Materiklarning suv osti chekkalari. Shel’f. Okean va dengizlar ostining nisbatan sayoz, tekislangan va qirg’oqqa tutash bo’lgan qismi Shel’f yoki materiksayozligideb ataladi. Uning chuqurligi asosan 0 dan 200 m gacha bo’lib, maydoni
31 mln. km2 dan ko’proq yoki Dunyo okeani ostining 7 % maydonini egallaydi. Materik sayozligi deyarli gorizontal qiyalik bo’lib, rel’efida do’nglar, botiqlar, suvosti vodiylari, qadimgi materik muzliklarining izlari, silliqlangan qoyali toshlar, chekka morenalar ko’p uchraydi. Shel’fda qadimgi kontinental yotqiziqlar ham keng tarqalgan. Bu shundan dalolat beradiki, shel’f yaqin vaqtlarga qadar quruqlik bo’lgan. Materik muzliklarining erishi natijasida Dunyo okeani sathining ko’tarilishi dengiz sohilidagi quruqliklarning suv bosishiga sabab bo’lgan. Materik sayozligida rel’ef hosil qiluvchi zamonaviy omillardan biri dengiz suvining ko’tarilishi va qaytishidir. Ekvatorial va tropik dengizlari shel’fida bundan tashqari turli xil rel’ef shakllarini vujudga kelishida marjon poliplari va ohakli suvo’tlari faol ishtirok etadi. Materikyonbag’iri.Shel’fdan farqli ravishda materik yon bag’rida okean ostining qiyaligi keskin orta boradi. Uning o’rtacha qiyaligi 4º-6º atrofida, ba’zi joylarda 15º-30º dan ham oshadi. Materik yon bag’ri 200 m dan 3000-3500 m chuqurlikkacha bo’lgan okean ostini o’z ichiga oladi. Dunyo okeanida uning maydoni 24,5 mln km2 ni tashkil etadi. Materik yonbag’irining rel’ef xususiyatlaridan biri vodiysimon suv osti kan’onlari bilan parchalanganligidir. Bu yerda gravitasion jarayonlar ancha faol bo’lib, cho’kindi materiallar shel’fdan yon bag’irlab yoppasiga asta-sekin sirg’anib tushish jarayoni doimiy ravishda yuz berib turadi. Materik yon bag’rining vujudga kelishi ko’pincha bu zonada yorqin sodir bo’ladigan uzilma tektonik jarayonlar bilan uzviy bog’liq. Vaholanki, materiklar uchun yer po’stining ko’tarilma vertikal harakatlari, okean lojesi uchun esa aksincha, yer po’stining bukilish harakatlari xarakterli. Yon bag’irning ba’zi qismlarida pog’onali uzilmalar taraqqiy etgan. Yuzasi katta kenglikka ega bo’lgan pog’onalar chekka polatolar deb ataladi. Materik yonbag’irining pog’onali uzilma rel’ef shakllari Atlantika okeanining Patagoniya shel’fi uchun xarakterli. Materik
yonbag’rida monoklinal strukturalar yaxshi rivoj topgan.