular, loslar, kosulyalar, yovvoyi cho’chqalar, olmaxonlar, bo’rsiqlar muhofaza qilinib, ularning soni tiklanmoqda.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin