Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə83/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Sharqiy Amazoniya G‘arbiy Amazoniya kengligi 350 km ni tashkil etadi. Uning eni Riu-Negru va Madeyra daryolarining Amazonkaga quyilish joyidan boshlab sharqqa tomon torayib boradi. Pastekislikdan shimolda va janubda cho‘zilgan Gviana va Braziliya yassi tog‘liklari sharq tomonda bir-biriga yaqinlashib, Sharqiy Amazoniyani ancha toraytirib qo‘ygan. Shuning uchun uning shimoliy va janubiy qismlarida kembriydan oldin hosil bo‘lgan kristall jinslar va paleozoyning dengiz yotqiziqlari yer yuzasiga chiqib qolgan. Bunday holat Sharqiy Amazoniyaning chekka qismlarida paleozoyning qattiq jinslaridan tarkib topgan, balandligi 360 m gacha yetadigan platosimon tepaliklarni, sharsharalarni, ostonalarning keng tarqalishiga sabab bo‘lgan. Pastekislikning o‘rta o‘q vodiy qismida yangi tektonik harakatlar natijasida cho‘kish jarayoni sodir bo‘lgan. Shu boisdan bu hududdan oqib o‘tadigan daryolarning vodiylari chuqur o‘yilgan, daryo oraliqlaridagi suvayirg‘ichlar kuchli parchalangan.
Sharqiy Amazoniyaning iqlimi G‘arbiy Amazoniya iqlimidan bir oz farq qiladi. G‘arb uchun tipik nam ekvatorial iqlim tipi xarakterli bo‘lsa, sharq uchun tipik subekvatorial iqlim tipi xarakterli. Bu yerda havo harorati yuqori (+26°+28°C) bo‘lib, yomg‘irli va qurg‘oqchil fasllar yaqqol ifodalangan. Sharqiy Amazoniyada qurg‘oqchilikni vujudga keltiradigan shamol iyundan sentabr oyigacha Braziliya yassi tog‘ligidan esib turuvchi janubi-sharqiy passatlardir. Sharqiy Amazoniyaning sharqiy qismida o‘rtacha yillik yog‘in miqdori 2800 mm ni, markaziy qismida 1800 mm ni tashkil etadi. Quruq davrda sharqda 175 mm, markazda 400 mm yomg‘ir yog‘adi.
Sharqiy Amazoniyada yomg‘irli va qurg‘oqchil fasllarning muayyan ravishda takrorlanib turishi doimiy yashil subekvatorial o‘rmonlar bilan bir qatorda bargini to‘kuvchi o‘rmonlarning shakllanishiga ham imkon yaratadi. Doimiy yashil o‘rmonlar keng polosalar hosil qilib alyuvial tuproqli baland qayirlarni (varzea) va past qayirlarni (igapo) qoplab olgan. Suv bosmaydigan yerlardagi o‘rmonlarda bargini to‘kuvchi daraxtlar ko‘pchilini tashkil etadi. Ayrim joylarda qalin
o‘rmonlardan tashqari siyrak o‘rmonlar, palma savannalari, buta savannalari, o‘tloqlar uchraydi. Ochiq savanna landshaftlarida mazama bug‘ulari, mayda qalqondorlar, o‘rtacha kattalikdaga chumolixo‘rlar yashaydi, in qazib yashaydigan kemiruvchilar ham uchraydi.
Amazoniya faqat o‘rmonlargagina boy emas. Cho‘kindi jinslar orasidan neft, tabiiy gaz, rangli metallar, marganes, gematit konlari topilgan. Daryolarda Yer yuzidagi chuchuk suvda yashaydigan baliqlar turining uchdan biri yashaydi. Amazoniya havzasi uchun chuchuk suv delfinlari xarakterli. Selvada qurilgan Transamazoniya avtomobil yo‘li (uzunligi 5000 km) Amazoniyaga yersiz dehqonlarning ko‘chib kelishiga sabab bo‘lgan. Ular kesib olingan o‘rmonlar o‘rnini haydab dehqonchilik qilmoqdalar, chorva mollarini boqmoqdalar. Amazoniyaning asosiy aholisi hindular bo‘lib, ular ovchilik, baliq tutish, ibtidoiy dehqonchilik va meva-cheva terish bilan shug‘ullanadi.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin