Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə93/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Olovli yer. O’lka materikning janubiy sohili yaqinida 530 va 55° j.k. lar oralig’ida joylashgan ko’plab katta-kichik orollardan iborat arxipelag hisoblanadi. Orollar materikdan va bir-birlaridan tor bo’g’izlar orqali ajralgan. Arxipelag geologik va geomorfologik jihatdan And tog’lari va Patagoniya platosining davomi. G’arbiy orollarning qirg’oqlari qoyali hamda fordlar chuqur o’yib yuborgan, sharqiy orollar qirg’oqlari esa tekis va kam parchalangan. Arxipelagning butun g’arbiy qismi balandligi 2400 m gacha bo’lgan tog’lar bilan band. Rel’efida qadimgi va hozirgi zamon muzliklari hosil qilgan shakllar katta rol o’ynaydi. Bular trog vodiylari, qo’y peshanalar va morena to’g’on ko’llaridan iborat. Muzliklar bo’lib yuborgan tog’ tizmalari okeandan tik ko’tarilib turadi, ularning yonbag’irlarini fordlar o’yib yuborgan. Chekka sharqiy qismidan tashqari Olovli Yerning iqlimi juda sernam, doim qattiq va nam janubi-g’arbiy shamollar ta’sirida bo’ladi. G’arbda yiliga 3000 mm gacha yog’in tushadi, yomg’ir ko’p yog’adi va yiliga 300-330 kun yomg’irli bo’ladi, sharqda esa yog’in miqdori keskin kamayadi.
Harorat butun yil bo’yi past va fasllarga qarab uncha ko’p o’zgarmaydi. Olovli Yer orolining iqlimi yozgi haroratiga ko’ra tundraga, qishki haroratiga ko’ra
subtropiklarga o’xshash. Olovli Yerning iqlim sharoiti muzliklarning rivojlanishi uchun qulay. G’arbda qor chegarasi 500 m balandlikda joylashgan va muzlar bevosita okeanga tutashib, aysberglarni hosil qiladi. Tog’ tizmalarini muz qoplagan va faqat baland cho’qqilargina muzdan holi bo’lib ko’tarilib turadi.
Arxipelagning tor okean g’arbiy sohilida doimiy yashil va barg to’kuvchi daraxtlardan tashkil topgan o’rmonlar rivojlangan. Janubiy buk, magnoliya gullilardan oq xushbo’y gullaydigan kanelo va ignabarglilar xarakterlidir. O’rmonlarning yuqorigi chegarasi qor chegarasiga to’g’ri keladi. Ayrim joylarda
500 m dan yuqorida, ba’zan dengiz bo’yida ham (sharqda) o’rmonlar siyrak subarktika tog’ o’tloqlari bilan almashinadi, bu o’tloqlarda gullaydigan o’simliklar va torfzorlar yo’q. Doim kuchli shamollar esib turadigan hududlarda siyrak va past bo’yli daraxtlar hamda butalar to’p-to’p bo’lib o’sadi.
Olovli Yer arxipelagi va Janubiy And tog’lari o’lkasining hayvonot dunyosi bir xil hamda juda o’ziga xosdir. Bu yerda guanako bilan birga havo rang tulki, tulkisimon it yoki magellan iti hamda turli xil kemiruvchilar yashaydi. Yer ostida yashaydigan endemik kemiruvchi tukotuko bu yer uchun xarakterli tur, qushlardan to’tilar, kolibrilar ko’p uchraydi.



Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin