Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə87/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Patagoniya. Patagoniya Janubiy Amerikaning eng qurg‘oqchil tabiiy geografik o‘lkalaridan biri bo‘lib, materikning janubi-sharqiy qismida joylashgan. Uning shimoliy hududi Rio-Kolorado va Rio-Negro daryolari vodiylaridan boshlanib, janubda Olovli Yergacha davom etadi. G‘arbda Patagoniya yassi tog‘ligi And tog‘laridan bo‘ylama tektonik botiq orqali ajralib turadi. Sharqda tik yonbag‘ir hosil qilib Atlantika okeani sohili bilan tutashadi. Patagoniya shimoldan janubga tomon 500 m dan 150 km gacha torayib boradi.
Patagoniya yassi tog‘ligining zamini kembriydan oldin va paleozoyda hosil bo‘lgan, gertsinda burmalangan qadimgi kristall jinslardan tarkib topgan platformadan iborat. Platformaning kristalli va metamorfik jinslari Rio-Kolorado daryosi bo‘ylab, Rio-Negro va Chubut, Rio-Deseado va Rio-Chiko daryolari oraliqlarida yer yuzasiga chiqib qolgan. Platformaning asosiy katta qismi gorizontal joylashgan bo‘r, neogen davrlarining yotqiziqlari, to‘rtlamchi davrning morena yotqiziqlari bilan qoplangan.
Yassi tog‘likning yer yuzasi kuchli tekislangan bo‘lib, Atlantika okeani sohilidan shimoli-g‘arbga tomon zinapoyasimon balandlashib boradi. Jumladan, Atlantika okeani sohillarida o‘rtacha balandlik 100-200 m ni, yassi tog‘lik markazida 400-500 m ni, And tog‘lari yaqinida 800-1000 m ni hamda Rio-Negro va Chubut daryolari oralig‘ida 1700-2000 m ni tashkil etadi. Sohil bo‘ylab 8 ta dengiz terrassalari hosil bo‘lgan. O‘lka hududa faqat morfologik jihatdan emas, balki tabiiy geografik jihatdan ham bir-biridan farq qiladigan bir necha tarkibiy qisimlarga – baland ko‘tarilgan yassi platolarga, massivlarga, qiya yonbag‘irli qirlarga bo‘lingan. Yassi tog‘likning shimoliy qismi chuqur kanyonlar bilan, janubiy qismi soyliklar bilan kesilgan.
Patagoniya yassi tog‘ligining iqlimi nihoyat darajada quruq. Bu yerda mo‘tadil mintaqaning chala cho‘l iqlim tipi hukmronlik qiladi. Iqlimning quruq bo‘lishiga birinchidan, Patagoniya yog‘inlarni faqat g‘arbiy shamollar yordamida oladi, ammo Tinch okeanidan keladigan nam havo massalarini And tog‘larining g‘arbiy yonbag‘irlari to‘sib qoladi. Namlikdan mahrum bo‘lgan havo massalari tog‘dan oshib o‘tib, fyon shamollari tarzida Patagoniyaga kirib kelib, kam miqdorda yog‘in beradi. Ikkinchidan, Patagoniya o‘lkasi sharq tomondan yil bo‘yi Folklend sovuq oqimi ta’sirida bo‘lib, Atlantika okeanidan nam havo massalari yetib kela olmaydi. Sovuq oqim o‘z navbatida yassi tog‘likdan atmosfera yog‘inlarining hosil bo‘lishiga salbiy ta’sir etib, yoz oylari haroratning yuqori ko‘tarilishiga imkon bermaydi.
Patagoniyada eng kam yog‘in tushadigan joylar Atlantika sohillari va yassi tog‘likning ichki hududlari hisoblanadi. Bu yerlarda yillik yog‘in miqdori 120-150 mm atrofida bo‘ladi. And tog‘ etaklari va unga yaqin joylarda yog‘in 300-400 mm gacha ko‘payadi. O‘lkaning eng janubiy qismida ham And tog‘laridagi ko‘ndalang vodiylar orqali nam havo massalarining kirib kelishi hisobiga yog‘in miqdori 400- 600 mm gacha ortadi. Maksimum yog‘in hamma joyda qish fasliga to‘g‘ri keladi.
Yoz oylari yassi tog‘likning shimolida issiq, janubida salqin. Shimolda Rio- Negro vodiysida yanvarning o‘rtacha harorati +200+220C ga, shimol-g‘arbda esa
+34°C gacha ko‘tariladi. Qish oylari juda salqin sovuq bo‘lganda harorat -30°-35°C gacha pasayadi. Iyulning o‘rtacha harorati shimolda +4° +5°C ni, janubda -5°C ni tashkil etadi.
Patagoniyaning quruq dasht va chala cho‘l iqlim sharoiti, qurg‘oqchilikni va kuchli shamollarning uzoq davom etishi daraxtli o‘simliklarni o‘sishiga to’sqinlik qiladi. Yog‘in miqdori ko‘p bo‘lgan And tog‘ etaklarida o‘rmonlar orollar tarzida uchraydi. O‘lkaning qolgan aksariyat qismida boshoqlilar, yostiqsimon va qattiq bargli butalar o‘sadi. Shimolning quruq dasht landshaftlarida kumushrang Argentina qo‘ng‘irboshi, yovvoyi suli, chalov va betagalarning bir necha turlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Yassi tog‘likning chala cho‘l landshaftlarida doimiy yashil kaktuslar, opunsiyalar, yer bag‘irlab o‘sadigan yostiq butalar uchraydi. Janubdagi tundra landshaftlarida mox va lishayniklar keng tarqalgan.
O‘lka hududida aholi punktlari juda kam uchraydi. Borlari ham shamollardan himoyalangan va suv bilan ta’minlangan Rio-Negro, Chubut, Rio-Desrada, Rio- Chiko daryolarining vodiylarida o‘rnashgan. Bu daryolar tranzit daryolar bo‘lib, o‘z suvini And tog‘laridagi qorlardan, muzliklardan va ko‘llardan oladi. Patagoniyaning quruq iqlim sharoitli qo‘ng‘ir, bo‘z va kashtan tuproqlarida sun’iy sug‘orishni qo‘llamasdan dehqonchilik qilish mumkin emas. Aholining asosiy qismi chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Kam o‘zlashtirilgan dasht va chala cho‘llarda lama, magellan iti, sassiqko‘zan, pampa mushugi va zirhrlilar yashaydi.



Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin