Oliy va o’rta maxsus ta’lim


Okean tabiatini muhofaza qilishning asosiy muammolari



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə224/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Okean tabiatini muhofaza qilishning asosiy muammolari. Dunyo okeani boyliklarining keng ko’lamda o’zlashtirilishi, suvda neft va neft mahsulotlarining tashilishi, qirg’oqlarda va qirg’oqbo’yi zonalarida ko’plab sanoat korxonalarining qurilishi okean va dengizlarning tabiatiga inson xo’jalik faoliyatining salbiy ta’sir ko’rsatishi muqarrardir. Ular kam miqyosda bo’lsa, Dunyo okeani o’zini o’zi himoya qilish va buzilgan tabiiy muvozanatni tiklash qobiliyatiga ega. Ammo hozirgi fan-texnikaning eng rivoj topgan bir davrda Dunyo okeani tabiatiga bo’lgan ta’sir kuchayib, turli xil salbiy oqibatlar vujudga kelmoqda. Shuning uchun Dunyo okeani va uning materiklarga yaqin joylashgan dengizlari ilmiy asoslangan himoyaga muhtoj.
Dunyo okeanining ekologik sharoiti tabiiy va antropogen omillar ta’sirida o’zgarib bormoqda. Okean va dengiz suvlarining tabiiy omil ta’sirida ifloslanishi qirg’oqlarning o’pirilishi, kuchli to’lqinlar natijasida qirg’oqlarning yuvilishi, zilzilalar va sunami kabi tabiiy ofatlar bilan bog’liq. Okean suvlarining antropogen omil ta’sirida ifloslanishi inson xo’jalik faoliyati tufayli yuzaga keladi. Tabiiy va antropogen omillar integrallashgan holda Dunyo okeani suvlarini ifloslantirib va ekologik sharoitini buzib juda katta miqdorda moddiy zarar yetkazadi. Yuzaga kelgan salbiy ekologik oibatlarning oldini olish, ularga qarshi kurashish va okean akvatoriyasining ekologik holatini optimallashtirish uchun juda katta mablag’ talab etadi.
Dunyo okeani va dengizlarining ifloslanishida neft va neft mahsulotlari alohida o’rin tutadi. A.M.Ryabchikov va boshqalarning ma’lumotiga qaraganda okeanga har
yili 15 mln. t. neft to’kiladi. Neft mahsulotlari suv yuzasida erimagan holatda bo’lib, ularning har bir tonnasi dengizning 12 km2 maydonini qoplab oladi. Neft tarkibidagi og’ir metallar, oltingugurt, parafin va boshqa moddalar suv ostiga cho’kib, suvda erigan katta miqdordagi kislorodni yutadi. Bunday holat okean florasiga va faunasiga katta zarar yetkazadi. Akvatoriyada hosil bo’lga neft pardasi gidrosfera bilan atmosfera o’rtasida gaz almashinishini, suvning yuqori qatlamiga yorug’likning o’tishini qiyinlashtiradi. Natijada okeanda biologik mahsuldorlik kamayadi.
Okean suvlarini neft bilan ifloslantiruvchi bir necha manbalar mavjud. Bular shel’flarda neft quduqlarini parmalash va ekspluatisiya qilish, neft va neft mahsulotlarini tankerlarda tashish va ularning to’qnashishi, neft sisternalarini yuvib iflos suvni okeanga tashlash kabilardir. Masalan, neft mahsulotlarini ortish va tushirish jarayonida okeanga yiliga 200 ming. t. neft to’kiladi, neft sisternalarini yuvish natijasida Dunyo okeaniga taxminan 1 mln. t. neft va neft mahsulotlari tushadi. Faqat O’rta dengizning o’ziga yiliga 300 ming. t. neft to’kiladi. Shuning uchun ko’p mamlakatlarda bunday suvlarni dengizga quyishni man etuvchi Xalqaro konvensiya qabul qilingan.
Okean suvining ifloslanishi Shimoliy Atlantikada ancha yuqori. Ayniqsa Irlandiya, Shimoliy, Tirren, Sargasso dengizlarida, Meksika va Biskay qo’ltiqlarida neft mahsulotlarining kontsentrasiyasi juda katta va tuxsat etilgan me’yordan o’nlab marta ziyod. Bundan tashqari okean va dengizlarga daryo suvlari, yomg’ir va qorlar katta miqdorda simob, kobalt, margumush va boshqa zaharli moddalar olib keladi. Ular o’simlik va hayvon organizmlarida to’planib, organik hayotga salbiy ta’sir etadi. Irlandiya, Portugaliya va Yaponiya qirg’oqlari yaqinidagi suvlar tarkibida simob, AQSH qirg’oqlari yaqinida kobalt va fosfor, Shimoliy dengiz va O’rta dengizda mis, margimush, rux kabi elementlarning ko’p to’planganligi aniqlangan.
Dunyo okeanining organik hayoti o’z o’zini tiklash va rivojlanish qobiliyatiga ega. Lekin hayvonlarni maqsadga muvofiq ravishda ov qilinmasligi ularning zahirasining, hatto turlarining kamayib ketishiga sabab bo’lmoqda. Masalan, Komandor orollari yaqinida keng tarqalgan dengiz sigirlari ko’plab ovlanishi natijasida XVIII asrning oxirlariga kelib butunlay qirilib ketdi. Dengiz mushuklari yo’qolib ketish arafasida, kitlarning soni juda kamayib bormoqda. Sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan losossimon baliqlar, okean seldlarining mahsuldorligi ancha kamaygan. Dunyo okeani tabiatini muhofaza qilish va ekologik sharoitini optimallashtirish xalqaro miqyosdagi dolzarb muammodir. Bunday muammoni bartaraf etish faqat ilmiy jihatdan asoslanagan tadbir-choralarni ishlab chiqish, sanoat korxonalarini zamonaviy texnikalar bilan jihozlash, ekologik jihatdan toza ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va boshqa amaliy ishlarga katta mablag’ sarf qilish yo’li bilan amalga oshirish mumkin.



Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin