Afrika materigi qo’riqxonalari va milliy bog’lari
1-jadval
Qo’riqxonalar
|
Milliy bog’lar
|
1. Masva
|
1. Serengeti
|
26. Saut-Luangva
|
2. Buriga
|
2. Ruvenzori
|
27. Kudelungu
|
3. Acholi
|
3. Dinder
|
28. Upemba
|
4. Masai-Mara
|
4. Rudolo
|
29. Kameya
|
5. Ngorongora
|
5. Kabarega
|
30. Kisama
|
6. Finna
|
6. Janubiy
|
31. Uest-Lunga
|
7. Kizingo
|
7. Garamba
|
32. Lukusuzi
|
8. Rungva
|
8. Kilimanjaro
|
33.Kalaxari-Xemsbok
|
9. Borgu
|
9. Niokolo-Koba
|
34. Kryuger
|
10. Singu
|
10. TSavo
|
35. Uanki
|
11. Pama
|
11. Maraxue
|
36. Sioma-Ngvezi
|
12. Arli
|
12. Tai
|
37. Gorongoza
|
13. Kujani
|
13. Ruaxa
|
38. Lavushi-Manda
|
14. Bodinko
|
14.Lenjari
|
39. CHobe
|
15. Ugalla
|
15. Dubl-8
|
40. Maiko
|
16. Lvando
|
16. Komoe
|
41. Mole
|
17. Milando
|
17. Dja
|
42. Manda
|
18. Lefini
|
18. Salonga
|
43. Faro
|
19. Lekoli-Paidaka
|
19. Virunga
|
44. Bubanjida
|
20.Sentral-Kalaxari
|
20.Mveru-Vangalya
|
45. Benue
|
21. Norva
|
21. Mikumi
|
46. Kasungu
|
22. Faldam
|
22. Sumbu
|
47. Kasguz
|
23. Selus
|
23.Davushi-Manda
|
48. Marsabit
|
24. Chobe
|
24. Isangano
|
49. Nika
|
25. Maktadikgadi
|
25. Nort-Luangva
|
50. Lusenga-Pleyn
|
Nazorat savollari:
Materikda o’simlik dunyosining rivojlanishi, tarqalish geografiyasi haqida ma’lumot bering?
Materikda shakllangan floristik oblastlar va ularning geografik tarqalishi qanday xususiyatga ega?
Afrika materigi hayvonot dunyosining o’ziga xos tomonlarini ayting?
Materikda qanday tabiat zonalari shakllangan va ularning tavsifini bering?
Materikda qanday milliy bog’ va qo’riqxonalar shakllangan?
Afrika materigi tabiatini muhofaza qilish chora-tadbirlarini ayting?
AFRIKA MATERIGINI TABIIY GEOGRAFIK RAYONLASHTIRISH
SHIMOLIY AFRIKA TABIIY GEOGRAFIK RAYONI
Tayanch so’z va iboralar: landshaft zonalari, tabiiy geografik rayon, Atlas tog’lari, Sahroi Kabir cho’llari, Sudan tekisliklari, sirokko shamoli, daryo vodiylari.
Afrika hududining asosiy qismida geologik strukturaning va rel’ef shakllarining deyarli bir xil tuzilishi tufayli katta-katta maydonlarda landshaft
komplekslari ham bir xil ko’rinish xususiyatiga ega. Ularning o’zgarishi iqlimning o’zgarishiga bog’liq holda asta-sekin yuz beradi. Shimoliy Afrikaning rel’efi asosan tekis bo’lganligi uchun landshaft zonalarining shimoldan janubga tomon o’zgarishi va almashinishi muayyan ravishda sodir bo’ladi. Bu yerning orografiyasi ham landshaftlarning shakllanishiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsata olmaydi. Materikning sharqiy qismida tektonik harakatlar faollashgan zonaga duch kelgan Afrika platformasida baland tog’ massivlari vujudga kelgan, tektonik yoriqlar va uzilmalar hosil bo’lgan, vulkanizm rivojlangan. Bunday orografik o’zgarishlar atmosfera yog’inlari va haroratning notekis taqsimlanishiga, balandlik mintaqalarining shakllanishiga va ular tarkibining murakkablashishiga sabab bo’lgan. Natijada Afrika hududida xilma-xil zonal-hududiy landshaft komplekslari vujudga kelgan.
Materikni tabiiy geografik rayonlashtirishda T.V.Vlasova (1987) uning hududini 4 ta yirik rayonga - Shimoliy, Sharqiy, Markaziy va Janubiy Afrikaga bo’ladi. A.M.Ryabchikov, L.A.Mixaylovalar materik yuzasining tuzilishiga va balandlik xususiyatlariga asoslanib, dastlab uni ikkita katta qismga - Past va Baland Afrikaga bo’lishadi. So’ngra ularning tarkibida bir necha tabiiy geografik o’lkalarni ajratishadi. Quyida Afrikaning 4 ta tabiiy geografik rayonlari va ularga taalluqli bo’lgan tabiiy geografik o’lkalari bilan tanishamiz.
Shimoliy Afrika materikning shimoliy va shimoli-g’arbiy katta qismini tashkil etadi. Uning aksariyat qismi mutloq balandligi 1000 m dan oshmaydi. Shimoliy Afrika tarkibiga Atlas tog’lari, Sahroi Kabir cho’llari, Sudan tekisliklari kabi tabiiy geografik o’lkalari kiradi.
Atlas tog’lari. Atlas tog’lari materikning shimoli-g’arbiy chekka qismida joylashgan tabiiy geografik o’lka bo’lib, shimol va sharqda O’rta dengiz, g’arbda Atlantika okeani va janubda Sahroi Kabir cho’li bilan chegaralanadi. Uning tabiiy xususiyatlarida O’rta dengiz subtropik landshaftlaridan Sahroi Kabir tropik landshaftlariga o’tish xarakteri yaqqol sezilib turadi. Atlas tog’larining shimoli- g’arbiy sohil qismi Pireney yarim orolining janubiy tog’li sohil qismining tabiatini eslatadi. O’lkaning ichki va janubi-sharqiy qismlarining tabiati Sahroi Kabirning shimoliy cho’l landshaftlari tabiatiga juda yaqin. Hatto tog’larning past joylarida Sahroi Kabir cho’l landshaftlari o’lkaning ichki qismlarigacha kirib boradi. Atlas tog’lari orografik jihatdan juda murakkab tuzilgan. O’rta dengiz sohili bo’ylab balandligi 2000-2500 m keladigan yosh burmali tog’lar cho’zilgan. O’rta dengiz qirg’og’ining g’arbiy qismida joylashgani Er-Rif yoki Rif Atlasi va sharqiy qismida joylashgani Tell Atlas tog’laridir. Er-Rif tog’ining baland nuqtasi Tidigan cho’qqisida 2456 m ni, Tell Atlasining baland cho’qqisi Lalla-Xadija tog’ida 2308 m ni tashkil etadi va u tog’lar al’p burmalanishida vujudga kelgan.
O’lkaning janubida, Atlantika okeanidan shimoli-sharqqa tomon Baland Atlas tog’lari cho’zilgan. Bu tog’larning asosiy qismi gertsin burmalanish bosqichida vujudga kelgan. Baland Atlasning maksimal cho’qqisi Tubkal 4165 m ni tashkil etadi. Bu cho’qqi butun o’lkaning ham eng baland nuqtasi hisoblanadi. Baland Atlasdan janubda Anti Atlas tog’i joylashgan, eng baland joyi 2531 m ga va balandligi 1635 m ga yetadigan Jabal-Bani tizmasi cho’zilgan. Baland Atlas tog’
tizmasidan shimoli-sharq tomonda uning davomi bo’lgan Sahroi Kabir Atlasi joylashgan. Bu tizmaning eng baland nuqtasi Aysa tog’i okean sathidan 2336 m ko’tarilgan. Sahroi Kabir Atlasidan sharqda Sheliya (2328 m) tog’i bor. Bu tog’dan shimoli-sharqda Gabes va Tunis Atlasi joylashgan. Umuman Atlas tog’lari g’arbda Atlantika okeani sohilidan sharqda O’rta dengiz sohilidagi materik shimoliy burnigacha 2000 km masofaga cho’zilgan. Atlas tog’ tizmalarining oralig’ida ichki tekisliklar va baland platolar joylashgan. Platolarning o’rtacha balandligi 800-1200 m ni tashkil etadi. Bu polosa Atlantikabo’yi tekisligidan zinapoyasimon ko’tarilib, O’rta dengiz sohiligacha davom etadi va hududiy jihatdan tog’ oralig’i cho’kmasiga to’g’ri keladi. Baland platolar Atlas tog’larining sharqiy qismida keng polosa hosil qilib cho’zilgan.
Tog’li o’lkaning barcha qismi, jumladan shimoldagi yosh tog’lar ham neogenning oxirida yuz bergan kuchli vertikal tektonik harakatlari natijasida Atlas tog’larining hozirgi qiyofasi shakllangan. Atlas tog’lari erozion kuchli parchalangan. Ularning yonbag’irlari chuqur vodiylar va daralar bilan o’yilgan. Baland platolarning yuzasi quruq vodiylar tizimi bilan kesilgan.
Atlas tog’larining iqlimi xilma-xil, uning shimoliy qismi O’rta dengiz iqlimiga ega. Yozi quruq, issiq va qishi nam iliq bo’ladi. Qishning o’rtacha harorati
+12°+15°S, yoz oyining o’rtacha harorati esa +24°+27°S ga teng. Atmosfera yog’inlarining asosiy qismini g’arbiy shamollar Atlantika okeanidan olib keladi. Yog’inlarning ko’proq miqdori tog’larning g’arbiy va shimoliy yonbag’irlari hamda qirg’oq bo’ylariga tushadi. Sharqqa borgan sari yog’in miqdori keskin kamayadi. Masalan, yog’in miqdori g’arbda 800 mm ni tashkil etsa, sharqda Gabes qo’ltig’i yaqinida 200-300 mm gacha kamayadi. Dengiz sohilida qor kamdan-kam yog’adi va tezda erib ketadi. Yoz oylarida shimolda, qirg’oqlar tomon tog’lardan fyon tipidagi sirokko shamoli esadi. Bu paytlarda havo harorati +35°+40°S gacha ko’tariladi. Atlas tog’larining janubiy qismi doimo tropik cho’l iqlimi ta’sirida bo’ladi. Bu yerda havo harorati ancha yuqori, yog’in miqdori kam. Ichki platolar va berk vodiylarning iqlimi keskin kontinental, quruq va baland bo’lganligi uchun sovuq. Tog’ tizmalari okeandan keladigan nam havo massalarini to’sib qo’yganligi sababli o’rtacha yillik yog’in miqdori 500 mm dan oshmaydi. Yog’inning asosiy qismi qish oylariga to’g’ri keladi. Qish kunlari sovuq bo’lib, harorat -10°-17°S gacha pasayadi. Qor qoplami qalin bo’ladi va tog’larda 2 m gacha yetadi. Yozda platolar yuzasi ichki vodiylar qattiq qiziydi. O’rtacha harorat +26°+28°S ni, maksimal harorat +50°S ni tashkil etadi.
Atlas tog’larining tuproq-o’simlik qoplamida, uning iqlim sharoitiga o’xshash, ichki farqlar yaqqol ko’zga tashlanib turadi. Bunday farqlar ayniqsa, tog’ tizmasining qirg’oq bo’ylari va ichki hududlari uchun xosdir. Tog’ yonbag’irlarining pastki qismlarida va dengiz sohillarida jigar rang tuproqlar tarqalgan. Ular doimiy yashil makvis tipidagi butazorlar, pakana bo’yli palmazorlar va doimiy yashil po’kak eman o’rmonlari bilan qoplangan. Balandlikka ko’tarilgan sari aralash holda igna barglilardan atlas kedri va tisa daraxtlari uchraydi. 1500-3000 m balandliklarda bargini to’kuvchi O’rta Yevropaga xos keng bargli o’rmonlar o’sadi. 3000 m dan baland joylarda al’p o’tloqzorlar tarkib topgan.
Atlas tog’ etaklaridagi, ayniqsa Atlantika okeani va O’rta dengiz sohillaridagi keng maydonlar yaxshi o’zlashtirilgan. Sug’oriladigan yerlar sitrus plantasiyalari, zaytun daraxtlari, don ekinlari bilan band. Zinapoyasimon tog’ yonbag’irlarida tokzorlar barpo etilgan. Atlas tog’larining ichki qurg’oqchil kontinental iqlimli platolarida, vodiylarida va janubiy yonbag’irlarida bo’z tuproqlar keng tarqalgan. Bu yerlar quruq dasht va chala cho’l landshaft komplekslaridan tarkib topgan. O’simliklari tikanli yostiqsimon butachalardan, shuvoqlardan, boshoqli alfalardan, uncha baland bo’lmagan yuyuba, akasiya va pista daraxtlaridan iborat. Tog’li o’lkaning hayvonot dunyosi Afrika va Janubiy Yevropaga xos hayvon turlaridan tarkib topgan. Yirtqichlardan chiyabo’ri, yovvoyi mushuk, gienalar yashaydi. Boshqa hayvon turlaridan quyonlar, qo’shoyoqlar, o’txo’r damanlar, qoyali tog’larda dumsiz makaklar uchraydi. Kaltakesaklar va ilonlar juda ko’p.
Dostları ilə paylaş: |