Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə219/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Dunyo okeanidagi hayot. Dunyo okeani suvlari turli xil organizmlarning yashashi va rivojlanishi uchun benuqson qulaylikka ega bo’lgan muhit hisoblanadi. Ko’pchilik olimlarning fikriga ko’ra, hayot avvalo okeanda paydo bo’lgan, keyinchalik chuchuk suvlarga va quruqliklar yuzasida tarqalgan.
Dunyo okeanida tirik organizmlarning rang-barang turlari yaxshi rivojlangan bo’lib, ular okean yuzasidan tortib eng ostigacha keng tarqalgan. Okeanda o’simliklarning 15000 dan ortiq turi, hayvonlarning 150000ga yaqin turi yashaydi. Flora tarkibining 5000 turi diatom o’simliklardan, 2500 turi qizil o’simliklardan, 1000 turi qo’ng’ir o’simliklardan va 500 turi yuqori o’simliklardan tashkil topgan. Fauna kompleksining 80000 turi mollyuskalardan, 20000 turdan ortiqrog’i qisqichbaqasimonlardan, 15000 turi eng oddiy jonivorlardan (radiolyariyalar, foraminiferlar, infuzoriyalar), 9000 turi kovakichlilardan, 7 turi turli xil chuvalchanglardan, 5000 turi bulutlardan, 16 000 turi baliqlardan va boshqalardan iborat. Dunyo okeanidagi o’simliklar asosan bir hujayrali suv o’tlaridan tashkil topgan. Ular okean fitomassasining 80 % ini tashkil etadi.
Dunyo okeanining barcha tirik organizmlari yashash sharoitiga ko’ra uchta asosiy guruhga – plankton, nekton va bentosga bo’linadi. Plankton tarkibiga bir xujayrali suv o’tlari (fitoplanktonlar) va mayda hayvonlar (zooplanktonlar) – meduzalar, chuvalchanglar, mayda qisqichbaqasimonlar, oddiy hayvonlar va mollyuskalar kiradi. Fitoplanktonlar quyosh nuri yaxshi tushadigan suv qatlamining 50-100 m chuqurlikkacha bo’lgan qismida, zooplanktonlar suv havzasining barcha chuqurliklarida keng tarqalgan. Ular erkin suzib yurish qobiliyatiga ega emas, ammo bir joydan ikkinchi joyga siljib borishi suv to’lqinlari va dengiz oqimlari tufayli amalga oshadi.
Nekton dengiz va okean suvlarida faol harakat qilib uzoq masofalarga suzib yuruvchi barcha tirik organizmlarni o’z ichiga oladi. Bu guruhga birinchi navbatda baliqlar, dengiz sut emizuvchilari – kitsimonlar, kurakoyoqlilar, mollyuskalarning ayrim vakillari – kalmarlar, yolg’on oyoqlilar, reptiliyalar – dengiz ilonlari, dengiz toshbaqalari va hayoti doimo okean bilan bog’liq bo’lgan ba’zi qushlar – pingvinlar, chaykalar, albatroslar kiradi. Nekton yirik hayvonlardan tarkib topgan bo’lishiga qaramasdan uning biomassasi plankton biomassasidan 23 marta kam.
Bentos dengiz va okean ostida yashaydigan o’simliklar va hayvonlar majmuasidir. Bentos organizmlari plankton va nektondan farq qilib, ular suv ostida gruntga yopishgan holda hayot kechiradi. Bentos turli xil mollyuskalar, bulutlar, marjonlar, ko’plab qisqichbaqasimonlar, ignatanlilar, chuvalchanglar va eng oddiy foraminiferlardan tashkil topgan. O’simliklardan bu guruhga yashil, ko’kyashil, qizil va qo’ng’ir suv o’tlari, baland o’simliklardan dengiz o’ti kiradi. Okean ostidagi balchiqlarda yashaydigan bakteriyalar ham bentosga mansub.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin