Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə176/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Bolqon yarim oroli. O’lka O’rta dengiz Yevropasining sharqiy qismida joylashgan. Bu o’lka Bolqon yarim oroli, Krit oroli va Egey dengizidagi bir qancha orollardan tarkib topgan. Shimoliy chegarasi Sava daryosi, Sredna-Gora tog’i va Bolqonorti tektonik cho’kmalardan o’tadi. Kichik Osiyodan Marmar dengizi, Bosfor va Dardanel bo’g’izlari bilan ajralib turadi. Bolqon yarim oroli shimoldan janubga tomon torayib kelgan va uch tomondan Adriatika, Ioniya, O’rta, Egey, Marmar va Qora dengizlari bilan o’ralgan. G’arbdan sharqqa 1260 km va shimoldan janubga 950 km masofaga cho’zilgan. Maydoni 505 ming km2. Barcha qirg’oqlari kuchli parchalangan.
Bolqon yarim orolining katta qismi past va o’rtacha balandlikdagi tog’lardan iborat. Bularning mutloq balandligi Pireney va Apenin yarim orollaridagi tog’larning balandligidan keyin turadi. Eng baland nuqtasi Rila massividagi Musala cho’qqisi 2925 m. G’arbiy va janubiy tomonlarda tog’lar dengiz qirg’oqlariga juda yaqin joylashgan. Yarim orolda tekisliklar maydon jihatidan kamchilikni tashkil etadi. Bular chekkalarda joylashgan Frakiya, Albaniya, Soloniki pastekisliklaridan va ichki tektonik botiq tekisliklaridan iborat.
Bolqon yarim orolidagi tog’lar genetik va geomorfologik xususiyatlariga ko’ra ikki tizimga bo’linadi: 1) Al’p burmalanishida vujudga kelgan tizmalar va yassi tog’liklar tizimi, 2) gertsin orogenezi barpo etgan burmali-palaxsali tog’lar tizimi. Birinchi tizim yarim orolning g’arbiy va janubiy qismlarida joylashgan Dinara tog’ligi, Shimoliy Albaniya Al’pi, Pind, Epir va Krit orolidagi tog’lardan tarkib topgan. Bu hudud katta tog’ massivi nomi bilan Dinara g’arbi deb ataladi. Ikkinchi tizim yarim orolning sharqiy qismida joylashgan Pirin, Rila, Rodopi, Olimp va G’arbiy Makedoniya tog’laridan tarkib topgan bo’lib, Frakiya-Makedoniya sharqi deb ataladi. Dinara g’arbida meridianal yo’nalgan ikki xil strukturali morfologik mintaqa mavjud. Bular mezozoy ohaktoshlaridan tuzilgan Adriatika-Ioniya mintaqasi va paleogen-neogenning qumtosh, gilli slaneslaridan tuzilgan ichki, yoki sharqiy mintaqa. Karst rel’ef shakllari birinchi mintaqadagi ohaktoshli Karet, Dinara, Durmitor yassi tog’liklarida yaxshi rivojlangan. Ayniqsa bu mintaqa bo’ylab O’rta dengiz tipidagi karstlar keng tarqalgan.
Dinara tog’ligi shimoli-g’arbda Karst platosidan boshlanib, janubi-sharqqa Shimoliy Albaniya Al’pigacha yoki Prokletie (2692 m) tizmasigacha davom etadi. Uning g’arbiy Adriatika qirg’og’i bo’ylab cho’zilgan qismida Karst, Snejnik (1796 m), Dinara (1913 m), Velebit (1758 m), Durmitor (2522 m) tizmalari va sharqiy qismida Romaniya (1629 m), Yavor (1537 m), Zlatibor (1496 m) tizmalari bor. Dinara g’arbining sharqiy mintaqasi Bosniya Rudali tog’larini, Pinda va Otris tizmalarini, Evbeya orolini, Attika yarim oroli va Peloponnes yarim orolining shimoli-sharqiy qismini o’z ichiga oladi. Bu mintaqadagi tog’larning kristall yadrolari ko’pchilik hududlarda yuzaga chiqib qolgan, ayrim qismlarda slaneslar, flishlar va qisman ohaktoshlarning yupqa qatlamlari bilan qoplangan. Shuning uchun karst rel’ef shakllari Dinara g’arbiga nisbatan kam uchraydi. O’rtacha balandlikdagi tog’lar va yassi tog’liklar katta maydonni egallaydi. Ular oralig’ida keng tektonik botiqlar (Saraevo, Kosovo-Metoxiya va boshqalar) joylashgan.
Frakiya-Makedoniya sharqining g’arbiy chegarasi Morava daryosi, Prespa ko’li, Alyakmon vodiysidan o’tib Evbeya oroligacha davom etadi. Bu massiv kuchli tektonik parchalanishga duch kelgan. Natijada yaxlit massiv o’rnida burmali- palaxsali tog’lar va ko’plab tog’oralig’i botiqlari vujudga kelgan. Bu botiqlar Salonika, Fessaliya, Yuqori Frakiya, Quyi Frakiya pastekisliklari deb yuritiladi. Tog’oralig’i botiqlari qadimdan dehqonchiliq madaniyatining markazi bo’lib kelgan. Hozirgi paytda ularning hududi shahar seliteb va agrolandshaftlar bilan band. Massivning baland tog’lari Serbiya tog’ligi (2017 m), Pirin, Rila (2925 m), Rodopi, Olimp (2917 m) va boshqalardir. Pirin va Rila tog’ cho’qqilarida tog’ muzligining izlari yaxshi saqlangan.
Bolqon yarim orolining yer bag’ri turli xil metalli rudalarga boy. Serbiya tog’ligidagi vulkanik jinslarda mis rudasi, qadimiy kristall massivlarda temir, xromit, marganes, qo’rg’oshin-rux ruda konlari bor. Albaniya tog’larida xromit va mis rudalarining katta zahirasi joylashgan. Yarim orolning eng janubiy qismida nikel va alyuminiy rudalari qazib olinadi. Albaniya tog’oldi bukilmasida neft va dunyodagi eng yirik tabiiy asfalt konlari bor. Marmar va ohaktoshlar qurilish materiallari sifatida ishlatiladi.
Bolqon yarim orolining shimoliy qismida va ichki hududlarida mo’tadil kontinental iqlim, g’arbiy va janubiy dengiz sohillarida O’rta dengiz iqlimi, tog’lik qismida balandlik iqlim mintaqalari hosil bo’lgan. Yarim orolning shimoliy qismida orografik to’siqlar bo’lmaganligi sababli mo’tadil havo massalari yil davomida bemalol kirib kelib, uning ichki hududlariga ta’sir ko’rsatadi. Dengiz sohillari esa mo’tadil kontinental havo massalaridan qirg’oq bo’ylab cho’zilgan tizmalar bilan to’silgan. Bolqon iqlimining ichki xususiyatlarining shakllanishida tog’-botiq rel’ef shakllari yetakchi rol o’ynaydi. Masalan, tizmalar, yassi tog’liklar, ayniqsa Dinara va Rodopi tog’lari muhim iqlimiy chegara vazifasini o’taydi. Rodopi tog’alarining shimoliy yon bag’iri va etaklari uchun mo’tadil iqlim xarakterli bo’lsa, janubiy yon bag’iri va etaklari uchun O’rta dengiz iqlimi xarakterli.
Bolqon yarim orolining mo’tadil va subtropik iqlimlari o’rtasidagi farqlar havo haroratida aniq seziladi. Shimoliy va shimoli-sharqiy hududlarda qish ancha uzoq davom etadi, havo harorati bir oz past bo’ladi. Yanvarning o’rtacha harorati +2°-2°S ni tashkil etadi. Botiqlarda qishda harorat inversiyasi vujudga kelib, sovuq -8°-10°S gacha boradi. O’rta dengiz iqlim tipi xos bo’lgan hududlarda qish yumshoq va qisqa bo’ladi. Yanvarning o’rtacha harorati yarim orolning dengiz iqlimli shimolida +4°
+5°S ga va janubida Peloponnes yarim orolida hamda Krit orolida +10°+12°S ga teng. Mo’tadil va subtropik hududlarda yozgi havo haroratining farqlari unchalik katta emas. Iyulning o’rtacha harorati shimolda +21°+23°S dan, janubda +26°+28°S gacha o’zgaradi.
Tabiiy geografik o’lka uchun yog’in miqdorining shimoldan janubga va g’arbdan sharqqa tomon kamayib borish xususiyati xarakterli. Eng ko’p yog’in Adriatika sohillarining shimoliy hududlarida bo’lib, o’rtacha 1000-1500 mm ni tashkil etadi. Bu ko’rsatkichlar Dinara tog’larining g’arbiy yon bag’irlarida 4500 mm ni, Kotor qo’ltig’i atrofida 500 mm. ni tashkil etadi. Eng kam yog’in Gretsiyaning janubida, Egey dengizining shimoliy sohillarida va Frakiya pastekisliklarida kuzatiladi. Bu hududlarda yillik yog’in miqdori 400-600 mm ga teng. Yog’inning asosiy qismi O’rta dengiz iqlimli hududlarda qish oylariga, mo’tadil iqlimli hududlarda bahor va yoz oylariga to’g’ri keladi.
Yirik daryolar juda kam, maydalari esa nihoyatda ko’p. Yirik daryolaridan Sava, Morava Dunay havzasiga qaraydi. O’rtacha kattalikdagi Maritsa, Nestos, Struma, Vardar daryolari Egey dengiziga quyiladi. Adriatika dengizi havzasiga Una, Nerstva, Drin, Shkumbini daryolari qaraydi. Daryolarning ko’pchiligi yomg’ir, qor- yomg’ir suvlaridan to’yinadi. Dinara, Rodopi va Rila tog’laridan boshlanuvchi daryolar grunt suvlaridan ham to’yinadi. Daryo suvlaridan qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orishda foydalaniladi. Bolqonning yirik ko’llari tektonik cho’kmalarda hosil bo’lgan. Bular dengiz sathidan 853 m balandda joylashgan Prespa, 695 m balandlikdagi Oxrid (-285 m) va Skadar ko’llaridir. Frakiya- Makedoniya massivida Volvi, Vivis va boshqa mayda ko’llar bor. O’lkaning ohaktoshli g’arbiy va janubiy hududlarida karst ko’llari keng tarqalgan. Baland tog’larda tog’-muzlik ko’llari uchraydi.
Bolqon yarim oroli hududida tog’ rel’efiniig ustunligi va iqlim sharoitining xilma-xilligi tuproq-o’simlik qoplamining rang-barang bo’lshpiga imkon yaratgan.
Jumladan, iqlimning O’rta dengiz, mo’tadil va o’tkinchi subtropik dengiz tiplari o’simliklar guruhining uch xil formasiyasini shakllantirgan. O’simliklarning O’rta dengiz formasiyasiga mansub bo’lgan o’rmonlar va makvis tipidagi butazorlar Bolqon yarim orolining g’arbida va janubida keng tarqalgan. Bu tipdagi o’simliklarning yuqori chegarasi shimolda 200-300 m dan, janubda 700-800 m balandlikkacha ko’tarilgan. Quyi mintaqada tosh va valon emanlari, Al’p va Italiya qarag’aylari, kashtanlar, gorizontal kiparislar o’sadi. Butazorli yarusi mirta, daraxtsimon veresk, Ispaniya droki, yovvoyi pistalardan iborat. O’rmonlar tagida qizil va jigar rang tuproqlar shakllangan. Qurg’oqchil sharqiy hududlarda va botiqlarda butazorlar frigana tipidagi o’simliklar bilan almashinadi. Bu yerlarda serhosil, gumus qatlami 80-120 sm gacha boradigan chimli qora tuproqlar rivojlangan. Tog’larning 1000-1200 m balandliklarida bargini to’kadigan keng bargli o’rmonlar joylashgan. Mintaqa uchun tog’-o’rmon qo’ng’ir tuprog’i xarakterli.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin