Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə199/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Mo’tadil iqlimli Sharqiy Osiyo. Bu o’lkaga Katta Xingan, Kichik Xingan tog’ tizmalari, Markaziy Manjuriya tekisligi, Janubiy Manjuriya pastekisligi va Koreya yarim oroli kiradi. O’lkaning g’arbiy qismida Katta Xingan tog’ tizmasi shimoldan janubga tomon 1200 km masofaga cho’zilgan, eng keng joyi 400 km gacha boradi. Aksariyat qismining o’rtacha balandligi 1200 m atrofida. Eng baland nuqtasi Xuanganshan cho’qqisi 2034 m. Tizma kristall jinslardan tarkib topgan, tepalarida tekislangan qadimiy yuzalar yaxshi saqlangan. Umumiy shakli assimmetrik xarakterga ega: g’arbiy yonbag’iri qiya, sharqiy yonbag’iri tik tushgan va daryo vodiylari bilan kuchli parchalangan. Katta Xingan shimolda Ilxuri-Alin tog’i orqali Kichik Xingan bilan tutashgan. Kichik Xingan o’rtacha balandlikdagi tog’, lekin uning yon bag’irlari tik, tor darasimon vodiylar bilan chuqur kesilgan. Eng baland joyi Duymyanshan tog’ida 1150 m ga yetadi.
O’lkaning ichkari qismida Katta va Kichik Xingan, Lyaosi, Manjuriya-Koreya tog’lari bilan o’ralgan tektonik cho’kmada Manjuriya yoki Sunyalo tekisligi hosil bo’lgan. Uning markazidagi past joylari dengiz sathidan 50-100 m, chekka qiya tekisliklari 200-300 m baland. Tepalik suvayirg’ich Sunyalo tekisligini ikki qismga bo’ladi. Kengligi 500 km ga boradigan shimoliy katta qismi Markaziy Manjuriya tekisligi va kengligi 120 km gacha bo’lgan kichik qismi Janubiy Manjuriya pastekisligi deb ataladi. Sunyalo tekisligi shimoli-sharqda O’rta Amur va Xankabo’yi pastekisliklari bilan tutashgan. Barcha pastekisliklar qadimgi kristall zaminda joylashgan bo’lib, kaynozoyning ko’l va allyuvial yotqiziqlari bilan qoplangan. Manjuriya-Koreya tog’lari kristall massivning shimoliy qismida vujudga kelgan va Koreya yarim orolini ham egallagan. Balandligi 1000-2000 m atrofida, eng baland joyi Baytoushan vulkanida 2744 m ni tashkil etadi. Manjuriya-Koreya tog’lari granit, bazalt, metamorfik slanes va ohaktoshlardan tuzilgan.
Koreya yarim oroli Sariq va Yapon dengizlari orasida joylashgan va materik bilan Koreya bo’yni orqali tutashgan. Maydoni qariyb 150 000 km2, uzunligi 600 km, eni 200 km. Uning Sharqiy qismi tog’lik, Yapon dengiziga tik tushgan, qirg’oq chiziqlari tekis. Janubiy va g’arbiy qirg’oqlari kuchli parchalangan, mayda orollar nihoyatda ko’p. Yarim orolning eng baland joyi Sharqiy Koreya tog’idagi Chirisan cho’qqisida 1915 m ga yetadi. G’arbiy qismida Pxenyan va Xangan tekisliklari joylashgan.
Mo’tadil iqlimli Sharqiy Osiyoda foydali qazilmalar ko’p. Manjuriya-Koreya tog’larida temir, mis, polimetall ruda konlari, magnezit koni mavjud. Kichik Xingan va Manjuriya tog’larida tosh ko’mir havzalari joylashgan. Koreya yarim orolida oltin, volfram, rangli metallar, toshko’mir, grafit qazib olinadi.
O’lkaning iqlimi mo’tadil, mussonli. Faqat Koreya yarim orolining janubiy qismi subtropik iqlimga qaraydi. Qishda shimoli-g’arbiy musson yetti oy davomida hukmornlik qilib, havo juda sovuq bo’ladi. Yanvarning o’rtacha harorati shimolida
-28°S dan janubida -8°S gacha o’zgaradi. Xarbinda mutloq minimal harorat -40°S kuzatilgan. Yarim orolning janubiy qismida subtropik iqlim barqaror bo’lib, yanvarning o’rtacha harorat +2°S ni tashkil etadi. Yozi hamma joyda issiq nam va seryog’in keladi. Iyulning o’rtacha harorati shimolda +23°S dan, janubda +28°S gacha ko’tariladi. Maksimal harorat +39°S ga yetadi. Yozgi musson yomg’irlari bir tekisda taqsimlanmagan. O’lkaning g’arbiy qismiga nisbatan janubi-sharqiy qismida yog’in ko’p bo’ladi. Markaziy Manjuriya tekisligida o’rtacha yillik yog’in miqdori 400-700 mm ga teng. Koreya yarim orolining janubi-g’arbida 1000 mm gacha yomg’ir yog’adi. Yarim orolniig janubiy qismida yoz olti oygacha davom etadi.
Daryolar yaxshi rivojlangan va sersuv. Ularning gidrologik rejimi atmosfera yog’inlarining fasliy taqsimlanishiga bog’liq holda yil davomida o’zgarib turadi. Daryolar bahorda qor suvlaridan va yozda musson yomg’irlaridan to’yinadi. Shuning uchun ular bahorda to’lib, yozda toshib oqadi. Eng yirik daryolari Amur havzasiga qaraydigan Sungari (1500 km) va Nunszyan (1200 km) hisoblanadi. Uncha katta bo’lmagan Lyaoxe, Xunxe, Koreya yarim orolidagi Tedongan, Naktongan daryolari ham qishloq xo’jaligini suv bilan ta’minlab turadi.
Tekislik va past tog’lardagi dasht landshaftlarda qora va kashtan tuproqlar, botiqlardagi quruq dashtlarda qo’ng’ir, bo’z va sho’r tuproqlar ko’p uchraydi. Pastqam yassi tekisliklarda o’tloq-botqoq tuproqlar shakllangan. Manjuriya-Koreya tog’larining shimoli-sharqiy yonbag’irlarida tog’-podzol, janubi-g’arbiy yon bag’irlarida o’rmon-qo’ng’ir tuproqlari rivojlangan. Koreya yarim orolining janubida qizil tuproqlar uchraydi.
O’simlik qoplami rivojlanish tarixiga ko’ra qadimiy va turlarga boy. Eng ko’p tarqalgan o’simlik tipi aralash va keng bargli o’rmonlardir. Ular shimolda tayga o’rmonlari bilan, markaziy tekislikslarda dasht va o’tloq o’simliklari bilan almashinadi. Koreya yarim orolining janubida doimiy yashil subtropik o’rmonlar o’sadi. Katta va Kichik Xinganning shimoliy qismi, Ilxuri-Alin tog’lari Dauriya tilog’ochi, Sibir yeli, qayin va ryabinalardan iborat tayga o’rmonlari bilan qoplangan. Manjuriya tog’larini va Koreya yarim orolining shimoliy qismini aralash va keng bargli o’rmonlar qoplab olgan. Bu o’rmonlarning yuqori chegarasi 1500 m
gacha ko’tarilgan. Ular Amur baxmal daraxti, Koreya kedri, jo’qa, eman, zarang, qora va kumush rang pixta, yovvoyi mevali daraxtlardan tarkib topgan. Daraxt tanalarini Amur yovvoyi toki, aktinidiya va limonniklar o’rab olgan. Tog’larning yuqori qismida aralash o’rmonlar tog’ taygasi bilan almashinadi. Tog’ taygasida Ayan yeli, Sibir yeli, pixta va qayinlar ko’pchilikni tashkil etadi. O’rmonlar tagida relikt o’simliklardan jenshen o’sadi. Koreya yarim orolining janubida subtropik o’rmonlar tog’ bag’irlab 400 m balandlikkacha ko’tariladi. Bu yerda Yapon kameliyasi, doimiy yashil emanlar, chiroyli gullaydigan daraxtlar o’sadi. Undan yuqorida bargini to’kadigan o’rmonlar mintaqasi joylashgan. Sunlyao tekisligining sharqiy va janubiy hududlarida, Koreya yarim orolining vodiylari va past tekisliklarida aholi juda zich joylashgan, tabiiy landshaftlari maksimal darajada madaniylashtirilgan. Qishloq xo’jaligida gaolyan, sholi, makkajo’xori, dukkaklilar va mevali daraxtlar ko’p ekiladi. Yarim orolning janubida bulardan tashqari paxta va madaniylashtirilgan jenshen yetishtiriladi.
Hayvonot olamida taygaga va subtropiklarga xos turlar aralash holda uchraydi. Yirik tuyoqlilardan los, dasht antilopasi, kosulya, tog’ qo’yi, asl zotli bug’u, olachipor bug’ular yashaydi. Yirtqichlardan qora va qo’ng’ir ayiq, Ussuri yo’lbarsi, bo’ri, yovvoyi mushuk, suvsar, qunduz, latcha, Sharqiy Osiyo uchun endemik bo’lgan yenotsimon itlar keng tarqalgan. Ornitofaunasi juda rang-bararang. O’rmonlarda tustovuqlarning bir necha turi, daryo vodiylarida va ko’llarda qizil oyoq ibis, o’rdak-mandarinka, qora qarg’a, dashtlarda tuvaloqlar hayot kechiradi.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin