Avstraliya qaysi floristik oblastlarda joylashgan?
Materik organik dunyosidagi o’ziga xoslik nimada?
Endemik turlar va ularning tarqalish geografiyasi haqida nimalarni bilasiz?
Avstraliya tabiat zonalari to’g’risida ma’lumot bering?
AVSTRALIYA MATERIGINI TABIIY GEOGRAFIK RAYONLASHTIRISH
Tayanchso’zvaiboralar:Tabiiygeografiko’lka,tabiatmintaqasi,plato,Keyp-York,Katta Suvayirg’ichtizma,evkalipt,yassitog’,karst. Tabiiy geografik o’lkalar. Avstraliyada quyidagi tabiiy o’lkalari ajratiladi: yozda yomg’ir yog’adigan, tekislik platformali issiq Shimoliy Avstraliya; issiq namligi ancha bir tekis bo’lgan tog’li Sharqiy Avstraliya; tog’li - tekislikli nisbatan quruq subtropik Janubi – Sharq, Markaziy tekislik, subtropik Janubi - G’apb, G’arbiy Avtraliya tropik yassitog’lari va tog’lari.
ShimoliyAvstraliya. Bu tabiiy geografik o’lka shimoldagi uchta yarimorol Kimberli, Arnemlend va qisman Keyp – York yarim orollarini shuningdek materikning bu yarimorollariga tutash qismlarini o’z ichiga oladi. Uning janubiy chegarasi 180 va 20° j.k. lar oralig’idan o’tadi. O’lka deyarli butunlay platoformada joylashgan. Rel’efida platolar, pastteksliklar va past tog’lar ko’pchilikni tashkil qiladi. Shimoli-g’arbida balandligi 600-700 m bo’lgan Kimberli platosi ko’tarilgan. Sharqda Arnemlend va Keyp-York yarim orollarida yer yuzasi 300 m pasayadi. Bu yerda harorat +30°S, o’rtacha yillik harorat +200S bo’ladi. O’lkadagi daryolarning eng yiriklari Fisroy, Viktoriya, Flinders, Mitchell daryolaridir, ulariing uzunligi 600
- 800 km dir, ular doimiy oqimga ega. O’lka o’rmonlarida baland palmalar, fikuslar, margullilar va evkoliptlar o’sadi. Shimoliy Avstraliya o’simliklarining asosini - savannalar tashkil etadi. O’lka hayvonot dunyosi ancha boy. Savannalarda emu tuyaqushi, kenguru, vombatlar uchraydi. Eng quruq yerlarda yexidna yashaydi. O’rmonda koala yashaydi, lerodum va to’ti, daryolarda timsohlar ko’p.