Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə185/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Nazorat savollari:


  1. Tabiiy geografik rayonning o’ziga xos xususiyatlarini ajrating?

  2. O’lka rel’efining tektonik tuzilishi bilan bog’liqlik tomonlarini ayting?

  3. O’lkalardagi asosiy iqlim va gidrografik xususiyatlarini ayting?

  4. O’simliklarning geografik tarqalishi qanday omillar bilan belgilanadi?



      1. SHIMOLIY OSIYO




Tayanch so’z va iboralar: epigertsen plita, dengiz cho’kindilari, orografiya, materik muzliklari, siklon, antisiklon, termokarst, muzlik, morena-muzlik, qayir, suffozion yoki tektonik ko’llar, burmali strukturalar, uvallar, orogenez, geosinklinal, neotektonik harakatlar.


G’arbiy Sibir pastekisligi. G’arbiy Sibir Yer sharidagi eng yirik akkumulyativ pastekisliklardan biri bo’lib, Kara dengizidagi orollar ham kiradi. U shimolda Kara dengizi, janubda To’rg’ay platosi va Qozog’iston burmali tog’lari, janubi-sharqda Oltoy va Sayan tog’lari, sharqda O’rta Sibir yassi tog’ligi va g’arbda Ural tog’lari bilan chegaralanadi. Maydoni 3 mln km2 ga yaqin. Pastekislik shimoldan janubga tomon 2500 km va g’arbdan sharqqa tomon eng keng joyida 1900 km masofaga cho’zilgan. O’lkaning barcha hududi G’arbiy Sibir epigertsen plitasi doirasida joylashgan. Metamorflashgan va dislokasiyalashgan paleozoy jinslari gorizontal holatdagi qalinligi 1000-3000 m gacha bo’lgan mezozoy va kaynozoy yotqiziqlari
bilan qoplangan. Pastekislik yuzasi paleogen davri dengiz cho’kindilaridan va to’rtlamchi davr suv-muzlik yotqiziqlaridan tarkib topgan. Ularning qalinligi G’arbiy Sibirning markaziy qismida 250 m dan janubda 5 m gacha kamayadi.
G’arbiy Sibir pastekisligi janubdan shimolga tomon nishab bo’lib boradi va undagi hamma daryolar - Ob va uning yirik irmoqlari Irtish, Tobol, Ishim hamda Taz daryosi oqadi. Pastekislik yuzasi gipsometrik jihatdan bir xil ko’rinsada, orografik jihatdan farq qiladigan yassi tekisliklar, uvallar va platolar mavjud. Dengiz sathidan 50-100 m baland bo’lgan G’arbiy Sibirning markaziy qismidagi Kondin, O’rta Ob pastekisliklari va shimoliy qismidagi Quyi Ob, Nadim va Pur pastekisliklaridir. Bular G’arbiy Sibirning eng past joylari hisoblanadi. O’lkaning g’arbiy, janubiy va sharqiy chekkalarida balandligi 200-250 m bo’lgan Shimoliy Sosva, Turin, Ishim balandliklari, Ob bo’yi, Chulim-Enisey platolari, Yuqori Taz, Quyi Yenisey tepaliklari joylashgan. Balandligi 140-150 m bo’lgan Sibir uvallari Ob daryosidan Yeniseygacha cho’zilib pastekislikni ikki qismga bo’lib turadi. O’rta Ob pastgekisligidan janubda Vasyugane tekisligi joylashgan. G’arbiy Sibirning janubiy qismidagi Baroba, Ishim va Ko’lundi tekisliklarida suffoziya yo’li bilan hosil bo’lgan berk botiqlar ko’p uchraydi.
G’arbiy Sibirning shimoliy qismida Yamal va Gidan yarim orollari Kara dengizining ichki qismigacha kirib boradi. Bu yarim orollar bir-biridan 800 km uzunlikdagi Ob ko’rfazi orqali ajralib turadi. To’rtlamchi davrda pastekislikning katta qismi Yar, Samara, Taz va Ziryan materik muzliklari ta’sirida bo’lgan. Pastekisliklarda tektonik harakatlar juda kuchsiz bo’lganligi tufayli balandliklar va tog’liklar hosil bo’lmagan. Rel’efida yassi tekisliklar hukmron bo’lgani uchun daryo vodiylari chuqur o’yilmagan va suv juda keng masofaga yoyilib oqadi. Ob va Irtish daryolari vodiysining kengligi 80-120 km gacha boradi. Pastekislik o’lkasi to’rtta geomorfologik oblastga bo’linadi: shimoldagi dengiz akkumulyasiyasi tekisliklari; muzlik va suv-muzlik akkumulyasiyasi tekisliklari; muzlikyoni, asosan ko’l- allyuvial tekisliklari; janubiy muzliklardan tashqaridagi tekisliklar.
G’arbiy Sibir pastekisligiiing iqlimi Sharqiy Yevropa tekisligi iqlimidan keskin kontinentalligi va qishining qattiq sovuqligi bilan farq qiladi. Pastekislikning shimoldan janubga uzoq masofaga cho’zilganligi birinchidan, iqlimning zonal tiplarining shakllanishiga sabab bo’lsa, ikkinchidan, o’lkaning shimoliy va janubiy qismlari o’rtasida katta iqlim tafovutlarini vujudga keltiradi. Bu o’lka Atlantika okeanidan juda uzoq va Arktika havzasiga juda yaqin joylashgan. Shuning uchun bu yerda qish uzoq davom etadi va sovuq qattiq bo’ladi. Bundan tashqari qishning qattiq bo’lishiga Sibir antisikloni ham kuchli ta’sir etadi. Pastekislikda antisiklonli kunlar 49% ni, siklonli kunlar 29% ni tashkil etadi. Siklonlar janubi-g’arbdan va shimoli-g’arbdan, Islandiya minimumi oblastidan keladi. Siklonlarning kelishi bilan harorat keskin o’zgaradi, kuchli shamollar bo’lib, tezligi 35-40 m/sek ga yetadi. Siklon faoliyati tugashi bilan pastekislik ustida qolgan Arktika havosi o’zgarib, kontinental havoga aylanadi.
Qishda o’lka hududida manfiy harorat barqaror topadi. Shimolda yanvarning o’rtacha harorati -30°S ni va janubda -16° S ni tashkil etadi. Mutloq minimal harorati tundraga nisbatan janubda joylashgan o’rmon-tundra zonasida past bo’ladi.
Chunonchi, minimal harorat tundra zonasida -54°S ga yaqin bo’lsa, o’rmon- tundrada -65°S ga teng. Bunga sabab Sibir antisiklonining ta’siridir. Yoz salqin, mo’tadil iliq bo’ladi. Iyulning o’rtacha harorati Yamal va Gidan yarim orollarida
+6°+8°S dan janubda, Ishim va Qulunda dashtlarida +20°+22°S gacha ko’tariladi. Janubda haroratning yuqori bo’lishiga Qozog’iston va O’rta Osiyodan keladigan issiq kontinental havoning ta’siridir. Arktikadan keladigan sovuq havo massasi yozda ham tez-tez takrorlanib turadi va iliq davrlarda haroratning pasayishiga sabab bo’ladi. Pastekislikda yillik yog’in miqdorining 70-80% yoz oylarida yog’adi. Namlik g’arbiy havo massalari yordamida Atlantika okeanidan keladi. Yog’in o’lka hududida bir tekis taqsimlanmagan. Tundrada yillik yog’in miqdori 250-300 mm, o’rmonlar zonasida 500 mm, dashtlarda 250 mm ni tashkil etadi. G’arbiy Sibirda daryo tarmoqlari rel’efning kam nishabligi, yog’in miqdorining bug’lanish miqdoriga nisbatan ko’pligi botqoqlanish jarayonining faol bo’lishiga ta’sir ko’rsatgan. Hozirgi paytda pastekislikdagi tayga zonasining 70% hududi botqoqliklar bilan band. Bunday darajadagi botqoqlanish hodisasini Yevrosiyoning boshqa o’lkalarida uchratish mumkin emas.
G’arbiy Sibirda daryo tarmoqlari yaxshi taraqqiy etgan va ular deyarli yagona daryo to’rini hosil qilib Kara dengizi havzasiga kiradi. Pastekislik nishabi juda kam bo’lganligidan daryolar sekin oqadi. Jumladan, Ob daryosining nishabligi Novosibirskdan dengizga quyilish joyigacha bo’lgan 3000 km masofada 90 m ni tashkil etadi, suv oqimining tezligi 0,5 m/sek dan oshmaydi. Pastekislikning asosiy daryosi Ob hisoblanadi. U Oltoy tog’laridan boshlanuvchi Biya va Katun daryolarining ko’shilishidan hosil bo’ladi. Ob havzasining maydoni 3 mln km2 ga yaqin, uzunligi 4345 km, o’rtacha yillik suv sarfi quyi oqimida 12 500 m3/sek. ga teng. Ob havzasiga deyarli o’lkaning barcha hududi kiradi. Faqat Pur va Taz daryolari kichik bo’lsada, o’zlarining mustaqil havzalariga ega. Bulardan tashqari Ob daryosining Irtish, Ishim, Tobol, Tom kabi yirik sersuv irmoqlari mavjud. Daryolar qor, botqoqlik, yomg’ir va grunt suvlari bilan to’yinadi. Ob va Irtish daryolarida Novosibirsk, Ust-Kamenogorsk, Buxtarma GES lari qurilgan. Kemalar qatnovi uchun qulay bo’lgan daryo yo’llarining uzunligi 20 ming km dan ko’p. O’lkaning janubiy qurg’oqchil dashtlarida daryolar suvidan qishloq xo’jalik yerlarini sug’orishda foydalaniladi.
G’arbiy Sibirda 1 mln ga yaqin ko’llar bo’lib, ularning umumiy maydoni 100 000 km2 dan oshadi. Bu yerdagi ko’llarning barchasi mayda ko’llar hisoblanadi. Ulardan eng kattasi Chani (2600 km2) va Qulunda (600 km2) ko’llaridir. O’lkadagi ko’llar hosil bo’lishiga ko’ra termokarst, muzlik, morena-muzlik, qayir, suffozion yoki tektonik ko’llar tipiga kiradi. Tundra va o’rmon-tundrada termokarst, muzlik, o’rmonlar zonasida morena-muzlik, o’rmon-dasht va dasht zonalarida suffozion yoki tektonik, barcha daryo vodiylarida qayir ko’llari keng tarqalgan.
G’arbiy Sibir pastekisligining tuproq va o’simlik qoplamida Sharqiy Yevropa tekisligiga o’xshash kenglik zonallik yaxshi namoyon bo’ladi. Uning shimolida qattiq iqlim sharoitida gleyli tundra tuproq tipi tarkib topgan. Biroq, ularning shakllanishida mikroorganizmlarning va biokimyoviy jarayonlarning roli unchalik katta emas. Janubda katta maydonlarni egallagan o’rmonlar tagida podzol va botqoq
tuproqlar keng tarqalgan. Bu tuproqlar ko’p yillik muzloqlar ustida hosil bo’lganligi tufayli geokimyoviy elementlarning migrasiyasi juda sekin davom etadi. Pastekisliklarning o’rmon-dasht va dasht tuproqlari o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Masalan, bitta landshaft zonasidagi suvi yaxshi oqib ketadigan nishabli joylarda tarkibida 12% gacha chirindi bo’lgan qora tuproqlar, grunt suvlari yer yuzasiga yaqin yotgan joylarda o’tloqli-qora tuproqlar, pastqam yerlarda esa botqoq tuproqlar taraqqiy etgan. Dashtlarda bulardan tashqari sho’r va sho’rxok tuproqlar ham uchraydi. Tuproq turlarining xilma-xilligi pastekislikning o’simlik qoplamiga va uning rang-barangligiga ta’sir etgan. Eng ko’p tarqalgan o’simlik turi asosan igna barglilardan Sibirga xos bo’lgan pixta, kedr, archa, tilog’och va qarag’aylardan tarkib topgan. O’rmonlarning tarkibini 24,5% ini qarag’ayzorlar, 22,6% ini qayinzorlar, kamroq qismini qoramtir tayga o’rmonlari (kedr, pixta, yel) tashkil etadi. Keng barglilardan faqat jo’ka (lipa) daraxti o’sadi. Pastekislikning eng shimolidagi tundra zonasida mox, lishaynik va butalar, janubidagi dasht zonasida esa chalov, betaga, turli xil boshoqli o’simliklar tarqalgan.
G’arbiy Sibir Paleoarktikaning Yevropa-Sibir kichik zoogeografik oblastiga qaraydi. Bu yerda 478 tur umurtqali hayvonlar yashaydi. Shulardan 80 turi sutemizuvchilar. O’lka faunasi o’zining tarkibiga ko’ra Rossiya tekisligi faunasidan kam farq qiladi. Faqat sharqiy qismida qo’shni o’lkalarga xos bo’lgan Jung’oriya olmaxoni, burunduqlar uchraydi. Boshqa rayonlarga xos hayvonlardan Amerika norkasi, ondatra, rus quyoni kabilar iqlimlashtirilgan. G’arbiy Sibir pastekisligida landshaft zonalari yaqqol ifodalangan, lekin ularning soni jihatdan Yevrosiyo o’lkasi ichida Sharqiy Yevropa tekisligidan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Bu yerda shimoldan janubga tomon tundra, tayga, o’rmon-dasht va dasht zonalari bir-biri bilan almashinadi.
G’arbiy Sibir tabiiy resurslarga nihoyatda boy. Uning asosiy boyligi - birinchidan o’rmonlar bo’lsa, ikkinchidan neft va tabiiy gazdir. O’lkada o’rmonlar bilan qoplangan maydon 80 mln. ga ni, yog’och zahirasi 10 mlrd m3 ni va yillik o’sish 110 mln. m3 ni tashkil etadi. Bulardan tashqari foydali qazilmalardan temir, marganes rudalari, qo’ng’ir ko’mir konlari topilgan. Torf zahirasi juda katta. Pastekislikning o’rmon-dasht va dashtlaridagi qo’riq yerlar o’zlashtirilgan. U yerlarga bug’doy, makkajo’xori, qand lavlagi ekiladi. Chorvachilik yaxshi taraqqiy etgan. O’rmonlardan har yili 500 ming t. kedr yong’og’i yig’ib olinadi. O’tloq va pichanzorlar chorvachiliqni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin