Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə115/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Nazorat savollari:


  1. Shimoliy Amerika materigida qanday tabiat zonalari tarkib topgan?

  2. Shimoliy Amerika materigi o’simliklari tarqalishida o’ziga xoslik nimada?

  3. Materik tabiatini muhofaza qilish qanday amalga oshirilgan?

  4. Materikda alohida muhofaza qilinadigan hududlar haqida ma’lumot bering?



    1. MATERIKNI TABIIY GEOGRAFIK RAYONLASHTIRISH


Shimoliy Amerika shimoldan janubga tomon shimoliy yarim shardagi deyarli barcha kenglik zonalar bo‘ylab cho‘zilgan bo‘lib, uning hududida ekvatorial landshaft tipidan boshqa barcha zonal landshaft tiplari mujassamlashgan. Xilma-xil landshaftlarning vujudga kelishida materikning orografik tuzilishi, ayniqsa Kordil’era tog‘ tizmasining Tinch okeani havzasiga nisbatan, tekislik, plato va o‘rtacha balandlikdagi tog‘larning Atlantika va Shimoliy Muz okeanlari havzalariga nisbatan geografik joylanishi va shu omillar ta’sirida vujudga kelgan iqlimiy sharoitlar bilan bevosita bog‘liq.


Materik tabiatidagi yaqqol ko‘zga tashlanadigan eng katta farqlarning mavjudligiga uning g‘arbiy baland tog‘li qismini harakatchan geosinklinal sharoitda rivojlanganligi va sharqiy tekislik hamda platoli qismi kam harakat platformali sharoitda rivojlanganligi ham sababdir. Binobarin, tekislik va platoli sharq gorizontal zonallik bilan xarakterlansa, tog‘lik g‘arb murakkab gorizontal zonallik va vertikal mintaqalikning hamohang ko‘rinishidagi shakli bilan xarakterlanadi.
Materikda ikkita katta qism: Sharq va G‘arb yoki Kordil’era tog‘lari ajratiladi. Bu yirik tabiiy geografik o‘lkalarning har qaysi qismida kenglik, zonallik, balandlik mintaqalanishi, okean havzalarining ta’siri, relyef va iqlimning o‘zaro aloqadorligi o‘ziga xos ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Bu farqlar Sharqni va G‘arbni bir necha tabiiy geografik o’lkalarga bo‘lishga imkon beradi.
Materikning tropik kengliklarda joylashgan, tropik va subekvatorial tabiiy geografik sharoitga, tropiklarga xos nam va kserofit o‘rmon, tog‘ o‘rmon, siyrak o‘rmon, chala cho‘l va savanna landshaft tiplariga ega bo‘lgan janubiy kambar qismi Markaziy Amerika tabiiy geografik o‘lkasini tashkil etadi. Markaziy Amerika o‘lkasi Shimoliy va Janubiy Amerikani o‘zaro bog‘lovchi zona bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘pchilik mualliflar Markaziy Amerikani Vest-Indiya orolllari bilan birga yagona tabiiy geografik o‘lka deb qaraydilar.
Materikning Arktika orollari va ularni ajratib turuvchi suv havzalari Arktika va Subarktikaning Amerika sektori sifatida ajratiladi. Markaziy Amerika alohida subkontinent hisoblanadi.



      1. Yüklə 53,54 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin