Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə225/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Nazorat savollari:


  1. Okeanlar tabiiy geografiyasining asosiy maqsad va vazifalari nimalardan iborat?

  2. Dunyo okeani tushunchasi va dunyo okeani to’g’risida ma’lumot bering?

  3. Okean suvining sho’rligi, suv balansi va harorati qanday o’zgaradi?

  4. Dunyo okeanida hayotning rivojlanishi, geografik tarqalishi qanday omillarga bog’liq?

  5. Dunyo okeanining biogeografik oblastlariga tavsif bering?

  6. Okean tabiatini muhofaza qilishning asosiy muammolari nimalarda o’z aksini topadi?



    1. TINCH OKEANI





Tayanch so’z va iboralar: ford, abrazion, akkumulyativ qirg’oqlar, Shel’f muzliklari, “Vityaz” va “Tinch okean” ilmiy asar, dengiz oqimlari dinamikasi, suv osti rel’efi, suv osti botiqlari, chuqur cho’kmalar, platolar, marjon riflari, geosinklinal mintaqa, cho’kindi jinslar, terrigen yotqiziqlar, gil cho’kindilar, ohak jinslar, musson shamollari, tayfunlar, dovullar, dengiz to’lqinlari, biologik resurslar.


Tabiiy sharoitining asosiy xususiyatlari. Dunyo okeanining regional differensiasiyalanishida Tinch okeani alohida o’rin tutadi. U maydoni va vujudga kelishi jihatdan okeanlar o’rtasida eng kattasi va eng qadimiysi hisoblanadi. Tinch okeani maydoni 178,7 mln km2 bo’lib, Dunyo okeanining 50% va Yer yuzining 29% maydonini egallagan. Umumiy suv hajmi 710 mln. km3 ga teng. Bu okean kattaligi nuqtai nazaridan Buyuk yoki Ulug’ okean deb ataladi. Buyuk okean degan nomni 1752 yilda frantsuz geografi J.N.Byuash bergan. Tinch okean g’arbdan Yevrosiyo va Avstarliya materiklari bilan, sharqdan Shimoliy va Janubiy Amerika materiklari bilan o’ralgan, janubda Antarktida bilan chegaralangan. Shimolda Chukotka va Alyaska yarim orollarini bir-biridan ajratib turgan Bering bo’g’izi orqali Shimoliy Muz okean bilan tutashib turadi. Okean shimoldan janubga tomon qariyb 16 000 km va g’arbdan sharqqa 20 000 km masofaga cho’zilgan. Eng keng joyi ekvator kengligiga to’g’ri keladi - shu sababli u eng issiq okean ham hisoblanadi (Ilova, 18- rasm).
Okeanning qirg’oq chiziqlarining tuzilishi hamma tomonida bir xil emas. Ular o’zining tuzilishiga ko’ra asimmetrik xarakterga ega. Shimoliy va Janubiy Amerika materiklarining g’arbiy sohillari ko’p parchalanmaganligi tufayli okeanning sharqiy qirg’oq chiziqlari ancha tekis. Faqat Alyaska va Kaliforniya yarim orollari atrofida hamda Janubiy Amerikaning eng janubiy sohillarida qirg’oq chiziqlari birmuncha murakkablashgan. G’arbiy qirg’oq chiziqlari aksincha juda murakkab tuzilgan.
Chunki, Yevrosiyo materigining sharqiy sohillari kuchli parchalangan. Aksariyat hollarda fordli va abrazion, qisman-akkumulyativ qirg’oqlar uchraydi, tropik mintaqada esa marjonli qirg’oqlar ham bor. Okeanning janubiy qirg’oq chiziqlari shel’f muzliklari bilan qoplangan.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin