Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə142/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Tog’oralig’i botiqlari. Yevrosiyo materigida kelib chiqishi va rivojlanishi burmalanish jarayonlari bilan uzviy bog’liq bo’lgan yirik tog’ oralig’i botiqlari tog’li o’lkalarda keng tarqalgan. Ayniqsa bu tipdagi rel’ef shakllari paleozoy va kaynozoy burmalanish zonalarida ko’p uchraydi. Yevropaning talaygina hududi yirik tog’oralig’i botiqlari bilan band. Bular Pireney yarim orolidagi Aragon na Andalusiya botiqlari, Apennin yarim orolidagi Padan botig’i, G’arbiy Yevropadagi Akvitaniya botig’i, Markaziy va O’rta Yevropadagi Parij, O’rta Dunay, Sandomej, Transilvaniya, Frakiya tog’oralig’i botiqlaridir. Materikning Osiyo qismida yirik tog’oralig’i botiqlari asosan Kavkaz, O’rta Osiyo, Janubiy Sibir va Markaziy Osiyo tog’li o’lkalarida keng tarqalgan. Bu o’lkalardagi botiqlarning yer yuzasini o’rtacha dengiz sathidan balandigi 300-600 m dan 3500-4200 m gacha yetadi. Eng baland tog’oralig’i botiqlari Pomirda va Baland Osiyoda joylashgan.
Al’p burmalanish zonasida vujudga kelgan Kavkaz tog’li o’lkasida Kolxida, Kura va O’rta Araks tog’oralig’i botiqlari mavjud. O’rta Osiyo tog’li o’lkasining katta maydoni Farg’ona, Zarafshon, G’arbiy Tojikiston, Oloy, Issiqko’l, Talas, Chuv, Ili, Zaysan va boshqa yirik tog’oralig’i botiqlari bilan band. Janubiy Sibir tog’li o’lkasida uncha baland bo’lmagan Kuznesk, Minusinsk, Yenisey-Chulim, Tuva, Barguzin kabi tog’oralig’i botiqlari ko’pchilikni tashkil etadi. Uzoq Sharqdagi Yuqori Zeya, Zeya-Bureya, O’rta Amur, Sayfun-Xanka botiqlari bir necha tog’ tizmalarini bir-biridan ajratib turadi. Markaziy Osiyoda ham turli xil gipsometrik balandliklarda vujudga kelgan yirik tog’oralig’i botiqlari nihoyatda ko’p. Bu o’lkadagi yer yuzasi dengiz sathidan -154 m past bo’lgan To’rfon cho’kmasi, juda katta maydonni egallab yotgan Tarim botig’i, balandligi 2700-3000 m atrofida bo’lgan Kunlun tog’ tizimidagi Saydam botig’i, Sharqiy Xitoydagi Sichuan botig’i, G’arbiy Mongoliyadagi Katta ko’llar botig’i va boshqalar Yevrosiyo materigining rel’ef tuzilishini murakkablashtirishda alohida o’rin tutadi (Ilova, 15-rasm).

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin