Nazorat savollari:
Janubiy-Sharqiy Osiyo tabiiy geografik rayoni tabiiy sharoiti va geografik o’rni xususiyatlariga tavsif bering?
Hindixitoy yarim oroli o’lkasi tabiiy, iqlimiy va gidrografik sharoitini tavsiflang?
Malay arxipelagi o’lkasi geografik o’rni, iqlimi va gidrografiyasining o’ziga xos tomonlarini ayting?
Janubiy-Sharqiy Osiyo tabiiy geografik rayoni tabiat mintaqalari geografiyasiga tavsif bering?
Tabiiy geografik rayon o’lkalarini boshqa o’lkalar bilan qiyosiy tavsif bering?
DUNYO OKEANI TABIATINING ASOSIY XUSUSIYATLARI
Tayanch so’z va iboralar: Dunyo okeani, bashorat, okean akvatoriyasi, morfostruktura, materik sayozligi yoki shel’f, materik yonbag’iri, materik osti, okean lojesi, okean botiqlari, okean ko’tarilmalari, O’rtaliq okean tizmalari, kontinental yotqiziqlar, abissal oqimlar, Terrigen yotqiziqlar, Biogen yotqiziqlar, Poligen yotqiziqlar, dreyf oqimlar, sunami, plankton, nekton, bentos.
Tabiiy geograflar uzoq vaqtlardan beri materiklarni kompleks tadqiq etish bilan shug’ullanib kelgan bo’lsa, Dunyo okeani tabiatini okeanshunos olimlar shug’ullanishi kerak degan fikrda bo’lishgan. Dunyo okeanini kompleks tadqiq etish vazifasini okeanologik fanlar emas, balki tabiiy geografiya fani o’rganish maqsadga muvofiq. Yer sharining materiklar va okeanlardan tarkib topganligiga hamda ularning doimiy ravishdagi o’zaro aloqadorligiga asoslanib geografik fanlar tizimida materiklar tabiiy geografiyasi qanday rivojlangan bo’lsa, okeanlar tabiiy geografiyasi ham shu darajada rivojlangan bo’lishi lozim.
Okeanlar tabiiy geografiyasining asosiy maqsadi geografik qobiqning katta qismini tashkil etgan okeanosferada vujudga keladigan umumiy geografik, global qonuniyatlarni, komponentlarning tabiiy geografik farqlanishlarini, akvatoriyaning va okean tubining zonal, vertikal hamda provinsial differensiasiyalanish qouniyatlarining namoyon bo’lishini kompleks tadqiq etishdan iborat. K.K.Markov iborasi bilan aytganda, okeanlar tabiiy geografiyasining asosiy ilmiy vazifasi okean to’g’risidagi bilimlarni sintez qilishdan iborat.
Okeanlar tabiiy geografiyasida tabiiy akvatorial komplekslarni har tomonlama mukammal o’rganish, ularning geografik muhitini himoya qilish, okeanlarda ekologik muvozanatni saqlash, Dunyo okeani resurslaridan maqsadga muvofiq foydalanish, biomassalarning hosildorligini oshirish, okean havo massalarining materiklarga ko’rsatadigan ta’sirini tahlil qilish va ular asosida tabiiy geografik bashoratlar berish kabi vazifalar ko’zda tutilgan.
O.K.Leontevning fikriga ko’ra, okeanlar tabiiy geografiyasi fan sifatida endigina shakllanib va rivojlanib kelayotgan yosh fan hisoblanadi. Dunyo okeanini kompleks tadqiq etish geograflarning asosiy vazifasiga kiradi. Okeanlar tabiiy geografiyasini o’rganish orqali geografiya fani o’zining sayyoraviy, global miqyosdagi xarakteriga ega bo’la olmaydi. Binobarin, okeanlar tabiiy geografiyasining asosiy maqsadi okeanshunoslar erishgan yutuqlardan keng foydalanib, okean va dengizlarni kompleks tadqiq etishning geografik asoslarini ishlab chiqish, akvatorial landshaftlar tizimini turli miqyosda xaritalashtirish, har xil maqsadlar uchun tabiiy geografik rayonlashtirish, ekologik o’zgarishlar to’g’risida bashoratlar berish kabilardan iborat.
Dostları ilə paylaş: |