Oliy va o’rta maxsus ta’lim


Sharqiy Yevropa tekisligi



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə167/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Sharqiy Yevropa tekisligi. Sharqiy Yevropa tekisligi dunyodagi eng yirik tekisliklardan biri, shimoldan janubga Shimoliy Muz okeanidan (690 sh.k.) Qora va Kaspiy dengizlargacha (400 sh.k.), g’arbdan sharqga esa Karpat tog’laridan Ural tog’larigacha bo’lgan keng maydonni egallaydi. O’rtacha balandligi 170 m, eng baland qismlari tekislikning janubiy va shimoliy qismlarida joylashgan, mutloq balandligi 384-525 m gacha yetadi. Kengliklar bo’ylab joylashgan Belarussiya- Smolensk, Moskva-Klin-Dmitrov-Shimoliy uval balandliklari, Sharqiy Yevropa shimoliy va janubiy qismlarga ajraladi. Shimoliy qismi Shimoliy Muz okeani havzasiga, janubiy qismi Qora va Kaspiy dengizi havzasiga qaraydi. Shimoliy qismining rel’efi tektonik harakatlar to’rtlamchi davr materik muzliklari va dengiz transgressiyalari ta’sirida shakllangan. Shuning uchun bu yerda to’lqinsimon balandliklar, morena qirlari keng tarqalgan. Tekislik janubiy qismining rel’efi esa asosan tektonik harakatlar va energiya ta’sirida shakllangan. Bu yerning asosiy rel’ef shakllari meridian yo’nalishidagi Podol, Dneprbo’yi, O’rtarus, Volgabo’yi, Umumiy sirt tepaliklari va ular oralig’ida joylashgan Dneprbo’yi, Don va Kaspiybo’yi pastekisliklaridan iborat. Sharqiy Yevropa tekisligida tuproq- o’simliklarning tarqalishida gorizontal zonallik aniq aks etgan. Shimoldan janubga tomon tekislikda tundra, o’rmon, o’rmon-dasht, dasht, cho’l va chala cho’l tabiat zonalari ajratiladi.
Sharqiy Yevropa tekisligining rel’efi uning geologik tuzilishi bilan bog’liq. Tekislik Sharqiy Yevropa metamorfiklashgan arxey-proterozoy yotqiziqlaridan iborat. Platforma qolqonlari va antiklizalar rel’ef balandliklar sifatida, sinklizalar esa pastekisliklar va tekisliklar sifatida aks etgan. To’rtlamchi davrda shimoliy yarim sharda ro’y bergan iqlimiy o’zgarishlar natijasida Sharqiy Yevropa tekisligining katta qismini bir necha bor materik muzliklari qoplagan. Bu albatta tekislikdagi fauna va floraning migrasiyasiga, rel’ef shakllariga, cho’kindi tog’ jinslarining tarkibga katta ta’sir ko’rsatgan. Sharqiy Yevropa tekisligi 400 va 690 sh.k. oralig’ida joylashgan, natijada bu yerga tushadigan Quyosh radiasiyaning miqdori shimolda va janubda bir-biridan katta farq qiladi. Eng ko’p yog’in tekislikning g’arbiy qismida 600-650 mm, shimoliy va janubiy qismlarida 200-400 mm ni tashkil etadi. Sharqiy Yevropa daryolari Mozen, Onega, Shimoliy Dvineya, Legara Shimoliy Muz okeani havzasiga, Neva, G’arbiy Dvina Atlantika okeanining Boltiq dengiziga, Dnepr, Janubiy Bug, Dnestr daryolari Qora dengizga, Don esa Azov dengiziga quyiladi.
O’lkada bir qator yaqqol ko’zga tashlanuvchi tabiat zonalari uchraydi. Tundraning janubiy chekkasida o’rmon zonasiga o’tkinchi qismida o’rmon tundra tabiat zonasi joylashgan, u past bo’yli o’suvchi oq qayin, qarag’ayli siyrak o’rmon va butazorlardan iborat. Sharqiy Yevropa tekisligi podzol tuproqlarida igna bargli va aralash o’rmonlar zonasi eng katta maydonni egallagan. Igna bargli o’rmonlarda asosan yel, qarag’ay, sibir pixtasi, tilyog’och, kedr daraxtlari o’rmon hosil qiluvchi daraxtlar, aralash o’rmonlar zonasida dub va yel daraxtlari o’sadi. Qarag’ay, pixta, osina, lipa, oq qayin, chrab, vez, zarang, yasen daraxtlari bilan birgalikda dub va yel o’rmon hosil qiluvi o’simliklar tarqalgan. O’rmon dasht zonasida o’rmonlar va dashtlar bir birini ichiga kirib borgan bo’lib, o’rmonlarida dub, zarak, iqlimi yumshoqroq joylarda buk, dashtlarida esa proleska, betaga va boshqa boshoqli o’simliklar keng tarqalgan va o’simliklarning eng ko’p turlari tarqalgan zonalardan biri hisoblanadi. Dasht zonasi boshqa tabiat zonalaridan katta tekis maydonlarni egallaganligi har joy har joyda sho’rxokliklar, botqoqli o’tloqzorlar uchratilishi bilan ajralib turadi. Chalacho’l zonasi Volga, Sulak daryosining quyi oqimi atrofidagi maydonlarni egallab ko’p joylari och kashtan tuproqlari bilan qoplangan. Chalacho’l zonasida ko’plab sho’r ko’llarni, sho’rxok, sho’rtob joylar uchratiladi. Zonaning shimoliy qismida shuvoq va boshoqli o’simliklar, janubida esa shuvoq va sho’ra ko’p. O’lka hayvonot dunyosi to’rtlamchi davrning ikkinchi yarmida materik muzliklari chekingandan so’ng shakllangan bo’lib, g’arbiy va sharqiy zoogeografik oblastlarning vakillari mavjud. Shimoldan janubga tomon tundra zonasida shimoliy bug’u, oq ayiq, bo’ri, qutb tulkisi, qora nazarka, tundra oq qushi, pushti rang chayka, oq kaklik, los, shimoliy bug’u, ayiq, bo’ri, daryo bo’ylarida qunduz, burunduq, oq quyonni uchratish mumkin.
Sharqiy Yevropa tekisligi ham qadimdan inson tomonidan o’zlashtirilgan bo’lib, uning tabiiy landshaftlari o’zgartirib yuborilgan. Tabiiy landshaftlarni saqlab qolish maqsadida bir qator qo’riqxonalar, jumladan, Kandalaksha, Darvin, Voronej, Belovej, Askaniya-Nova, Astraxan, Xojer va boshqa qo’riqxonalar tashkil etilgan.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin