Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə102/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Mo‘tadil iqlim mintaqa. Materikning 60° sh.k bilan 40°sh.k. oralig‘idagi katta maydoni va eng kengaygan qismi mo‘tadil iqlim mintaqasida joylashgan. Uning shimoliy chegarasi arktika frontining qishki holatiga va janubiy chegarasi qutbiy frontning yozgi holatiga to‘g‘ri keladi. Mahalliy havo massalari arktika va tropik havo massalarining mintaqa ustida transformasiyalanishi natijasida vujudga keladi. Mo‘tadil mintaqada yil fasllari yaqqol ifodalangan. Qishi sovuqligi va subarktika iqlim mintaqasiga nisbatan iliqligi hamda uzoq, davom etishi bilan farq qiladi. Yanvarning o‘rtacha harorati mintaqaning shimolida -30°-25°S dan janubda
-5°S, 0°S gacha o‘zgaradi. Shu yo‘nalishda iyulning o‘rtacha harorati ham
+100+15°S dan +200+22°S gacha ko‘tariladi. Qishda qor va yozda yomg‘ir ko‘p yog‘adi. Mintaqaning g‘arbiy va sharqiy chekka qismlari uchun dengiz iqlimi, markaziy qismi uchun kontinental iqlim xarakterli.
Mintaqaning Tinch okean iqlim oblastiga Kordil’eraning g‘arbiy yonbag‘ri va dengiz sohillari kiradi. Qishi iliq va nam. Yanvarning o‘rtacha harorati shimolda - 5°C, janubda 0°C atrofida. Iyulning o‘rtacha harorati +10°S gacha ko‘tariladi. Yillik yog‘in miqdori Alyaska tizmasining yonbag‘rida 2000 mm dan Kaskad tog‘lari yonbag‘rida 4000 mm gacha yetadi.
Atlantika iqlim oblastiga Labradorning janubi-sharqi, Avliyo Lavrentiy qo‘ltig‘i sohillari, Yangi Shotlandiya yarim oroli va Appalachi tog‘larining shimoliy qismi qaraydi. Yanvarning o‘rtacha harorati Kvebekda -12°S ni, Bostonda -2°S ni tashkil etadi. Yozi bir oz salqin, iyulning o‘rtacha harorati Bostonda +22°S gacha boradi. Yog‘in fasllar bo‘yicha deyarli bir xil taqsimlangan, biroq, yomg‘ir yozda ko‘proq yog‘adi. Yillik yog‘in miqdori 1000 mm dan oshadi.
Kontinental iqlim oblasti mintaqaning katta maydonini egallagan. Uning tarkibiga Kanada tekisliklari, ichki tekisliklarning o‘rta va shimoliy qismlari kiradi. Yil davomida kontinental havo massalari hukmronlik qiladi. Qishda antisiklon rejimi tufayli harorat past bo‘ladi, -20°S dan -1°S gacha o‘zgarib turadi. Yozda harorat +15°S dan +26°S gacha ko‘tariladi. Yog‘in miqdori 250 mm dan 700-1000 mm gacha o‘zgaradi. Yog‘in shimoldan janubga va g‘arbdan sharqqa tomon ko‘payib boradi.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin