Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə104/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Subekvatorial iqlim mintaqa. Shimoliy Amerikaning eng janubi, Nikaraguadan Panama qo‘ltig‘igacha bo‘lgan ensiz qismi subekvatorial mintaqada joylashgan. Yozda janubi-g‘arbdan (Tinch okeanidan) ekvatorial musson harakat qilib, katta miqdorda yog‘in keltiradi. Qishda shimoli-sharqdan passatlar esib, tog‘larning sharqiy yonbag‘irlariga ko‘p miqdorda namlik beradi. Shuning uchun mintaqa hududida yil davomida yog‘in bo‘lib turadi. Atlantikadan keladigan iliq va nam havo hisobiga qishda ham harorat yuqori bo‘ladi va fasllar o‘rtasida farq deyarli sezilmaydi (Ilova, 13-rasm).

Nazorat savollari:


  1. Shimoliy Amerika materigi iqlimiga ta’sir etuvchi omillarni ayting?

  2. Shimoliy Amerika materigida qaysi iqlim mintaqalar shakllangan?

  3. Materikning shimolida qishda qaysi havo massalari hukmron bo‘ladi?

  4. Materikning mo‘tadil mintaqasida qanday iqlim oblastlari tarkib topgan?

5.5. SHIMOLIY AMERIKA MATERIGI ICHKI SUVLARI




Tayanch so’z va iboralar: gidrografik to‘r, berk havza, “Suvlar otasi”, yog’inlar, Rio-Grande, Kolorado, Missisipi, Potomak, Saskuixanna, Delaver, Gudzon, Avliyo Lavrentiy.

Shimoliy Amerika ichki suvlarining xarakterli xususiyatlari: daryo va ko‘l havzalarining maydoni, makondagi geografik taqsimlanishi, sersuvligi, gidrologik rejimi, xalq xo‘jaligidagi ahamiyati bevosita uning relyef va iqlim sharoiti bilan belgilanadi. Atmosfera yog‘inlari ko‘p tushadigan dengiz va musson iqlimli joylarda daryolar tizimi va gidrografik to‘r yaxshi rivojlangan, yil davomida sersuv va to‘lib oqadi, yer osti suvlari yaxshi to‘yingan va yer yuzasiga yaqin yotadi, yoysimon cho‘kmalar qor va yomg‘ir suvlari bilan to‘lgan. Yog‘inlar kam yog‘adigan kontinental iqlimli yerlarda aksincha, daryolar siyrak, gidrografik to‘r kam rivojlangan, daryolarning sersuvligi ahyon-ahyonda kuzatiladi, yer osti suvlari yer yuzasidan chuqurda yotadi, botiqlar suvsiz, kontinental rejim hukmronlik qiladi.



Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin