Oliy va o’rta maxsus ta’lim


MATERIKLAR TABIIY GEOGRAFIYАSI I-BOB. AFRIKA MATERIGI



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə3/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

MATERIKLAR TABIIY GEOGRAFIYАSI I-BOB. AFRIKA MATERIGI






    1. KIRISH. FANNING MAQSAD VA VAZIFALARI, O’RGANISH OB’EKTI. YER YUZI LITOSFERA PLITALARI



Tayanch so’z va iboralar: materik, qit’a, Yerning ichki energiyasi, vulkan konuslari, tabiiy resurs, dengizlar, litosfera plitalari, mantiya, vulkanlar va zilzilalar, Pangeya, Lavraziya, Gondvana.

Ma’lumki, eng qadimgi fanlardan biri hisoblanuvchi geografiya boshqa fanlar orasida o’zining o’rganish ob’ekti sifatida geografik qobiq olinadi, uning ulkanligi, murakkabligi bilan alohida o’rin tutadi. Ilk bosqichlarda fanning maqsadi Yerning asosiy o’lchamlari, quruqlik va okeanlarning maydoni, Yer yuzasida ro’y beradigan har xil hodisa va voqealarni o’rganish bo’lsa, keyinchalik aniq ma’lumotlarning to’planib borishi bu hodisa va voqealarning vujudga kelish sababalarini aniqlash, shu asosda asosiy hududiy tabiiy geografik tizimlarning rivojlanishini baholash va bashorat etishga qaratiladi hamda shu yo’nalish asosiy vazifaga aylanadi.


Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasining asosiy maqsadi, dialektik qonuniyatlarga tayangan holda Yer yuzasi tabiiy landshaftlarini o’rganish, ularning tarqalishi va shakllanishiga mahalliy, hududiy va dunyoviy jarayonlar ta’sirini tahlil etish hisoblanadi. Tabiiy landshaftlar esa litosfera, gidrosfera va atmosferaning bir qismini o’z ichiga oluvchi geografik qobiqda shakllanadi va rivojlanadi. Geografik qobiqning tarkibiy qismlari doimo bir-biri bilan uzviy bog’langan va alohida bir butun yaxlit tizimni vujudga keltiradi. Bu muhitda qariyb hamma kimyoviy elementlarni uchratishimiz mumkin, shu yerda Quyoshning nuri issiqlik energiyasiga aylanadi. Yerning ichki energiyasi bilan birgalikda geografik qobiqdagi kimyoviy elementlar atomlarining harakatini (migrasiyasini) ta’minlaydi va ularning bir holatdan ikkinchi holatga o’tishiga olib keladi. Bunday harakat doimo to’xtovsiz ro’y beradi va landshaftlarning dinamik holatini belgilab beradi. Bu jarayonni aniglab yetish hisobigagina tabiiy resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga qaratiladi.
Ma’lumki, quruqlik materik va orollardan iborat. Yer po’stining kontinental tipdagi yirik bo’lagiga materik deyiladi. Uning asosiy qismi dengiz sathidan yuqorida materik sayozligi (shel’f) esa dengiz sathidan pastda joylashgan. Geologik tuzilishi va shakllanish tarixiga qarab quruqlikda oltita materik yoki kontinent ajratiladi. Yevrosiyo, Afrika, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Antraktida va Avstraliya. Shu bilan birga ilgari yangi kashf etilgan yerlar qit’alar deb yuritilgan. Shu bois qit’a nomlari: Yevropa, Osiyo, Afrika, Amerika, Antraktida va Avstraliya ham saqlanib qolgan.
Quruqliklarning materiklardan kichik qismlari, ya’ni hamma tomoni suv bilan o’ralgan quruqliklar orollar deb ataladi. Orollarning ko’pchiligi materik sayozligida joylashadi, materiklarning qismlari hisoblanadi va shu sababli materik orollari deb ham ataladi.
Okeanlardagi qirg’oqdan uzoqda joylashgan ko’pdan-ko’p mayda orollar okean ostidan otilib chiqqan vulkanlardan hosil bo’lgan, bunday orollar vulkan orollari deb ataladi. Issiq mintaqalarda vulkan konuslari va suv osti qirlari ustida marjon organizmlari to’planadi va marjon orollarini hosil qilgan. Vulkan va marjon orollari materik orollaridan farqli ravishda mustaqil orollar hisoblanadi.
Hozirgi geologik davrda materiklar va orollardan iborat barcha quruqlik maydoni 149 mln. km2 butun Yer yuzasi maydonining 29,2% ini tashkil etadi. Yer yuzasining 361 mln. km2 qismini yoki 70,8% ini Dunyo okeani ishg’ol qiladi. Okean suvi quruqlik ichkarisiga kirib borib, dengiz, qo’ltiq va bo’g’izlarni hosil qiladi, bular o’z navbatida materiklardan yarim orol va orollarni ajratib turadi.
Dengiz va qo’ltiq terminlarining ishlatilishi tarixiy sharoitlarga bog’liq ravishda juda xilma-xildir. Bir xil joyda uncha katta bo’lmagan suv havzalari, dengiz deb ataladi, masalan, Marmar dengizi, boshqa bir joyda juda katta suvliklarni qo’ltiqlar deb ataladi, masalan, Meksika, Gudzon, Bengaliya, Karpentariya qo’ltiqlari. Ko’p hollarda katta ko’llarni ham dengiz deb yuritiladi, chunonchi Kaspiy, Orol, O’lik dengizlari va h.k.
Dengizlar materiklarga nisbatan joylashishi va okeanlar bilan tutashib turish xarakteriga qarab chekka, materik ichkarisidagi va o’rta dengizlarga bo’linadi. Chekkadagi dengizlar okeanlar bilan katta masofada tutashgan bo’lib, undan orollar va yarim orollar orqali ajralib turadi, shuning uchun ham bunday dengizlar chegarasi shartli bo’ladi. Chekka dengizlarni materik sayozligida joylashgan dengizlarga (Barens, Kara, Laptevlar, Chukotka, Shimoliy, Sariq dengiz va h.k.) hamda materik yon bag’rida joylashgan dengizlarga (Sharqiy va Janubiy Osiyo dengizlari, Biskay qo’ltig’i, Bofort dengizi) bo’lishi mumkin.
“Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi” kursi geografiya fanlari tizimidagi o’quv fani bo’lib, Yerning geografik qobig’i va tabiiy majmualarini o’rganadi. Bu kurs yer sharqidagi materiklar va okeanlarning tabiatini, uning tarkibiy qismlarini, ularda sodir bulayotgan tabiiy jarayonlarni o’zaro bir-biriga bog’liq holda o’rganadi. Shu bilan birgalikda bu kurs barcha materiklar va okeanlarning ularga tutash qismlari bo’lgan dengizlar va orollar bilan birgalikda o’rganiladi. Bunda quruqlikka asosiy e’tibor beriladi, okeanlar va dengizlar esa
asosan ularning materiklar tabiiy sharoitining shakllanishidagi ahamiyati va aholining hayoti va faoliyatiga ta’sir nuqtai nazaridan ko’rib chiqiladi.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin