Nazorat savollari:
Sharqiy Osiyo tabiiy geografik rayoni tabiiy sharoiti va geografik o’rni xususiyatlariga tavsif bering?
Mo’tadil iqlimli Sharqiy Osiyo o’lkasi iqlimiy sharoitini tavsiflang?
Subtropik iqlimli Sharqiy Osiyo o’lkasi orografiyasi va gidrografiyasining o’ziga xos tomonlari nimada?
Tropik iqlimli Sharqiy Osiyo tabiiy geografik rayoni tabiat mintaqalari geografiyasiga tavsif bering?
Yapon orollari o’lkasini boshqa o’lkalar bilan qiyosiy tavsif bering?
JANUBIY OSIYO
Tayanch so’z va iboralar: tektonik struktura, harorat amplitudasi, musson sirkulyasiyasi, metamorfik vulkanik jinslar, geosinklinallar, kristall va metamorflashgan jinslar, allyuvial yotqiziqlar, platforma, atmosfera yog’inlari.
Janubiy Osiyo Yevrosiyoning janubidagi o’ziga xos tabiiy xususiyatlari bilan O’rta, Markaziy va Sharqiy Osiyodan keskin farq qiladigan tabiiy geografik rayonlardan biridir. Uning tektonik strukturasi va rel’efi xilma-xil bo’lsada, ularni bir-biriga bog’lovchi va birlashtiruvchi omillar mavjud. Bunday omillar o’lkaning
hamma hududida musson sirkulyasiyasining hukmronligi, organik dunyosining vujudga kelishi, shakllanish tarixi va tarkibining umumiyligidir. O’lka uchun o’rtacha yillik haroratning yuqori bo’lishi, atmosfera yog’inlarining taqsimlanishida fasliylikning yorqin namoyon bo’lishi, yil davomida harorat amplitudasining kichik bo’lishi, flora va faunasining nihoyatda turlarga boy ekanligi xarakterlidir. Janubiy Osiyo o’lkasining janubiy qirg’oqlari Hind okeani, janubi-g’arbiy qirg’oqlari Arabiston dengizi va janubi-sharqiy qirg’oqlari Bengaliya ko’rfazi suvi bilan yuvilib turadi. Shimolda Tibet tog’lari bilan chegaradosh. O’lkaning katta qismida aholisinipg soni jihatdan dunyoda ikkinchi o’rinda turadigan Hindiston Respublikasi joylashgan. Qolgan qismlari Pokiston, Bangladesh, Nepal va Xitoyga qaraydi. Janubiy Osiyo tabiiy geografik rayoni tabiiy sharoiti va morfostrukturasi bir-biridan tubdan farq qiladigan eng baland Himolay tog’ tizimini, yassi tog’likdan tashkil topgan Hindiston yarim orolini, allyuvial yotqiziqlardan hosil bo’lgan Hind-Gang pastekisligini va Shri-Lanka orolini o’z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: |