Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə171/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

O’rtacha balandlikdagi tog’lar (Markaziy Yevropa). O’lka g’arbda Atlantika okeani sohillaridan boshlanib, sharqda Oder va Visla daryolarining suv ayirg’ichigacha davom etadi. Bu o’lka tarkibiga Fransiyaning Parij Havzasi, Garonna pastekisligi, Armorikon va Markaziy massivlari, Belgiya va Germaniyaning janubiy qismlari, Chexiya massivi va O’rta Polsha kiradi. Markaziy Yevropa O’rta Yevropa tekisligidan farq qilib, uning hududi tekisliklardan, botiqlardan, tog’ massivlaridan, platformalardan va qirlardan tarkib topgan. Shuning uchun u Markaziy Yevropa tog’-tekislik o’lkasi yoki Gertsin Yevropasi deb ham ataladi. Markaziy Yevropaning g’arbiy qismida Fransiya hududida bir-biridan botiq orqali ajralib turgan, kuchli peneplenlashgan qadimgi massiv - Armorikon va Markaziy massivlar joylashgan. Armorikon massivi Fransiyaning shimoli-g’arbiy qismida gertsin burmalanishi natijasida vujudga kelgan. Bu massivda Markaziy massivga nisbatan neogen davrida ko’tarilma tektonik harakatlar kuchli bo’lmagan. Lekin cho’kish jarayonining bir necha marta takrorlanishi uning yuzasini botiqlar bilan ajralib turgan alohida-alohida balandliklarga bo’lib yuborgan. Bretan yarim orolidagi Arre tog’i, Normandiya va Gatin qirlari qadimgi yaxlit massivning qismlari hisoblanadi. Bular to’lqinsimon yuzali ko’tarilmalar bo’lib, kristall jinslardan tarkib topgan. Ularning dengiz sathidan balandligi 400 m ga yetadi.
Markaziy massiv Markaziy Yevropaning gertsin burmalanishida vujudga kelgan eng yirik va gumbazsimon baland ko’tarilma hisoblandi. Uning asosini burmalangan qadimiy kristall va vulkanik jinslar tashkil etadi. Neogenda massivning o’rta qismida tektonik harakatlar kuchli bo’lib, uning hududini parchalagan, turli xil yo’nalishda chuqur yoriqlar hosil qilgan. Bu yoriqlardan vulqonlar otilib chiqqan. Vulqonlar antropogenning boshlariga qadar harakatda bo’lib, bir qator vulkanik massivlarni vujudga keltirgan. Shulardan eng kattasi Mon-Dor vulkanik massivining baland nuqtasi Pyui-de-Sansi cho’qqisi 1886 m ga yetadi va o’lkaning ham eng baland nuqtasi hisoblanadi. Bundan tashqari Kantal (1858 m), Mezenk (1754 m) va boshqa massivlar ham bor. Markaziy massivning janubiy qismidagi kristall jinslar yura davrining ohaktoshlari bilan qoplangan va Gran-Kos platosi deb ataladi. Bu platoda karst rel’ef shakllari yaxshi rivojlangan. Massivning 1700 m balandlikkacha ko’tarilgan sharqiy va janubi-sharqiy qismlari Sevenni deb ataladi. Uning sharqiy yonbag’iri zinapoyasimon tik, daryo vodiylari chuqur kesilgan. Massivning shimoli- g’arbida Limuzen platosi joylashgan.
Biskay qo’ltig’i bilan Markaziy massiv oralig’ida Goronna pastekisligi yoki Akvitaniya havzasi joylashgan, janub tomondan Pireney tog’ etaklari bilan
chegaralangan. Akvitaniya havzasi tektonik botiqda vujudga kelgan. Uning poydevorini gertsenoidlar tashkil etib, yuza qismi paleogen, neogen va antropogen davrlarida Pireney tog’laridan oqizib keltirilgan yotqiziqlar bilan qoplangan. Pastekislikning balandroq janubiy qismida daryo irmoqlari bilan kuchli parchalangan bir qancha asimmetrik platolar hosil bo’lgan. Qolgan katta qismi shimolga va g’arbga tomon pasayib borgan bir xil yassi tog’likdir. Biskay qo’ltig’i sohili bo’ylab qum dyunalari cho’zilgan, ular Landalar deb atalib, uzunligi 150-200 km ni, kengligi 7-8 km ni va balandligi 70-100 m ni tashkil etadi. Fransiyaning shimoli-g’arbiy qismini Parij havzasi yoki Shimoliy Fransiya pastekisligi egallagan. Parij havzasi yirik botiq shaklida bo’lib, markaziy qismidan chekka tomonlarga asta- sekin ko’tarilib boradi. O’rta qismi bo’r va paleogen dengiz yotqiziqlari bilan to’lgan. Chekkalarida esa qadimgi jinslar yuzaga chiqib qolgan. Parij havzasidan Sena daryosi va uning ko’plab irmoqlari oqib o’tadi. Havzaning sharqiy qismida kuest rel’ef shakllari, janubiy va g’arbiy qismlarida tepalik rel’ef shakllari keng tarqalgan. Kuest gryadalari yura, bo’r va paleogenning karbonatli jinslaridan- ohaktosh, bo’r va qumtoshlardan tarkib topgan. Parij havzasidan sharqda Shampani, Argonn, Lotaringiya kuest gryadalari cho’zilgan. Lotaringiya kuest platosi Reyn, Mozel va Maas daryolarining vodiylari bilan kesilgan. Reyn daryosining janubiy oqimi bo’ylab cho’zilgan polosada yer yuzasi kuchli parchalangan. Janubda Reyn daryosi lyossimon va allyuvial cho’kindi jinslar bilan qoplangan Yuqori Reyn tekisligidan oqib o’tadi. Tekislikning g’arbiy tomonida Vogezi (1423 m) va sharqiy tomonida Shvarsvald (1493 m) massivlari ko’tarilgan. Bu tog’ massivlari shimol tomon pasayib borib, g’arbda qumtoshli Xardt va sharqda Odenvald platolari bilan tugaydi. Yuqori Reyn tekisligidan shimolda Reyn daryosi Reyn Slanes massivi hududidan oqib o’tib, uni ikki qismga bo’ladi. Shvarsvald tog’idan sharqda trias, yura davrlarining dengiz yotqiziqlaridan tarkib topgan Shvab-Frankon kuest tipik platosi joylashgan bo’lib, uning janubi-g’arbiy ohaktoshli qismi Shvab Albi yoki Shvab Yurasi, shimoli-sharqiy kuchli parchalangan qismi Frankon Albi yoki Frankon Yurasi deb ataladi. Kuestli hududda karst rel’ef shakllari keng tarqalgan. Frankon Albidan shimolda daryo eroziyasi bilan kuchli parchalangan, tik yon bag’irli gorst tog’ massivlari Tyuriyagen O’rmoni (982 m), Frankon O’rmoni va Garts massivi joylashgan. Garts tog’ining Brokken cho’qqisi dengiz sathidan 1142 m baland.
O’lkadagi Chexiya massivi gertsin epoxasida burmalangan va keyin peneplenlashgan va baland ko’tarilgan gorst tog’lar bilan o’ralgan. Massivning shimoli-g’arbida Rudali tog’lar (1244 m), janubi-sharqida Chexiya O’rmoni va SHumava tog’lari qad ko’tarilgan. Shumava tog’ining eng baland joyi Groser-Raxel cho’qqisi 1453 m ga yetadi. Chexiya massivining shimoli-sharqiy qismini Sudet tog’lari (Snejka,1602 m) tog’i joylashgan. Bu tog’larning geologik strukturasi qadimgi burmalangan tog’ jinslaridan va yosh vulkanik jinslardan tuzilgan. Chexiya massivining janubi-Sharqiy qismini balandligi 800 m atrofida bo’lgai Chexiya- Moraviya qirlari egallagan. Uning katta qismi kembriydan oldingi kristall jinslardan tuzilgan. Sharqiy qismidagi mezozoy oxaktoshlarida karst rel’ef shakllari, g’orlar keng tarqalgan. Pragadan janubda balandligi 700-800 m bo’lgan Brdi tepaligi
ko’tarilgan. Chexiya massivining eng past joyi Laba daryosi vodiysidagi Polaba tekisligida 200 m ni tashkil etadi. O’lkaning sharqiy qismi Oder va Visla daryolarining suvayirg’ichida maksimal balandligi Lisitsa tog’i 611 m gacha ko’tarilgan.
O’lka iqlimining shakllanishida Atlantika havo massasining roli katta. Nam dengiz havo massasi materik ichkarisiga kirib borgan sari transformasiyalashib, g’arbdan Sharqqa qarab kontinentallik darajasi orta boradi. Bu yerning iqlim sharoiti uzoqlik bo’ylab o’zgarishdan tashqari rel’ef ta’sirida ham o’zgaradi. Jumladan, botiqlarning iqlimi tog’ yon bag’irlariga nisbatan ancha kontinentalligi bilan farq qiladi. Bu o’z navbatida yillik havo haroratidagi amplitudaning katta bo’lishiga, yog’in miqdorining kamayishiga olib keladi. O’lkaning g’arbiy okeanbo’yi qismlarida qish iliq, yoz salqin, namgarchiliq ko’p bo’ladi. Bretan yarim orolida yanvarniig o’rtacha harorati +6°+7°S ga, iyulniki +17°S ga teng. Yillik yog’in miqdori 1500 mm ni tashkil etadi. Janubda Akvitaniya pastekisligida iyulning o’rtacha harorati +21°+22°S gacha ko’tariladi, yillik yog’in miqdori 800 mm gacha kamayadi. Markaziy massivning g’arbiy yon bag’irlarida atmosfera yog’inlarining miqdori yana ortadi. Yog’in yil bo’yi asosan yomg’ir shaklida tushadi. Qor kamdan- kam yog’adi. Iqlim sharoitini sharqqa tomon o’zgarib borishi Parij havzasidan boshlab yaqqol seziladi. Bu yerda eng sovuq oyniig o’rtacha harorati +20+30S ga, issiq oyniki esa +19°S ga teng. Yiliga o’rtacha 700 mm atrofida yog’in tushadi. Lotaringiya platosida qishning o’rtacha harorati 0°S ga yaqin bo’ladi. Markaziy massivda qish sovuqroq va qorli bo’ladi. Bu fasl to’liq uch oy davom etadi. Yozi iliq va yomg’irli.
O’lkadagi barcha tog’larning g’arbiy yon bag’irlariga 1000 mm dan ziyod yog’in tushadi, Sharqiy havo oqimiga teskari bo’lgan yon bag’irlarda bu ko’rsatgich 500-600 mm gacha kamayadi. Tog’larda qish va yoz oylarining harorati ham tekislik va botiqlardagi havo haroratiga nisbatan pastroq. Masalan, Garts tog’larida yanvarning o’rtacha harorati - 3,5°S ga va iyulniki +10°+11°S ga teng. Qish oylarida g’arbiy nam shamollar esib turadi, tumanli va bulutli kunlar ko’p bo’ladi, qor koplami qalin bo’lib, besh-olti oygacha saqlanadi.
O’lka hududida yil bo’yi to’lib oqadigan daryolar va ularning irmoqlari zich joylashgan. Eng yirik daryolari Reyn (1320 km), Sena (780 km), Luara (1010 km), Garonna (650 km), Rona (812 km) va boshqalardir. Bu daryolarning gidrologik rejimi bevosita shu joyning iqlim sharoitiga va rel’efiga bog’liq. G’arbiy hududlardagi daryolarning suv sarfi yil bo’yi deyarli bir tekisda taqsimlangan. Sharqiy hududlarda aksincha, daryolarning suv sarfi tog’ massivlaridagi qorlarning erishi tufayli bir muncha murakkablashadi. Reyn va Rona daryolari Al’p tog’laridan boshlanib, birinchisi Shimoliy dengizga va ikkinchisi O’rta dengizning Leon qo’ltig’iga quyiladi. Sena daryosi Langr platosidan boshlanib, Parij havzasini va Parij shahrini o’rtasidan kesib o’tib La-Mansh bo’g’iziga quyiladi. Luara daryosi Sevenni tog’laridan va Garonna daryosi Markaziy Pireney tog’laridan boshlanib, Atlantika okeanining Biskay qo’ltig’iga quyiladi. Markaziy Yevropaning sharqiy qismidan O’rta Yevropa tekisligining bir qator daryolari boshlanadi. Jumladan, Tyuringen O’rmoni tog’idan Vezer, Chexiya massividan Vltava, Sudet tog’laridan
Oder va Laba, Shvab-Frankam Albidan Nekkar va Mayn daryolari hamda Dunayning yuqori irmoqlari, O’rta Polsha qirlaridan Varta daryosi boshlanadi. Bu daryolarning hammasi yomg’ir suvlaridan, Al’p va Pireney tog’laridan boshlanadiganlar qor suvndan ham to’yinadi. Markaziy Yevropaning barcha yirik daryo tizimlari - Reyn, Sena, Luara, Garonna, Sona, Mayn va boshqalar bir-biri bilan Janubiy kanal, Rona-Reyn kanali, Marna-Reyn kanali, Burundi kanali va boshqa kanallar orqali tutashgan. Bu tabiiy va sun’iy suv tizimlar magistralli kemalarning qatnovi uchun juda qulay.
Hozirgi vaqtda o’rmonlar o’lkaning Sudet tog’larida, Chexiya O’rmonida, Bovariya O’rmonida, Frankon O’rmonida, Tyuringen O’rmonida, Ardennida, Shumavada va Reyn Slanes tog’larida yaxshi saqlangan. Tog’larning baland cho’qqilarida yel-pixta o’rmonlari uchraydi. Rona pastekisligida va Sevenni tog’lari yon bag’irlarining quyi qismida tuproq va o’simliklarning O’rta dengiz tipi uchraydi, Ayniqsa bu yerlarga lavanda, ladannik va timyan butalaridan tarkib topgan gariga tipidagi butazorlar xarakterli. Doimiy yashil bo’lib o’sadigan eman butazorlari ham uchraydi. O’rmonlarning ko’plab kesilib ketishi yovvoyi hayvonlarning tarqalishiga va ularning areallariga kuchli ta’sir etgan. Ilgari keng tarqalgan silovsin, bo’ri, o’rmon mushugi va boshqalar hozir deyarli uchramaydi. Tekislik o’rmonlariga xos bo’lgan hayvonlar faqat tog’ o’rmonlaridagina saqlanib qolgan. Qo’riqhonalarda va milliy parklarda asl zotli bug’u, kosulya, lan (bug’u) muhofaza qilinadi. Yovvoyi hayvonlardan tulkilar va bo’rsiqlar, ochiq yerlarda dasht faunasining kemiruvchi turlari ko’pchilikni tashkil etadi. Ornitofaunasida Yevropa o’rmonlariga xos bo’lgan barcha qushlar uchraydi. Ayniqsa kakliklar, chillar va suvda suzuvchi qushlar keng tarqalgan. Janubiy qismida O’rta dengiz faunasiga xos bo’lgan turlar - genettalar, sudralib yuruvchilar, ham yerda ham suvda yashovchi hayvonlar tarqalgan.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin