Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə182/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Nazorat savollari:


  1. Tabiiy geografik rayonning boshqa rayonlardan o’ziga xos xususiyatlarini ajrating?

  2. O’lka rel’efining xilma-xilligi bilan bog’liqlik tomonlarini ayting?

  3. O’lkalardagi asosiy iqlim va gidrografik xususiyatlarini taqqoslang?

  4. O’simliklarning tarqalishi qanday xususiyatlarga ega va tabiat muhofazasi nimalardan iborat?



      1. JANUBI-G’ARBIY OSIYO




Tayanch so’z va iboralar: Al’p-Himolay burmalanish mintaqasi, graben, kontinental yotqiziqlar, landshaft komplekslar, platforma, kristall massiv, tektonik harakatlar, vulkanizm, "ikki daryo oralig’i", dengiz yotqiziqlari, allyuvial yotqiziqlar.

Old Osiyo tog’liklaridan janubda joylashgan va ular bilan tutashib turgan Janubi-G’arbiy Osiyo tabiiy geografik rayoni Arabiston yarim oroli va Mesopotamiya pastekisligidan tashkil topgan. Bu TGR uch tomondan Hind okeanining Qizil va Arabiston dengizlari, Adan, Omon va Fors qo’ltiqlari bilan o’ralgan. G’arbiy sohili O’rta dengiz suvi bilan yuvilib turadi. Janubi-G’arbiy Osiyo genetik jihatdan Afrika platformasining bir qismi bo’lib, undan neogenda vujudga kelgan tektonik yoriq Qizil dengiz grabeni orqali ajralgan. Al’p-Himolay burmalanish mintaqasida hosil bo’lgan Mesopotamiya bukilmasi kontinental yotqiziqlar bilan to’lib Janubi-G’arbiy Osiyoni Yevrosiyoga tutashtirgan. Bu TGR Yevrosiyo materigi tarkibida bo’lsada, uning tabiiy sharoiti va landshaft komplekslari Afrikaning Sahroi Kabir cho’llari tabiiy sharoitiga va landshaft komplekslariga o’xshash.


Janubi-G’arbiy Osiyoning jazirama issiqligi, yer usti suvlarining nihoyatda kamligi, suvning katta miqdorda bug’lanishi uni o’rab turgan dengiz va qo’ltiqlar suvining sho’rligining oshishiga, haroratining baland bo’lishiga ta’sir ko’rsatadi.
Masalan, eng issiq davrda Arabiston dengizi suvining harorati +29°+30°S, Qizil dengizda +32°S, Fors qo’ltig’ida +35°S gacha etadi. Suvning sho’rligi esa Arabiston dengizida 36-36,5°/00, Fors qo’ltig’ida 37-39°/00 va Qizil dengizda 41°/00 ga teng. Janubi-G’arbiy Osiyo tabiiy geografik sharoiti, landshaft xususiyatlari bilan bir- biridan farq kiluvchi Arabiston yarim oroli va Mesopotamiya pastekisligi o’lkalariga bo’linadi.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin