Qirgoq pastekisliklari. Qirg‘oq subtropik pastekisliklar o‘lkasi materikning janubi-sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, uning morfologik strukturasi Meksikabo‘yi, Quyi Missisipi, Atlantikabo‘yi pastekisliklaridan va Florida yarim orolidan tashkil topgan. O‘lkaning xarakterli xususiyatlari – yer usti tuzilishining nihoyatda tekisligi, iqlimining nam subtropikligi va bu xususiyatlari tuproq, o‘simlik qoplamida hamda hayvonot olamida o‘z aksini topganligidir.
Qirg‘oq pastekisliklari paleozoyda burmalangan va keyinchalik tektonik harakatlar natijasida cho‘kkan tog‘ tizmalari o‘rnida hosil bo‘lgan. Appalachi va Uoshito tog‘lari ana shu cho‘kkan tog‘larning (gertsinidlarning) bir qismi hisoblanadi. Yuzalarning cho‘kishi va yotqiziqlarning to‘planishi bo‘r davridan boshlanib neogenga qadar davom etgan. Meksika qo‘ltig‘i va Atlantika okeani qirg‘oqlarini o‘rab turgan pastekisliklar qalin qatlamli paleozoy, mezozoy va kaynozoy yotqiziqlari bilan to‘lgan. Yotqiziqlar asosan gorizontal ravishda yoki nishab bo‘lib joylashgan. Qatlamlar bo‘ylab keng tarqalgan gillar tarkibida neft, gaz va tuz bo‘lgan ohaktoshlar qumtoshlar bilan almashinadi. Quyi Missisipi pastekisligi juda katta qalinlikdagi allyuvial yotqiziqlar bilan to‘ldirilgan cho‘kmada hosil bo‘lgan. Florida yarim orolining yuza qismi fosforitlarga boy bo‘lgan uchlamchi davr ohaktoshlaridan tarkib topgan.
Qirg‘oq pastekisliklarining relyefi tekis, okeandan quruqlik tomon zinapoyalar hosil qilib ko‘tarilib boradi. Zinapoyalar quruqlikning asta-sekin ko‘tarilishi tufayli vujudga kelgan. Ular, terrasaga o‘xshash relyef shakllarini eslatadi. Pastekisliklarning qirg‘oq chiziqlari Meksika qo‘ltig‘ida va Chepasik qo‘ltig‘i atrofida daryo estuariylari va ko‘rfazlar bilan kesilgan. Qum tillari, limanlar va lagunalar keng tarqalgan. Butun sohil bo‘ylab qumli plyajlar juda ko‘p. Subtropik
o‘lka hududi tabiiy geografik jihatdan uch qismga bo‘linadi: Atlantikabo‘yipastekisliklari,Meksikabo‘yipastekisliklari vaFlorida yarimoroli. Atlantikabo‘yi pastekisligi.Bu pastekislik shimolda Nyu-Yorkdan boshlanib, janubda Florida yarim oroligacha davom etadi. G‘arbda Pidmont platosi va sharqda Atlantika okeani bilan chegaralangan. Janubi-g‘arbda Meksikabo‘yi pastekisligi bilan tutashib ketgan. Kengligi shimolda 30 km dan janubda 350 km gacha, balandligi 100 m gacha boradi. Pastekislikning poydevori bo‘lgan paleozoy kristall jinslari qalinligi 1000 m gacha boradigan ohaktosh, qumtosh, qum va gil yotqiziqlari bilan qoplangan. Sohilning past dengiz terrasalari daryolarning keng botqoqli qayirlari bilan kesilgan. Golfstrim iliq oqimi qirg‘oq yaqinidan oqib o‘tib, pastekislikning iqlimiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Iqlimi subtropik, okean iqlimi. Qishi iliq, yomg‘irli. Yanvarning o‘rtacha harorati shimolda 0° C dan janubda +20°S gacha ko‘tariladi. Yozi issiq, va sernam. Iyulning o‘rtacha harorati 220-28°S ni tashkil etadi. Yillik yog‘in miqdori 1000-1400 mm atrofida. Tuproq qoplami qizil, sariq allyuvial-chimli va botqoq tuproqdardan tarkib topgan. Subtropik o‘rmonlarda xilma-xil qarag‘aylar va emanlar ko‘p o‘sadi. Botqoq yerlarda tis va sarv daraxtlari keng tarqalgan.
Meksikabo‘yipastekisligi.Materikning Meksika qirg‘oqlari yaqinidagi pastekislik hududlarini o‘z ichiga olgan bu pastekislik shimolda Markaziy tekislik, Appalachi va Uoshito tog‘lari, shimoli-g‘arbda Buyuk tekisliklar platosi bilan chegaralanadi va janubda Meksika qo‘ltig‘i bilan yuvilib turadi. Uning hududi qalinligi 6000-10000 m keladigan, neft va gaz konlariga boy qum, gil va boshqa yotqiziqlardan tashkil topgan. Yer yuzasi janubdan shimol tomon dengiz sathidan 150 m gacha ko‘tarilib boradi, ko‘plab mayda va yirik daryo vodiylari bilan kesilgan. Relyefining xarakteriga ko‘ra uchta geomorfologik tipga: yassi to‘lqinsimon dengiz terrasalari, uncha baland bo‘lmagan kuesta tizmali qiya tekisliklar va Missisipining yassi allyuvial pastekisliklariga bo‘linadi.
Meksikabo‘yi pastekisligining katta qismi uchun subtropik iqlim va janubi- g‘arbiy qismi uchun tropik iqlim xarakterli. Yanvarning o‘rtacha harorati shimolda
+4°+8°S. Iyulning o‘rtacha harorati +26°+28°S. Yillik yog‘in miqdori g‘arbda 600- 800 mm va sharqda 1200-1500 mm. Pastekislik hududidan Missisipi, Alabama, Kolorado, Brazos, Rio-Grande va boshqa daryolar oqib o‘tadi va o‘z suvini Mekiska qo‘ltig‘iga qo‘yadi.
Pastekislikda unumdor tuproqlar keng tarqalgan. Qumoq terrasalarda qizil va sariq tuproqlar, ohaktoshli tekisliklarda chimli-korbonatli tuproqlar va daryo qayirlarida chimli-allyuvial tuproqlar yaxshi rivojlangan. Nishabligi kam bo‘lgan joylarda botqoq tuproqlar katta maydonni egallagan. O‘rmonlar nisbatan yaxshi saqlangan, uning 35 % hududi o‘rmonlar bilan band. Qumoq yerlarda qarag‘aylar, doimiy yashil emanlar, magnoliyalar, voskovniklardan tarkib topgan. Daryo qayirlarida terak va shamshod daraxtlari o‘sadi. Sohillarda mangra o‘rmonlari mavjud. Meksikabo‘yi pasttekiligining unumdor tuproqlari qishloq xo‘jaligida keng foydalaniladi. Ayniqsa Missisipi vodiysida paxta, Meksika sohillarida shakarqamish va katta maydonlarda subtropik sitrusli mevalar yetishtirish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Florida yarim oroli.Florida materikning janubi-sharqiy qismida joylashgan va yassi tekislik relyef shakliga ega bo‘lgan yarim oroldir. U 1513 yilda ispaniyalik Ponse de Leon tomonidan kashf etilgan. Yer yuzasi dengiz sathidan 100 m gacha baland ko‘tarilgan, maydoni 115 ming km2. Florida hududi paleogen-neogen davrlarining ohaktoshlaridan, qisman dengiz va daryolarning mayin yotqiziqlaridan tarkib topgan. Ohaktoshli qatlamlarda karst jarayoni kuchli rivojlangan. Yer ostida g‘orlarning, buloqlarning, daryolarning va ko‘llarning keng tarqalishi ohaktoshlar bilan uzviy bog‘liq.
Yarim orolning iqlimi tipik okean iqlimi bo‘lib, uning shimoliy qismi nam subtropik va janubiy qismi tropik iqlim tipiga qaraydi. Qish oylari quyoshli va iliq bo‘ladi. Yanvarning o‘rtacha harorati shimolda +14°S dan janubda +21°S gacha ko‘tariladi. Yoz oylari sernam va iliq bo’ladi. Iyulning o‘rtacha harorati shimolda
+270+28°S atrofida bo‘ladi. Yillik yog‘in miqdori 1200-1400 mm. Daryolari juda qisqa, lekin sersuv. Hatto Sent-Djons daryosida kemalar bemalol qatnay oladi, ko‘llarga juda boy, eng kattasi Okichobi ko‘lidir. Botqoq landshaftlar keng tarqalgan. Floridaning janubiy qismigacha botqoqlangan yerlarda Evergleyds milliy bog‘i tashkil etilgan. O‘rmonlarda qarag‘aylar, magnoliyalar, palmalar, shamshod daraxtlari o‘sadi.