Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə237/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Oqimlari. Atlantika okeanidagi oqimlar o’zining dinamik harakati va yo’nalishi bilan boshqa okeanlardagi oqimlardan farq qilib, ular kenglik bo’ylab emas, balki deyarli meridian yo’nalishida harakat qiladi. Bunga sabab okean konfugrasiyasining tuzilishidir, yani uning shimolidan janubiga tomon uzoq masofaga, g’arbdan sharqqa tomon esa qisqa masofaga cho’zilganligidir. Atlantika okeanidagi oqimlar boshqa okeanlardagi oqimlardan yana shu bilan farq qiladiki, bu yerdagi suv massalari issiqlik va sovuqni bir kenglikdan ikkinchi kenglikka, juda tez tashib boradi.
Atlantika okeanidagi oqimlar o’zlarining dinamik yo’nalishida ikkita xalqasimon harakat hosil qiladi. Shimoliy yarim sharda Shimoliy passat, Gol’fstrim, Shimoliy Atlantika va Kanar oqimlari birinchi xalqasimon harakatni tashkil etadi. Janubiy yarimsharda esa Braziliya, G’arbiy shamollar, Angola va Janubiy passat oqimlari ikkinchi xalqasimon harakatni vujudga keltiradi. Shimoliy va Janubiy passat oqimlari o’rtasida Passat oralig’i qarshi oqimi harakat qiladi. Atlantika okeanidagi oqimlarning xalqasimon harakat doirasiga qaraganda ancha kichik. Atlantika okeanidagi iliq va sovuq oqimlarning tezligi, suvning harorati va sho’rligi xilma xil (3 -jadval).

Dengiz oqimlari tafsiloti 3-jadval




Oqim

Tezligi, km/soat

Sho’rligi, °/00

Harorati, °S




Iliq oqimlar

1

Florida

8-10

36,0

+22, +28

2

Gol’fstrim

4-6

34,0-36,5

+ 10, +22

3

Shimoliy Atlantika

2-6

35,0-36,0

+5, +12

4

Gvineya

2-3

34,0-35,5

+23, +28

5

Braziliya

1-2

35,0-37,2

+22, +28

6

Shimoliy passat

1-2

35,0-36,0

+23, +28

7

Janubiy passat

1-2

34,0-36,0

+23, +27




Sovuq oqimlar

8

Sharqiy Grenlandiya

1

31,0-32,0

0, +2

9

Labrador

1-2

31,0-34,0

0, +7

10

Kanar

1-2

36,0-37,0

+ 15, +25

11

Bengal

1-2

35,5-36,5

+ 15, +25

12

Fol’klend

1-2

33,0-35,0

+3, +15

13

G’arbiy shamollar

1-2

33,5-35,0

0, +15

14

Antarktika

1

33,0-34,3

0, -2



Organik dunyosi. Atlantika okeanining organik dunyosi Tinch va Hind okeanlarining organik dunyosiga nisbatan kambag’al. Bunday bo’lishiga asosiy sabab, ikki xil tarixiy geologik omil ta’sir etgan. Birinchidan, Atlantika okeanining boshqalarga nisbatan geologik rivojlanish nuqtai nazaridan yosh ekanligi va ikkinchidan, materik muz bosishlari davrlarida okean suvining juda sovib ketganligidir. Lekin tirik organizmlarning turlari kam bo’lishiga qaramasdan baliqlar va boshqa hayvonlarning mahsuldorligi ancha yuqori.
Atlantika okeani o’simliklarga juda boy. Okean ostida qo’ng’ir, yashil va qizil suvo’tlari-fitobentoslar keng tarqalgan. Sho’r suvda bemalol o’sa oladigan gulli o’simliklar ham ko’plab uchraydi. Ular filospadiks, zootera va poseydoniyalardan tarkib topgan. Sargasso dengizida sargassa deb ataladigan qo’ng’ir suvo’tlar nihoyatda ko’p.
Okeanning hayvonot dunyosi o’simliklarga nisbatan birmuncha boy. Hayvonot turlarining xilma-xilligi okean iqlim sharoitiga bog’liq holda shimoliy va janubiy qutblardan ekvator tomon orta boradi. Sovuq va mo’tadil mintaqalarda bir necha ming hayvon turlari yashasa, tropik va ekvatorial mintaqalarda o’n minglab hayvon turlari yashaydi. Sovuq va mo’tadil mintaqalar uchun sut emizuvchilardan kit va kurakoyoqlilar, baliqlardan sel’d, treskasimonlar, olabug’asimonlar va kambalasimonlar xarakterli. Bulardan tashqari tyulenlar, dengiz mushuklari, kalka hamda sardinalar yashaydi. Okeaning tropik va ekvatorial mintaqalari uchun kashalot, dengiz toshbaqalari, akulalar, uchar baliqlar, qisqichbaqasimonlar, marjon poliplari, meduzalar, tuneslar, molyuskalar xarakterlidir. Chuqur suv faunasi bulutlar, marjonlar, qisqichbaqasimonlar, ninatanlilar va boshqa dengiz hayvonlaridan tarkib topgan. Umuman, Atlantika okeanida hozirgi davrda 200 000 ga yaqin o’simlik va hayvon turlari mavjud.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin