Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə184/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Mesopotamiya. Mesopotamiya Dajla va Frot daryolari oralig’ida joylashgan va allyuvial pastekislikdan tashkil topgan o’lka. Uning nomi ham "ikki daryo oralig’i" degan ma’noni bildiradi. Mesopotamiyaning katta qismi Iroqqa, shimoli- g’arbiy qismi Suriyaga va janubi-sharqiy qismi Eronga qaraydi. Uning tabiatining shakllanishi shimolida qurg’oqchil subtropik iqlim, janubida tropik cho’l iqlimi, yassi tekis rel’ef va ikki buyuk daryo yetakchi rol o’ynaydi. Mesopotamiya pastekisligi Arabiston platformasi kristall massivi bilan Al’p burmali zonasi oralig’idagi bukilmada joylashgan. Bukilma Fors qo’ltig’ining dengiz cho’kindilari, tog’lardan keltirilgan nuragan toshlar, Dajla va Frot daryolarining allyuvial yotqiziqlari bilan to’lgan. Rel’efida gipsometrik jihatdan aniq ifodalangan va bir- biridan farq qiluvchi ikki xil zinapoya yuza ajralib turadi. Birinchi, Mesopotamiyaning Armaniston tog’ligi va Suriya cho’li platosiga yaqin joylashgan shimoli-sharqiy qismining yuzasi daryo vodiylari bilai parchalangan sertepa baland tekislik hisoblanadi. O’rtacha balandligi 200-400 m, ayrim joylarining balandligi 1000 m ga yetadigan qirlar kesib o’tgan. Ikkinchi, Mesopotamiyaning janubi- sharqiy yassi allyuvial pastekislik qismi bo’lib, uning balandligi 100 m ga ham yetmaydi. Bu pastekislik Fors qo’ltig’ida yirik del’ta bilan tugaydi. Mesopotamiya o’lkai neft konlariga nihoyatda boy. Neftli qatlamlar mezozoyning va paleogenning dengiz yotqiziqlarida hosil bo’lgan. Neft qazib olinadigan hududlar Yuqori Mesopotamiyaning Mosul va Kirchuk shaharlari atrofida, Quyi Mesopotamiyaning Basra, Xuziston shaharlari yaqinida joylashgan.
Yozda Mesopotamiya hududini tropik havo massasi qamrab oladi. Qishda o’lkaning shimoliy qismiga Atlantika okeanidan siklonlar kirib keladi, janubiga esa juda kam tarqaladi. Bu yerda deyarli yil bo’yi kontinental tropik havo hukmronlik qiladi. Shu boisdan o’lkaning shimolida uzoq davom etmasada, yomg’irli davr vujudga keladi, janubida esa bunday davr kuzatilmaydi. Binobarin, yog’in miqdori ham shu yo’nalishda o’zgarib boradi. Shimolda yillik yog’in miqdori 300 mm, balandliklarda 500-700 mm bo’lsa, janubga tomon 200-100 mm gacha kamayadi. Ayrim hududlarda 100 mm ga ham yetmaydi. Yozda harorat juda yuqori iyulning o’rtacha harorati +30°S dan oshadi, maksimum +55°S ga teng. Sovuq oyning o’rtacha harorati shimoldan janubga tomon +7°S dan +10°S gacha o’zgarib boradi. Shimoldan antisiklonlar kirib kelganda harorat -10°-160 S gacha pasayadi.
Mesopotamiya pastekisligini shimoli-g’arbdan janubi-sharqqa tomon ikkita daryo kesib o’tadi. Bular Dajla va Frot daryolari bo’lib, ular Al-Qurn shahri yaqinida uzunligi 195 km ga cho’zilgan va Fors qo’ltig’iga quyiladigan Shatt-ul-Arab daryosiga birlashadi. Uning maksimal suv sarfi 8000-10000 m3/sek ga, minimal suv sarfi 1000-1700 m3/sek ga teng. Daryoning har ikkala sohili xurmozorlar bilan band.
Daryo suvidan qishloq xo’jalik yerlarini sug’orishda keng foydalaniladi. Kemalarning qatnovi uchun juda qulay. Dajla daryosi Armaniston Tavri tog’lari yonbag’iridan oqib tushadi. Unga Katta va Kichik Zab, Diala kabi irmoqlar kelib qo’shiladi. Dajlaning uzunligi 1950 km, havzasining maydoni 375 ming km2, o’rtacha yillik suv sarfi Bog’dod yaqinida 1240 m3/sek. Frot daryosi ham Armaniston tog’ligidan boshlanadi. Uning uzunligi 3065 km, havzasining maydoni 674 ming km2, o’rtacha yillik suv sarfi Hit shahri yaqinida 840 m3/sek. Pastekislikni kesib o’tgan joylarda Frot o’zanining kengligi 150-500 m ga, chuqurligi 10 m ga yetadi. Ikkala daryo ham qor va yomg’ir suvlaridan to’yinadi. Mesopotamiyada mavjud bo’lgan barcha voha yerlari Dajla va Frot daryolari suvi bilan sug’oriladi.
Mesopotamiyaning katta qismi uchun cho’llarga va chala cho’llarga xos tuproqlar, o’simliklar xarakterli. Shimoliy qismida tarkibida 1% dan ham kam chirindi bo’lgan bo’z tuproqlar, janubida oddiy skeletli cho’l tuproqlari uchraydi. Toshloq va qumli cho’llarda tuproq-o’simlik qoplami rivojlanmagan. Pastqam joylarda taqirlar va sho’rxoqlar keng tarqalgan. Daryo vodiylarida hosildor allyuvial tuproqlar rivojlangan. O’simlik qoplami siyrak tarqalgan kserofitlardan iborat. Shimoliy qismida shuvoq, sho’ra va efemeroidlar, janubidagi tropik cho’llarda butalar va o’t o’simliklari o’sadi, efemeroidlar kam uchraydi. Balandlik yonbag’irlarida u yer bu yerda eman, yovvoyi pista va boshqa butalar ko’zga tashlanadi. Daryo vodiylarida Frot teragi, tol, yulg’un va qamishlar o’sadi. Janubiy hududlarda madaniy va yovvoyi finik palmalari keng tarqalgan. Cho’llarda kemiruvchilar, sudralib yuruvchilar ko’p uchraydi.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin