Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə213/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Materik etagi. Materik etagi materik yonbag’iri bilan okean lojesi, ayrim joylarda o’tkinchi zona oralig’ida joylashgan. Geomorfologik strukturasi asosan to’lqinsimon qiya tekislik va past-baland tekisliklardan iborat. Maydoni 25,9 mln. km2. Geologik tuzilishiga ko’ra, yer po’stining okean ostidagi qismi bilan materik qismi qo’shilgan joydagi chuqur bukilmadan iborat bo’lib, qalin cho’kindi jinslar bilan qoplangan. Cho’kindi jinslar asosan okean va dengizlarga kelib quyiladigan daryolarning loyqa oqiziqlaridan hosil bo’ladi. Bunga Hind, Gang, Kongo, Missisipi daryolarining dengiz ostidagi keng suvosti vodiylari va mayda zarrachalardan tashkil topgan yoyilmalari misol bo’la oladi. Bundan tashqari cho’kindi jinslarning katta qismi suv qatlamidan ham cho’kadi. Materik etagida suvosti abissal oqimlari harakat qilib, okean ostiga yaqin qatlamda suv massalarini va chukindi jinslarni harakatga keltiradi, materik va okean ostidagi cho’kindilarni aralashtirib akkumulyativ rel’ef shakllarini hosil qiladi. Bular cho’kindi tizmalar deb ataladi.
O’tkinchi zona. O’tkinchi yoki oraliq zona Dunyo okeanining al’p geosinklinal mintaqasi uchun xarakterli. Atlantika va Hind okeanlarining ko’pchilik cheka qismlarida, Shimoliy Muz okeanining hamma joyida materiklarning suv osti qismi to’g’ridan-to’g’ri o’tkinchi zonasiz okean lojesi bilan tutashgan. Tinch okeanning chekka qismlarida, Hind okeanining shimoli-sharqiy chekkasida,
Atlantika okeanining Karib dengizida materiklarning suv osti chekkasi bilan okean lojesi oralig’ida g’oyat murakkab geosinklinal tizim vujudga kelgan. Bu tizim polosasi o’tkinchi yoki oraliq zonadir. Uning maydoni 30,6 ml. km2 ga teng. Oraliq zona chuqurligi 4000-5000 m gacha bo’lgan botiqlar, yoysimon tizilgan orollar va chuqur suv osti cho’kmalari kabi rel’ef shakllaridan iborat.
Orollar yoyi suv osti tog’ tizmalari bo’lib, ularning aksariyati kelib chiqishiga ko’ra vulkanik tog’ orollaridir. Harakatdagi vulkanlarning 70 % orollar yoyida joylashgan. Kuril orollar yoyi bunga yaqqol misoldir. Bundan tashqari Dunyo okeanida Aleut, Yapon, Filippin, Antil va boshqa orollar yoyi ham mavjud. Oraliq zonaning chuqur suv osti cho’kmalari juda tor, lekin minglab kilometr masofaga cho’zilgan. Bular Aleut, Kuril-Kamchatka, Marianna, Kermadek, Peru, Chili kabi cho’kmalardir. Dunyo okeanining eng chuqur nuqtalari ana shu cho’kmalarda joylashgan. Masalan, Marianna cho’kmasining chuqurligi 11022 m, Tonga 10882 m, Filippin 10265 m, Karmadek 10047 m. Bu zona yer po’stining alohida geosinklinal tipini tashkil etadi.
Okean lojesi. Dunyo okeani osti rel’efi va geologik strukturasining asosiy qismini 3000 m chuqurlik bilan 6000 m chuqurlik orasida joylashgan okean lojesi tashkil etadi. Maydoni 195 mln. km2 yoki Dunyo okeani ostining 50 % dan ko’proq maydonini egallaydi. Okean lojesi rel’efi va tektonik strukturasi okean botiqlari va ularni ajratib turgan okean ko’tarilmalaridan iborat. Uning katta qismi o’rtacha chuqurligi 5000 m atrofida bo’lgan botiqlar bilan band. Bular Tinch okeandagi Shimoli-sharqiy, G’arbiy va Janubiy botiqlar, Atlantika okeanidagi Shimoliy Amerika, Braziliya va Kongo botiqlari, Hind okeanidagi Markaziy va G’arbiy Avstraliya botiqlari, Shimoliy Muz okeanidagi Amundsen, Nansen va Kanada botiqlaridir. Botiqlar yuzasi past-baland abissal tipdagi rel’ef shakllaridan, yassi va qiya abissal tekisliklardan tashkil topgan. Okean lojesidagi ko’tarilmalar morfologik jihatdan tizmalarga (okean o’rtasidagi suv osti tog’ tizmalari bundan mustasno), balandliklarga va platolarga bo’linadi. Bunday morfoloik strukturalarga Tinch Okeandagi Gavay tizma tog’i, Shaskiy balandligi, Manikixi platosi, Atlantika okeanidagi Bermud platosi misol bo’la oladi.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin