Okeanda hayotning tarqalishi. Dunyo okeanining mo’l-ko’l va xilma-xil hayvonot olami uning doirasida notekis taqsimlangan. Okeanda ikkita hayot zonasi yoki oblasti ajratiladi: pelagial(suv yuzasi, suv qalinligi) va bental(okean osti).
Pelagialzonadaorganik hayotning eng tarqalgan joyi suvning 50 m qalanlikkacha bo’lgan yuqori qismi hisoblanadi. Lekin bu yerda ham hayot bir xilda tarqalmagan. Biologik hayot ochiq okeanga nisbatan qirg’oqqa yaqin joylarda juda quyuqlashgan. Bunga sabab daryolar okean va dengizlarga quyilish zonasiga katta miqdorda biogen elementlar olib kelib qirg’oqbo’yi suvlarini ozuqa moddalar bilan boyitadi. Shuning uchun shel’fda ochiq okeanga nisbatan tirik organizmlar ko’p tarqalgan.
Bentalzonasiningqirg’oqqa yaqin 50-100 m chuqurlikdagi suv osti qismi ham organik hayotning eng rivojlangan va hayvonlarning ko’p tarqalgan qismi hisoblanadi. Okeanning suv yuzasi (pelagial) va suv osti (bental) zonalarida qirg’oqlardan uzoqlashgan sari hayotning zichligi siyraklasha boradi. Bu zonalarni hayot siyrak bo’lgan oraliq zona bir-biridan ajratib turadi. I.A.Suetovaning (1976) ma’lumotiga ko’ra, Dunyo okeani ostining 200 m chuqurlikkacha yotgan 7,6% maydonida okeandagi jami biomassaning 59% i, 200 m dan 3000 m chuqurlikkacha yotgan 17,2% maydoni biomassaning 31,1 % i va 3000 m dan ziyod chuqurlikkacha yotgan 75,9 % maydonida biomassaning atigi 9,5 % i to’plangan.
Dunyo okeani chuqurliklarida hayot sharoiti bir xilda taqsimlanmagan. Chunki, okean sathidan chuqurlashgan sari yorug’lik kamayadi, harorat pasayadi, biogan elementlar siyraklashadi, gidrostatik bosim orta boradi. Natijada okeanda vertikal biologik zonallik vujudga keladi. Dunyo okeani ostida hosil bo’lgan hayot zonalari quyidagilardan iborat: litoralyokiqirg’oqzonasi(suv ko’tarilishi va qaytishi zonasi), sublitoral zona (200 m chuqurlikkacha), batial zona (2500-3000 m gacha), abissalzona(6000 m gacha) va ultraabissalzona(6000 m dan chuqur).