geografik qobiqning litosfera (Yer po’sti) gidrosfera (suv qobig’i) va
troposfera bevosita tutashib turgan nisbatan yupqa markaziy qismi.
Landshaft komponentlari
har bir joydagi tog’ jinslari, relef, iqlim, yer usti va yer osti suvlari,
o’simliklar, hayvonot dunyosi, tuproqlar.
Landshaftlarrekultivatsiyasi
inson faoliyati ta’sirida muvozanati buzilgan yoki ishdan chiqqan
tabiiy va antropogen landshaftlarni tiklash, qayta ishga solish yoki ular o’rnida yangi landshaftlar bunyod etish.
Lava
(latincha labes– ko’chki)–vulkanlar og’zidan yoki yer po’stidagi yoriqlardan yer yuzasiga oqib chiqib, gazlarning bir qismini
yo’qotgan magma.
Litosfera
(grekcha litos-tosh, sfera-qobiq) Yerning qattiq tosh qobig’i. Uning
qalinligi 50-200 km.
Makrorelef
tekislik, baland tekislik va tog’lar singari yirik relef formalari tushuniladi. Bu relef havo oqimining harakatiga ta’sir qilib, katta
hududlar iqlimining shakllanishida ishtirok etadi.
Mashtab
Karta, chizma yoki plandagi nuqtalar orasidagi uzunlikning joydagi masofalar uzunligiga nisbati. Masshtab sonli, chiziqli va nomli
bo’ladi.