Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə223/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Okean ostidagi geografik zonalar tizimi. Dunyo okeani ostida O.K.Leontev (1982) tomonidan quyidagi 7 ta tabiiy geografik zonalar ajratilgan: Shimoliy qutb, Shimoliy qutbyoni, Shimoliy mo’tadil, ekvatorial-tropik, janubiy mo’tadil, janubiy qutbyoni va janubiy qutb.
Shimoliy qutb zonasi Shimoliy Muz okeanining aksariyat qismini egallaydi. Uning hamma hududida organik moddalarga kambag’al bo’lgan terrigen yotqiziqlar keng tarqalgan. Yotqiziqlar ichida Shimoliy Muz okeani ostiga xos bo’lgan qo’ng’ir va kulrang tipdagi balchiqlar hukmronlik qiladi. Shimoliy qutbyoni zonasi Barens, Kara, Oxota, Bering dengizlarining ostini, Alyaska ko’rfazini, Tinch okean ostining eng shimoliy qismini o’z ichiga oladi. Bu zonada, ayniqsa dengiz sayozliklarida bentos yaxshi rivojlangan. Tinch okean sektorida diatom yotqiziqlari ko’p tarqalgan. Shimoliy mo’tadil zona Atlantika va Tinch okeanlarining ostida yaxshi shakllangan bo’lib, u o’zining provinsial farqlari bilan xarakterlanadi. Atlantika okeanining shimoliy mo’tadil zona doirasida terrigen yotqiziqlar bilan bir qatorda ohakli foraminifer balchig’i ko’p uchraydi. Ekvatorial-tropik zonaga xos bo’lgan ohakli foraminifer yotqizig’ini Atlantikaning shimoliy qismida uchrashiga sabab Shimoliy Atlantika iliq oqimining yuqori kengliklardagi suv massalariga va shu joydagi planktonlarga ta’sir etishidir. Shimoliy mo’tadil zona Tinch okean sektorining janubida marjon riflarining keng tarqalgan joylari bilan chegaralanadi. Zonaning
chuqur suv osti yotqiziqlarining asosiy tipi terrigenli alevrit-gil balchig’idir. Qizil loy yotqiziqlari ham keng tarqalgan.
Ekvatorial tropik zona Dunyo okeani ostidagi boshqa zonalardan karbonatli yotqiziqlarning intensiv ravishda hosil bo’lish xususiyati bilan ajralib turadi. Bu yerda karbonatli yotqiziqlar – forominefer, nokkolit, petropod, marjon va chag’onoqlar zonaning 65% hududini egallaydi. Ekvatorial tropik zonaning aniq chegarasi marjon riflari va ular bilan bog’liq bo’lgan marjon qumlar hamda marjon balchiqlarining geografik tarqalishiga to’g’ri keladi. Zonaning sayoz joylaridagi suv osti qismida organik hayot juda xilma-xil, yaxshi rivojlangan va biomassalarga boy. Bu yerda ham 5000-5500 m chuqurlikdagi hududlarda qizil loy ko’p uchraydi.
Janubiy mo’tadil zona okean ostidagi boshqa zonalardan shu bilan farq qiladiki bu yerda aniq ifodalanadigan yaqqol ko’zga tashlanadigan xarakterli yotqiziqlar kam tarqalgan. Majvud bo’lgan yotqiziqlar orasida poraminifer balchig’i ko’pchilikni tashkil etadi. Zonaning janubiy chekka qismida o’tkinchi xarakterga ega bo’lgan ohakli kremniy yotqiziqlari shakllangan. Marjon yotqiziqlari va rif qurulmalari uchramaydi.
Janubiy qutbyoni zonasi kremniyli diatom yotqiziqlarning keng tarqalganligi bilan keskin ajralib turadi. Bu yerdagi diatom yotqiziqlari shimoliy yarim shardagi diatom yotqiziqlari shu bilan farq qiladiki, ularning tarkibida kremnozem 70-80% ni tashkil etadi. Aysberg cho’kindilari ham uchraydi. Janubiy qutb zonasi deyarli aysberg yotqiziqlarining keng tarqalganligi bilan farq qiladi. Ularning tarkibida ohak va organik moddalar juda kam, autgen kremnozem esa ko’proq uchraydi.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin