Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə198/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Nazorat savollari:


  1. Baland Osiyo tabiiy geografik rayoni tabiiy sharoiti va orografik xususiyatlariga tavsif bering?

  2. Hinduqush va Qoraqurum o’lkasi iqlimiy sharoitini tavsiflang?

  3. Tibet tog’ligi o’lkasi orografiyasi va gidrografiyasining o’ziga xos tomonlari nimada?

  4. Baland Osiyo tabiiy geografik rayoni tabiat mintaqalari geografiyasiga tavsif bering?



      1. SHARQIY OSIYO




Tayanch so’z va iboralar: tabiiy landshaft, antropogen landshaft, burmali tog’lar, palaxsali tog’lar, akkumulyativ tekisliklar, Tinch okean geosinklinal mintaqasi, allyuvial yotqiziqlar, musson yomg’irlari, agrolandshaft, mussonlar.

Sharqiy Osiyo Yevrosiyo materigining sharqiy chekka qismida, Tinch okean sohillarida joylashgan musson iqlimli tog’-tekislik tabiiy geografik o’lka. U shimolda Janubiy Uzoq Sharq o’lkasidan boshlanib, janubda Janubiy Xitoy past burmali tog’lari bilan tugallanadi. Sharqda Tinch okeanning Yapon, Sariq, Sharqiy Xitoy va Janubiy Xitoy dengizlari bilan chegaralangan. G’arbda Katta Xinganning g’arbiy tog’ etaklari, Gobi cho’li, Inshan tizmasi, Sino-Tibetning sharqiy tog’ etaklari va Yunnan-Guychjou tog’ligining g’arbiy qismi bilan chegaradosh. O’lka tarkibiga Koreya yarim oroli, Yapon, Tayvan va Xaynan orollari ham kiradi. Sharqiy Osiyoda aholi eng zich joylashganligi tufayli tabiiy landshaftlar Osiyoning boshqa regionlariga nisbatan kuchli o’zlashtirilgan va ularning o’rnini antropogen landshaftlar egallagan.


Sharqiy Osiyo shimoldan janubga tomon 4200 km dan ziyod masofaga cho’zilgan va shu yo’nalishda mo’tadil, subtropik, tropik iqlim mintaqalarini kesib o’tgan. Uning zaminida eng qadimgi kristall jinslardan tarkib topgan Xitoy-Koreya va Janubiy Xitoy platformalari yotadi. Bu platformalarga Markaziy Manjuriya, Buyuk Xitoy tekisligi, Manjuriya-Koreya tog’lari, Janubiy Xitoy burmali tog’lari va boshqa o’rtacha balandlikdagi hamda past tog’ tizmalari to’g’ri keladi. O’lkaning materik qismi qadimdan kontinental sharoitda rivojlanib kelgan quruqlik bo’lib, bu yerda o’rtacha balandlikdagi burmali palaxsali tog’lar akkumlyativ tekisliklar bilan tutashib ketgan. Sharqiy Osiyo orollari va ularni yuvib turuvchi dengizlar Tinch okean geosinklinal mintaqasiga qaraydi. O’lkaning bu qismi kuchli zilzilalar va hozirgi zamon vulkanizmining o’chog’i hisoblanadi.
Sharqiy Osiyo musson iqlimli o’lka bo’lsada, uning landshaft komplekslari uchun o’ziga xos xususiyatlar, ichki tafovutlar, zonal tabaqalanishlar xarakterli. Bunday xususiyatlarni o’lka sharoitida birinchidan turli xil iqlim mintaqalarida joylashganligi, ikkinchidan materik qismi bilan orollar qismini geologik rivojlanish tarixi, uchinchidan tarkibi va rel’efining xilma-xilligi kabi omillar belgilaydi. Ana shu mezonga asoslanib Sharqiy Osiyo tabiiy geografik rayoni quyidagi o’lkalarga ajratiladi: Mo’tadil iqlimli Sharqiy Osiyo, Subtropik iqlimli Sharqiy Osiyo, Tropik iqlimli Sharqiy Osiyo va Yapon orollari.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin