Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə179/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Kichik Osiyo tog’ligi. Kichik Osiyo tog’ligi hududiy jihatdan Osiyoning g’arbiy qismida joylashgan Kichik Osiyo yarim oroliga to’g’ri keladi. U shimolda Qora, g’arbda Marmar va Egey, janubda O’rta dengizlari bilan, sharqda Armaniston tog’ligi bilan chegaralangan. Kipr, Rodos, Lesbos va boshqa orollar ham shu o’lka tarkibiga kiradi. O’lkaning shimoliy va janubiy chekkalari uchun tizma tog’lar, markaziy qismi uchun keng yassi tog’lik rel’ef tiplari xarakterli. Sharq tomonda chekka tog’ tizmalari bir-biriga yaqinlashib, ularni daryo vodiylari ajratib turadi, yassi tog’lik esa bir necha qismlarga bo’linadi. Rel’efining asosiy qiyofasi neogen va antropogenda shakllangan. Kichik Osiyo tog’ligining shimoliy chekkasidagi tog’ tizmalari Pontiya tog’lari deb ataladi. Bu tog’larning shimoliy yon bag’irlari Qora dengiz tomon tik tushgan. Pontiya tog’lari bo’ylama botiqlar va vodiylar bilan ajralib turgan ikkita parallel tizmadan - shimolda Kyure, janubda Ilgaz va Ko’ro’g’li tizmalaridan iborat. Pontiya tog’lari kembriydan oldingi va paleozoyning kristall jinslaridan tarkib topgan, vulkanik jinslar sharq tomonda ko’p uchraydi.
Pontiya tog’lari orografik tuzilishi va rel’ef xususiyatlariga ko’ra G’arbiy, O’rta va Sharqiy qismlarga bo’linadi. G’arbiy Pontiya kuchli parchalangan o’rtacha balandlikdagi tog’lardir. Ayrim baland cho’qqilari 2000 m dan oshadi. Jumladan, Ulug’tog’ cho’qqisi dengiz sathidan 2543 m, Ko’ro’g’li tog’i 2378 m baland. Tog’ oraligi botiqlari va daryo vodiylari maksimal darajada o’zlashtirilgan. O’rta Pontiya
kuchli parchalangan va eng past tog’lardan tashkil topgan. U Qizil Irmoq va Yashil Irmoq daryo vodiylari oralig’ida joylashgan bo’lib, shimolda tog’ etaklari botqoqlangan del’ta tekisliklari bilan tutashgan. Sharqiy Pontiya tog’lari G’arbiy va O’rta Pontiyaga nisbatan balandligi va kam parchalanganligi bilan farq qiladi. Bu yerda ayrim tog’larning balandligi 3000 m dan oshadi, cho’qqilarda Al’p tipidagi rel’ef shakllari va kichik-kichik muzliklar uchraydi. Eng baland nuqtasi Laziston tizmasidagi Kachkar (3937 m) cho’qqisidir.
Kichik Osiyo tog’ligining janubiy chekkasida yoysimon shaklda cho’zilgan tizmalar Tavr tog’lari deb ataladi. Ularning janubiy yon bag’iri O’rta dengizga tik tushgan. Uzunligi 1500 km, maksimal balandligi Kaldidog’ massivida 3726 m ga yetadi. Bu yerda 2000-3000 m balandlikdagi tog’lar ko’pchilikni tashkil etadi. Faqat Jayxon daryosining Iskandaron qo’ltig’iga, Sayxon daryosining Mersin qo’ltig’iga, Oqsuv va Kyopryu daryolarining Antalya qo’ltig’iga qo’yilish joylarida hosil bo’lgan pastekisliklar tog’ ichki qismiga bir oz kirib boradi. Tavr tog’lari Al’p orogenezida burmalangan, asosan mezozoy ohaktoshlaridan, qisman metamorfik va kristall jinslardan tarkib topgan. Ohaktoshli tog’larda karst jarayonlari va karst rel’ef shakllari keng tarqalgan. Tavr tog’lari G’arbiy, Markaziy va Sharqiy Tavrga bo’linada. Uning eng baland joylari Taxtali tog’idagi Bey (3054 m), Tejer tog’idagi Bey (2792 m ), Munzur tog’idagi Oqbobo (3449 m), Temirqoziq (3726 m), Madadsiz (3585 m), Oqtog’ (3086 m) cho’qqilaridir. Pontiya va Tavr tog’ tizmalari oralig’ida Anatoliya yassi tog’ligi joylashgan. Uning balandligi g’arbda 800 m dan sharqda 1500 m gacha oshib boradi. Yassi tog’lik yuzasidan ayrim palaxsali tog’lar va vulkanlarning cho’qqilari 2500-3000 m gacha ko’tarilib turadi. Jumladan, Nurxok tog’i dengiz sathidan 3090 m, Toprak tog’i 2531 m, Erjiyos vulkani 3916 m baland. Yassi tog’likdagi botiqlar sho’r ko’llar va sho’rxoklar bilan band. G’arbda dengiz sohillari, tog’ tizmalari va yassi tog’lik massivlari kuchli parchalangan.
O’lkaning’ iqlimi tipik O’rta dengiz subtropik iqlim. Yanvarning o’rtacha harorati g’arbda +5°S, janubda +10°S. Yoz issiq, iyulning o’rtacha harorati
+25°+30°S ga teng. Sharqda qish ancha sovuq, yanvarning o’rtacha harorati -16°S gacha pasayadi. Yozda botiqlarda va yassi platolarda harorat +30°S gacha ko’tariladi. Tog’larda harorat +15°+20°S dan oshmaydi, yog’inlar notekis taqsimlangan. Anatoliya yassi tog’ligida yillik yog’in 200 mm, Pontiya tog’larining shimoliy yonbag’irida 3000 mm gacha yog’in tushadi. Tavriya tog’larining janubiy yonbag’irlari ham yiliga 1000 mm dan 3000 mm gacha yog’in oladi. O’lkaning g’arbiy qismidagi havo oqimiga ro’para joylashgan tog’ yonbag’irlarida yog’in miqdori 1000 mm dan oshadi. Ichki hududlarda va baland tog’larda qishda yog’in qor tarzida tushadi.
Kichik Osiyo tog’ligida gidrografik to’r kam rivojlangan. Uning hududidan boshlanuvchi daryolar Qora, Marmar, Egey, O’rta dengizlarga va Fors qo’ltig’iga quyiladi. Eng yirik daryolari Qizil Irmoq (950 km), Yashil Irmoq, Sayxon, Jayxon, Katta Menderes va boshqalar. Dajla va Frot daryolari ham Kichik Osiyoning sharqiy qismidagi tog’lardan boshlanuvchi yirik daryolardandir. Ularning suv rejimi fasllarga qarab keskin o’zgarib turadi, ko’llar kam tarqalgan. Ular kelib chiqishiga ko’ra tektonik va karst ko’llar tipiga kiradi. Eng katta ko’li Anatoliya yassi tog’ligida
joylashgan Tuz tektonik ko’lidir. Uning suvi sho’r, atrofi botqoq tekislik bilan o’ralgan. Tektonik ko’llar G’arbiy Tavrda ko’p uchraydi. Ohaktoshli tog’larda karst ko’llari keng tarqalgan.
Kichik Osiyo o’lkasida o’rmonlar unchalik ko’p emas. Pontiya tog’larining yog’in ko’p bo’ladigan shimoliy yonbag’irlarida namlikni sevadigan Kolxida tipidagi doimiy yashil o’rmonlar o’sadi. O’rmonlar tagida qizil tuproqlar rivojlangan. 600-700 m dan yuqorida tog’ qo’ng’ir tuproqlari O’rta dengiz tipidagi o’rmon va butazorlar bilan qoplangan. Tavrning janubiy yonbag’irlarida Livan kedridan iborat o’rmon massivlari uchraydi. Baland tog’larda subtropik o’simliklar bargini to’kadigan keng bargli (buk, grab, kashtan, jo’ka) o’rmonlar bilan, undan yuqorida aralash o’rmonlar, igna bargli o’rmonlar, subal’p butazorlari va tog’ o’tloqlari bilan almashinadi. Ichki qurg’oqchil yassi tog’liklarda o’rmonlar o’smaydi. Bu yerda o’simlik qoplami siyrak holda o’sadigan qarag’ay butalaridan, past bo’yli yostiqsimon butalardan, shuvoqlardan va turli boshoqli o’tlardan iborat. Och tusli qo’ng’ir va sho’rxok tuproqlar ko’p uchraydi. Hayvonot olami Yevropa va Osiyoga xos turlardan tarkib topgan. Pontiya o’rmonlarida asl zotli bug’u, qo’ng’ir ayiq, kosulya, yovvoyi cho’chqa, bo’ri va tulkilar yashaydi. Ichki tog’li hududlarda muflon va yovvoyi echkilarni uchratish mumkin. Dasht va o’rmonlarda kemiruvchilar keng tarqalgan.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin