Markaziytekisliklar. Paragvay, Parana va Urugvay daryo havzalarida, Janubiy Amerika platformasining bukilgan qismida, And tog‘lari bilan Braziliya yassi tog‘ligi oralig‘ida Markaziy tekisliklar joylashgan. Bu tekislik meridional ravishda shimoldan janubga tomon katta masofaga cho‘zilgan. Uning morfostrukturasi Gran-Chako, Mamore-Boni tekisliklaridan hamda La-Plata pastekisligidan tarkib topgan. Markaziy tekisliklarning shimoli-g‘arbidagi Gran- Chako tog‘oldi tekisligi o‘zining relyef xususiyatlariga ko‘ra Shimoliy Amerikaning Buyuk tekisliklariga o‘xshaydi. Uning yer yuzasi okean sathidan 600-800 m baland ko‘tarilgan, daryo vodiylari bilan chuqur kesilgan. Yuza qismi tog‘lardan keltirilgan kontinental yotqiziqlardan iborat. Janubiy pasaygan qismi to‘rtlamchi davr allyuvial, flyuvioglyasial va lyossimon jinslar bilan qoplangan. Shimolda Mamore-Paragvay daryolari oralig‘ida joylashgan baland tekislik platformali zaminning ko‘tarilgan bir
qismi bo‘lib, And sturukturasiga yaqin. Uning relyef shakllari orasida baland nuqtasi 1400 m dan oshadigan balandliklar uchraydi.
La-Plata pastekisligi. Markaziy tekisliklarning eng pastqam, botqoqlangan qismi bo‘lib, u tarkibi jihatidan Janubiy Amerika platformasiga qarashli sinklizaning katta qismi hisoblanadi. Pastekislik Braziliya yassi tog‘ligi, And tog‘lari va Pampa Serralarida yemirilgan tog‘ jinslarini daryo suvlari yordamida oqizib kelib yotqizishi tufayli hosil bo‘lgan. Keltirilgan kontinental yotqiziqlarning qalinligi Pampada ming metrdan, boshqa qismlarda bir necha ming metrgacha boradi. Pampaning janubi- sharqiy qismida qoldiqli tog‘ massivlari – Pampa Serralari joylashgan bo‘lib, ular Buenos-AyresSerralarideb ham ataladi.
Kordil’erabo‘yivaPampaSerralari. Argentinaning shimoli-g‘arbiy qismida balandligi 2000 m dan 6000 m gacha ko‘tarilgan Kordil’erabo‘yi tog‘lari va Pampa Serralari platformaning chekka qismida neogendagi vertikal harakatlar natijasida vujudga kelgan. Ularning hosil bo‘lishida And geosinklinal zonasida sodir bo‘lgan al’p burmalanishining roli katta. Tog‘ tizmalari oralig‘ida kontinental yotqiziqlar bilan to‘lgan cho‘kmalar mavjud. Pampa Serralari va Kordil’erabo‘yi deb ataluvchi bu tog‘larning bir qismi And tizimi tarkibiga kiritiladi.