Oliy va o’rta maxsus ta’lim


Dunyo okeanining biogeografik oblastlari



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə221/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Dunyo okeanining biogeografik oblastlari. Okean suvining yuza qatlamida va dengiz ostining qirg’oqbo’yi qismida yashaydigan organik dunyo o’zining floristik va faunistik tarkibiga ko’ra bir qator biogeografik oblastlarni vujudga keltiradi. Suv yuzasida hayot sharoitining almashinishida orografik to’siq va keskin
chegara yo’qligi tufayli Dunyo okeanida ajratilgan biogeografik oblastlar miqyos jihatidan muayyan tabiiy geografik zonalarga yoki zonalar guruhiga to’g’ri keladi. Okeandagi biogeografik oblastlar nihoyatda yirik akvatorial birliklar bo’lib, materiklarda ajratiladigan tabiiy geografik oblast tushunchasidan bir muncha farq qiladi.
Dunyo okeanida A.G.Voronov (1963) tomonidan quyidagi biogeografik oblastlar ajratilgan: Arktika, Shimoliy Atlantika, Shimoliy Tinch okean, Tropik- Atlantika, Tropik-Hind-Tinch okean va Antarktika. Ayrim hollarda Antarktika oblasti doirasida Notal-Antarktika kichik oblasti ham ajratiladi. Har qaysi biogeografik oblast litoral (qirg’oqbo’yi) va pelagial kichik oblastlarga bo’linali.
Arktika oblasti haroratining yil davomida pastligi, muz bilan qoplanganligi, suv sho’rligining nisbatan kamligi, flora va fauna tarkibining kambag’alligi va organizmlarning kam mahsuldorligi bilan xarakterlanadi. Faqat yoz faslida fitoplankton, zooplankton va boshqa hayvonlarning rivojlanishi uchun qulay sharoit vujudga keladi. Arktika oblastida 3000 turga yaqin tirik organizmlar yashaydi. Shundan 150 turi baliqlar va 17 turi sut emizuvchilardir. Baliqlardan lasossimonlar, koryushkasimonlar, treskasimonlar va kambalasimonlar ko’p tarqalgan. Sut emizuvchilardan kitlarning ayrim turlari, Grenlandiya tyuleni, morjlar va oq ayiqlar uchraydi. Oblastning markaziy qismi yil bo’yi muz bilan qoplangan.
Shimoliy Atlantika va Shimoliy Tinch okean oblastlari Dunyo okeanining subarktika va mo’tadil zonalarida joylashgan. Ular boreal oblastlari deb ham ataladi. Bu oblastlarda Arktika oblastiga nisbatan suv haroratining yuqoriroq bo’lishi o’simlik va hayvonot olamining yaxshi rivojlanishiga va ularning turlarga boy bo’lishiga imkon yaratgan. Boreal oblastlar biomassaga nihoyat darajada boy bo’lib, Dunyo okeani oblastlari ichida biomassa miqdori jihatidan birinchi o’rinda turadi. Asosiy baliq ovlanadigan rayonlar ham shu oblastlarda joylashgan.
Shimoliy Atlantika oblastida baliqlardan treska, piksha, sayda, kambalasimonlar ko’pchilikni tashkil etadi. Qisqichbaqasimonlardan langustalar, omarlar, krevetkalar ko’p, sut emizuvchilardan tyulenlar yashaydi. Shimoliy Tinch okean oblastida lasossimon baliqlar Uzoq Sharq sardinasi, umurtqasizlardan Kamchatka krabi ko’p ovlanadi. Sut emizuvchilardan dengiz mushugi, kalan, sivuch va kitsimonlar xarakterli.
Tropik-Atlantika va Tropik-Hind-Tinch okean oblastlari ekvatorial, subekvatorial va tropik zonalarda joylashgan. Ular tabiiy sharoiti jihatidan bir-biriga o’xshash, suv yuzasi Arktika va Antarktika oblastlariga nisbatan yorug’likni ko’p oladi, harorat yil bo’yi yuqori bo’lib, +200 S dan pastga tushmaydi. Bu yerda organik hayotning zichligi boreial oblastlariga nisbatan past, lekin faunasining tur tarkibi xilma-xil. Tropik-Atlantika oblasti faunaga boyligi jihatidan ikkinchi o’rinda turadi. Tropik oblastlarning pelagial zonasida akulalar, tuneslar, tutashjag’lilar, laqqa baliqlar, uchar baliqlar, dengiz toshbaqalari, bental zonasida marjon riflari, kraplar, langustalar, qorinoyoqli va ikki tabaqali molyuskalar, sohillarida mangra chakalakzorlari ko’p uchraydi. Tropik-Hind-Tinch okean oblastining faunasi xilma- xil, qadimiy turlarga boy, endemiklar ko’p, hayvonlarning sof tropik turlari keng tarqalgan. Sut emizuvchilardan kichik kashalotlar, del’finlar, dyugonlar xarakterli.
Har ikkala oblastda o’ziga xos litoral biosenozlarni vujudga keltirgan marjon koloniyalari yaxshi rivojlangan.
Antarktika oblasti tabiiy sharoiti jihatidan Arktika oblastiga o’xshash bo’lib, suvining harorati doimo past, muzlik rejim uzoq davom etadi va h.k. Uning janubiy qismi Sirkum qutbiy kichik oblastiga, shimoliy qismi Notal – Antarktika kichik oblastiga qaraydi. Antarktika suvlaridan dengiz olabug’asi, kit, kasholot, kasatkalar ovlanadi. Baliqlar va sut emizuvchilar keng tarqalgan qisqichbaqasimon krillar bilan oziqlanadi. Antarktika uchun pingvinlarning bir necha turlari xarakterli. Qirg’oqqa yaqin joylarda dengiz mushugi, dengiz fili, dengiz qoploni, tyulenlar yashaydi. Janub kiti, kichik kit, kurak oyoqlilarning ayrim turlari endemik hisoblanadi.
Dunyo okeanida o’simliklarning geografik tarqalishi ham biogeografik oblastlarning tabiiy sharoiti bilan chambarchas bog’liq. Tropik oblastlarda Sargasso va turli xil ohakli suv o’tlari rivoj topgan, Shimoliy Tinch okean oblastining Shimoliy qismida va Antarktika oblastining Notal-Antarktika kichik oblastida diatom suv o’tlari, Shimoliy Tinch okean va Antartika oblastlarida laminariy suv o’tlari keng tarqalgan.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin