Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə135/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Materik muzliklari. To’rtlamchi davr tarixining muhim voqealaridan biri materik muzliklaridir. Muzlik nazariyasining rivojlanishiga va muzlik davrini o’rganishga P.A.Kropotkin, S.N.Nikitin, G.F.Mirchink, K.K.Markov, N.N.Sokolov va boshqalar katta hissa qo’shdilar. Olimlarning fikriga ko’ra Yevrosiyoning shimoliy qismini to’rt marta materik muzligi bosgan. Bular Oka (Lixvin), Dnepr (Riss), Moskva va Valday (Vyurm) muzliklaridir. Ayrim olimlar Moskva muzligini Dnepr muzligining bosqichi deb qaraydilar. Muzlik davrlari uzoq davom etgan va iliq iqlimli muzliklararo davrlari bilan almashinib turgan. Muhim materik muzliklari Yevrosiyoniig Yevropa qismida shakllangan.
Materik muzliklari orasida eng kattasi va eng qalini Dnepr muzligi bo’lib, uning janubiy chegarasi Sharqiy Yevropa tekisligi bo’ylab 48° sh.k. gacha bostirib kelgan. Bu muzlikning asosiy markazi bo’lgan Fenoskandiyada muz qalqonining qalinligi 3000 m gacha yetgan. Dnepr muzligi butun Fenoskandiyani, Boltiq va Shimoliy dengizlarning cho’kmalarini, O’rta Yevropa tekisligini qoplab olgan. Materik muzligining ikkinchi markazi Qutb Urali va Novaya Zemlya orolida vujudga kelgan. Eng kichik markazi Taymir yarim orolida yuz bergan qadimgi materik muzligi bo’lgan. Undan sharq tomonda O’rta Sibir yassi tog’ligining shimoli-g’arbida, shimoli-sharqiy Sibirda va Chukotkada materik muzliklari orollar shaklida tog’ muzliklari xarakterida bo’lgan. G’arbiy Sibirda materik muzligining janubiy chegarasi 60°sh.k. dan janubgacha davom etgan. Eng oxirgi Valday (vyurm) muzligining qalinligi markazda 2000 m atrofida bo’lib, u O’rta va Shimoliy Yevropa hududlarini nisbatan yaqin vaqtlarda, ya’ni bundan 8-10 ming yil oldin tark etgan. Mahalliy tog’ muzliklarining markazlari Al’p, Pireney, Kavkaz, Karpat, Tyanshan, Pomir, Oltoy, Hinduqush, Himolay va materikning boshqa tog’ tizimlarida shakllangan va ular besh martagacha takrorlangan.
Materik muzliklari Yevrosiyoning shimoliy qismining rel’efiga kuchli ta’sir ko’rsatgan. Ayniqsa, so’nggi Valday muzligining izlari hozirga qadar yaxshi saqlangan. Muzliklar Fenoskandiya va Qutb Urali tog’laridan surilib tushayotganida tog’ jinslarining yuzasini silliqlagan, parchalangan toshlarni janub tomonga olib ketgan. Muz erib ketganidan keyin Sharqiy Yevropa tekisligining va Osiyoning
shimoliy qismlarida ko’plab morena yotqiziqlarini, keng maydonlarda qumlarni va lyossimon jinslarni qoldirib ketgan. Morenalar baland tepaliklarni, uzoq masofaga cho’zilgan gryadalarni hosil qilgan. Ularning orasida pastliklar va uncha chuqur bo’lmagan ko’llar hosil bo’lgan. Bunday turdagi rel’ef shakllari morenali rel’ef deyiladi. Materik muzliklari tufayli hosil bo’lgan morenali rel’ef shakllari, son- sanoqsiz morena va muz-tektonik ko’llar Yevrosiyoning shimoliy hududlarining tabiatiga rang-barang manzara baxsh etadi hamda bu hududlarning landshaft strukturasini yanada ham murakkab tuzilishiga ta’sir ko’rsatadi.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin