Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə79/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Nazorat savollari:


  1. Janubiy Amerika materigi tuproqlarining xilma-xilligi va hududiy geografik tarqalishi qanday omillar bilan bevosita bog‘liq.

  2. Janubiy Amerikaning katta qismi flora majmuasiga boy bo‘lishining sababi nimada?

  3. Materikning hayvonot dunyosi qaysi zoogeografik oblastga mansub?

  4. Materikda qanday tabiat mintaqalari va milliy bog’lari tarqalgan?
    1. JANUBIY AMERIKA MATERIGINI TABIIY GEOGRAFIK RAYONLASHTIRISH





      1. SHARQ TABIIY GEOGRAFIK RAYONI



Tayanch so’z va iboralar: Sharq TGR, mustaqil orotektonik struktura, Lyanos Orinoko, Past Lyanos, Baland Lyanos, varzea, igapo, monte.

Janubiy Amerikaning orografik tuzilishi Shimoliy Amerikaga o‘xshash bo‘lib, uning g‘arbiy Tinch okean sohili meridian bo‘ylab cho‘zilgan And tog‘i tizimi bilan band. Materikning sharqiy katta qismi keng maydonlarni egallagan, mustaqil orotektonik strukturaga ega bo‘lgan pastekisliklardan va yassi tog‘liklardan iborat. Landshaft majmualari And tog‘ tizimida kenglik va balandlik bo‘ylab o‘zgarib borsa, pastekisliklarda va yassi tog‘liklarda kenglik hamda qisman meridianal yo‘nalishda o‘zgarib boradi. Shuning uchun Janubiy Amerika orotektonik tuzilishi va landshaft majmualarining zonal hamda vertikal differensiasiyalanishiga ko‘ra ikkita yirik qismga – pastekislik va yassi tog‘lik tabiiy geografik o‘lkalardan tarkib topgan sharqiy qismga yoki Andiz Sharqqa va baland zonal tog‘li tabiiy geografik o‘lkalardan tarkib topgan g‘arbiy qismga yoki Andli G‘arbga bo‘linadi. Janubiy Amerikaning sharqiy qismi yer yuzasining morfologik tuzilishi, orotektonik xususiyatlari hamda yirik landshaft majmualarining ichki va tashki farqlariga ko‘ra bir necha pastekislik va yassi tog‘lik tabiiy geografik o‘lkalariga bo‘linadi. Bular shimoldan janubga tomon quyidagilarni tashkil etadi: Lyanos Orinoko pastekisligi, Gviana yassi tog‘ligi va pastekisligi, Amazonka pastekisligi, Braziliya yassi tog‘ligi, Markaziy (Ichki) tekisliklar, Kordil’era oldi va Pampa Serralari hamda Patagoniya yassi tog‘ligi.



Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin