OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
X.Vaxobov, A.A.Abdulqosimov, N.R.Alimkulov
MATERIKLAR VA OKEANLAR TABIIY GEOGRAFIYАSI
O’quv qo’llanma
TOSHKENT 2020
Taqrizchilar:
M.T.Mirakmalov - O’zMU “Tabiiy geografiya” kafedrasi mudiri, g.f.n., dotsent
I.X.Abdullaev – Nizomiy nomidagi TDPU “Geografiya va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti, g.f.n.
Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi: O’quv qo’llanma. X.Vaxobov, A.A.Abdulqosimov, N.R.Alimkulov / O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
– Toshkent. 2020. -425 bet
Ushbu o’quv qo’llanmada materiklar va okeanlarning umumiy tabiiy geografik xususiyatlarini tavsiflash, ularning geografik o’rni, chegaralari, o’rganilish tarixi, geologik tuzilishi, muzliklari, rel’efi, foydali qazilmalari, iqlimi va iqlim mintaqalari, ichki suvlari, tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosi, tabiat mintaqalari, antropogen landshaftlari va tabiatni muhofaza qilish tartibida berilgan. Umumiy tabiiy geografik tavsifdan keyin materiklarning regional tavsifi berilgan.
Okeanlarning tabiiy geografik tavsifi Dunyo okeani tabiatining asosiy xususiyatlari - okean tagining geologik tuzilishi va rel’efi, suvlari, okeandagi hayot, okean yuzasidagi va okean tagidagi geografik zonalar, okean tabiatini muhofaza qilishning asosiy muammolari tizimida yoritilgan.
O’quv qo’llanma 5110500-geografiya o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi talabalari va geografiya fani bilan qiziquvchilarga mo’ljallangan.
Dostları ilə paylaş: |