Okeanni o’rgangan olimlar to’g’risida ma’lumot bering?
Shimoliy Muz okeanining boshqa okeanlardan farqli ravishda suvining sho’rligi, suv balansi va harorati qanday o’zgaradi?
Okean suv osti rel’efining rivojlanishi, geografik tarqalishi qanday tabiiy omillarga bog’liq?
Okean tabiatini muhofaza qilishning asosiy muammolari nimalarda o’z aksini topadi?
XULOSA
Mazkur o’quv qo’llanmada bayon qilingan juda katta materiallarni o’rganish, shuningdek, ilova qilingan mavzuli kartalar, jadvallarni tahlil etish Yer shari geografik qobig’ining hududiy bo’linishi asosiy qonuniyatlari haqida ba’zi bir xulosalar qilishga imkon beradi.
Yer sharidagi har bir geografik kompleks murakkabligi va tabiiy geografik rayonlashtirish birligi tizimida tutgan o’rnidan qatiy nazar ikki asosiy shartga javob beradi. Birinchidan, u geografik xususiylik belgilariga, qaytarilmaslik xususiyatiga ega, ikkinchidan, o’xshash sharoitda tarkib topgan boshqa tabiiy-hududiy birliklar bilan o’xshash belgilarga ega, ya’ni geokomplekslarning biror tipiga kiradi. Bunda bir-biridan alohida joylashgan geokomplekslar iqlimining quyosh radiasiyasi, atmosfera sirkulyasiyasi va antropogen omillari o’xshash hamda yer po’stining kelib chiqishiga ko’ra bir xil qismlarida joylashgan, ya’ni geotekturasi va morfostrukturasi o’xshash bo’lsagina tipologik belgilari vujudga keladi. Geografik xususiylik, geografik qobiqning asosiy komponentlari - yer po’sti va atmosfera o’zaro mustahkam aloqada bo’lsa ham, lekin turli qonuniyatlar asosida rivojlanayotgan hamda yer yuzasining u yoki bu tipining joylashishi, ularning hajmi va geografik o’rni, iqlim sharoitining joylashishi bilan bevosita o’zaro aloqadorligiga bog’liq. Shuningdek, bir-biriga o’xshash geogarafik tarkibiy elementlari bir xil iqlim mintaqalari va iqlim oblastlari doirasida joylashgan, ammo, landshaftlarning zonal tiplar kompleksi o’xshash bo’lganda ham, ular bir-biriga to’liq o’xshamaydi. O’z navbatida geokomplekslarning o’ziga xoslik xususiyatlari kelib chiqishi bir xil bo’lgan hududlarning kattaligi va qiyofasi, quruqlik va suv havzalarining nisbati, orografik elementlarning joylashishi va organik dunyo turlarining tarkibida xilma-xillikni vujudga keltiradi. Bunday tabiiy tafovutlar bir- biridan alohida joylashgan materiklarda ularning ekologik sharoiti to’liq bir xil bo’lganda doimiy ravishda kuzatiladi.
O’quv qo’llanmadan foydalanishda yana shuni qayd qilish lozimki, geografik komplekslar qanchalik murakkab bo’lsa va taksonomik birliklar tizimida yuqori pog’onada joylashgan bo’lsa, unda o’ziga xos xususiyatlar tipologik xususiyatlarga qaraganda ko’p rivojlanadi.
Yer sharining landshaft qobig’i doirasida eng yuqori pog’onadagi geokomplekslar materiklar va okeanlar hisoblanadi. Bularning har biri paydo bo’lishi va rivojlanishi jarayonida tarkib topgan, kattaligi, qiyofasi, tuzilishi, iqlim mintaqalari va tabiat zonalarga nisbatan joylashishi hamda nisbati aniq ifodalangan va takrorlanmaydigan xususiyatlarga ega. Har bir materik aniq ifodalangan, geografik qobiqda unga to’liq o’xshaydigan boshqa materik yo’q. Materiklarning umumiy xususiyatlarini o’rganish, ularni bir-biriga taqqoslash va guruhlarga ajratishga asos bo’ladi. Masalan, Shimoliy Amerikaning Yevrosiyoga o’xshashligiga sabab shuki, bu ikkala materik ham shimoliy yarimsharning barcha mintaqalari doirasida joylashgan, binobarin, quyosh radiasiyasi va atmosfera sirkulyasiyasi hamda ulardan kelib chiqadigan barcha oqibatlarga nisbatan bir xil sharoitda rivojlangan. Ikkala materik geologik taraqqiyot jarayonida bir necha marta tutashib va ajralib turgan hamda yer po’sti yirik komponentlarining
joylashishida, ularning tuzilishida bir-biriga o’xshashliklarga ega (Yevropa va Amerika platformalari, paleozoy hosilalari o’lkalari va h.k.). Afrika, Janubiy Amerika va Avstraliya materiklari tabiiy sharoitiga ko’ra yaqin bo’lgan materiklarning ikkinchi guruhini tashkil etadi. O’xshash belgilari ularning qadimgi Gondvananing bir qismi ekanligi va asosiy qismi tropiklar oralig’ida joylashganligi bilan belgilanadi. Materiklarni bir-biriga taqqoslash bilan bog’liq bo’lgan masalalar umumta’lim maktablarda fanni o’qitishda ham geografik fikrlashni rivojlantirish, o’tgan materiallarni takrorlash va fanga bo’lgan qiziqishni kuchaytirish uchun katta ahamiyatga egadir.
Shuni ta’kidlash lo zim ki, har bir materik doirasida ajratiladigan tabiiy geografikrayonlar ham aniq ifodalangan o’ziga xos belgilari bilan ajralib turadi. Bu rayonlarning har biri mazkur materikda boshqa ta krorlanmaydi va shu asosida boshqalardan ajralib turadi. Masalan, G’arbiy Yevropa, Marka ziy , Baland va Sharqiy Osiyo, Shim oliy Amerikaning Kordilerali G’arbi va shu kabilar dastavval ularning aniq ifodalangan xususiyatlariga ko’ra ajratilgan hamda mazkur materiklarning boshqa qismlaridan keskin farq qiladi. Shu ningde k, Sh imoliy Amerikaning Kordilerali G ’arbini Janubiy Amerikaning Andli G ’ar bi bilan, Janubiy Afrikani Avstraliya bilan, Marka ziy Amerikani Janubi-Sharqiy Osiyo bilan taqqoslash maqsadga muvofiq.
Materiklardagi o’xshash o’lkalarning bir materikda takrorlanishi ikki shimoliy va janubiy yarimsharlarning bir xil iqlim mintaqalarida joylashgan hollarda kuzatiladi. Yer sharida uchraydigan tropik cho’l va platolarning tabiiy geografik o’lkalari Yevrosiyoda (Arabiston yarim oroli), Afrikada (Sahroi Kabir va Janubiy Afrika yassi tog’ligi), Avstraliyada (G’arbiy Avstraliya yassitog’ligi), ya’ni tropik iqlim mintaqaning ichki va g’arbiy qismlarida qadimgi platformalarning katta qismlari joylashgan materiklarda mavjud. Bu iqlimning keskin kontinentalligi, tekislik- platforma morfostrukturalarning ustunligi, rel’efning qoldiq-erozion, eol va denudasion shakllari, yer usti oqimining kamligi yoki rivojlanmaganligi, organik dunyosining kambag’alligi xosdir. Shu bilan birga har bir tabiiy geografik o’lka mazkur tipdagi boshqa o’lkalarga xos bo’lmagan indivudial xususiyatlarga ham ega. Janubiy qismlari toraygan va sharqda nam havo oqimlariga ochiq bo’lgan g’arbiy yarimshardagi materiklar (Shimoliy va Janubiy Amerika)da bu tipdagi o’lkalar tarkib topmagan.
Materiklardagi subtropik mintaqalarning g’arbiy sektorida tog’li rel’ef bo’lsa, bir xil tipli geokomplekslar rivojlangan. Bular Yevrosiyo va Afrika materiklarining O’rta dengiz sohilida yaxshi ifodalangan va keng tarqalgan. Bu yerda geokomplekslarning tarkib topishi uchun juda qulay sharoit mavjud. Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya va Janubiy Afrikada meridian yo’nalishiga yaqin yo’nalishdagi tog’ tizmalari O’rta dengiz tipidagi iqlimning materik ichkarisiga kirib borishiga to’sqinlik qiladi. Yer yuzasida geokomplekslar asosiy tiplarining joylashish qonuniyatlarini to’g’ri tushunish bo’lajak geografiya o’qituvchisi uchun bilim olishda va amaliy jihatdan katta ahamiyat kasb etadi, dars berish jarayonida o’qituvchilarning tushuntirish imkoniyatlarini kengaytiradi, kartografik va taqqoslash usullaridan keng foydalanishiga, o’quvchilarning fanni yodlab olish yo’li bilan emas, balki amaliy tushunish yo’li bilan o’zlashtirib olishlariga va geografik bilimlarini egallashga imkon beradi.