Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə91/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Subtropik And. And tog‘ tizimining 27°-42° j.k. lar orilig‘idagi qismi Subtropik And tog‘li o‘lkasini tashkil etadi. Bu o‘lka Chili Argentina Andi deb ham atalib, And tizimining eng toraygan va eng baland qismi hisoblanadi. Subtropik And o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan And tizimining boshqa o‘lkalaridan farq qiladi, ular birinchidan, relyef tuzilishining 3 ta meridional yo‘nalgan Bosh Kordil’era, bo‘ylama tektonik vodiy va Qirg‘oq Kordil’erasidan iborat ekanligi, ikkinchidan, Bosh Kordil’eradan g‘arbda subtropik mintaqaning o‘rta dengiz iqlim tipining va doimiy yashil o‘rmonlar va butazorlarning keng tarqalganligi, uchinchidan al’p tipidagi relyef shakllari, tog‘ o‘tloqzorlari va muzliklarning yaxshi rivojlanganligi, to’rtinchidan yiliga ikki marta toshib oqadigan daryolarning mavjudligi va h.k.
Subtropik Andning g‘arbiy qismida Tinch okean sohili bo‘ylab uncha baland bo‘lmagan Qirg‘oq Kordil’erasi cho‘zilgan. U Markaziy And Qirg‘oq Kordil’erasining janubiy davomi bo‘lib, o‘rtacha balandligi 800 m dan ayrim cho‘qqilari 2000 m gacha ko‘tariladi. Qirg‘oq tizmasi chuqur daryo vodiylari bilan kesilib, bir necha yassi platolarga bo‘linib ketgan.
Qirg‘oq Kordil’erasidan sharqda Markaziy tektonik cho‘kma joylashgan. Bu vodiy orografik jihatdan Atakama cho‘kmasining janubiy davomi hisoblanadi. Bo‘ylama vodiy And tizimining ko‘ndalang tog‘lari bilan bir necha mustaqil botiqlarga bo‘lingan. Botiqlar yuzasining balandligi shimolda 100-200 m gacha pasayadi. Vodiylarda aholi juda zich joylashgan. Chilining poytaxti Santyago shahri ham Markaziy vodiyda barpo etilgan.
Markaziy vodiydan sharq tomonda Bosh Kordil’era tizmasi joylashgan. Uning asosiy suvayirg‘ich qismidan Chili va Argentinaning davlat chegarasi o‘tadi. Bosh Kordil’era kuchli burmalangan mezozoy yotqiziqlaridan va vulkanik jinslardan tarkib topgan. Bu tizmada o‘lkaning eng baland nuqtalari bo‘lgan Akonkagua (6960 m) va Mersedario (6770 m) tog‘lari joylashgan. Bulardan tashqari balandligi 500 m dan oshadigan o‘nlab cho‘qqilar va harakatdagi vulkanlar bor. Jumladan Tupungato (6800 m), Maypo (5323 m) vulkanlari, Toro (6380 m), Tortolas (6354 m), Olivares (5926 m) tog‘lari va boshqalar. Balandliga 3000-4000 m atrofida bo‘lgan vulkanlar Domuyo (4708 m), Lyayma (3060 m), Lanin (3776m), Antuko (2990m) kabilardir. O‘lka hududida kuchli zilzilalar tez-tez sodir bo‘lib turadi. Chilida 10-12 balli zilzilalar bir necha marta takrorlangan.
O‘lka hududi subtropik kengliklarda joylashganligi sababli uning g‘arbiy qismida yozi quruq va qishi nam bo‘lgan subtropik iqlim shakllangan. Bu iqlim tipi okean sohillarini, Markaziy vodiyni va Bosh Kordil’eraning g‘arbiy yon bag‘irini pastki qismini qamrab olgan. Bosh Kordil’eraning tog‘ etagidan yuqori qismida iqlimning balandlik zonalligi vujudga kelgan. Subtropik Andning iqlim sharoiti shimoldan janubga va g‘arbdan sharqqa tomon o‘zgarib boradi. O‘lkaning shimoli uchun xarakterli bo‘lgan chala cho‘l subtropik iqlim tipi markazda o‘rta
dengiz iqlim tipi bilan, janubda mo‘tadil kengliklarga yaqin joylarda nam o‘rmon iqlim tipi bilan almashinadi. Subtropik Andning sharqiy qismi uchun qurg‘oqchil iqlim tipi xarakterli.
O‘lka hududida havo harorati bir tekisda taqsimlanmagan. Yoz bilan qish oylarining harorati o‘rtasidagi tafovutlar ham aniq ifodalangan. Eng salqin oyning o‘rtacha harorati +11°C bo‘lsa, eng issiq oyniki +17°+18°C ni tashkil etadi. Santyagoda eng salqin oyning o‘rtacha harorati +7°+8° C ga va eng issiq oyniki
+20°C ga teng. Yog‘in miqdori ham shimoldan janubga va g‘arbdan sharqqa tomon ko‘payib boradi. O‘lkaning shimolida yiliga o‘rtacha 100 mm, o‘rta qismida 350 mm, janubida 750 mm yog‘in yog‘adi. Janubda yog‘inlar yil davomida deyarli bir xilda taqsimlangan. O‘lkaning eng janubiy qismida 37°- 42° j.k. lar oralig‘ida yog‘in miqdori 2000 mm dan oshadi. Bosh Kordil’eraning g‘arbiy yonbag‘rida yog‘in sharqiy yon bag‘iriga nisbatan ko’p bo‘ladi. Dehqonchiliq asosan sun’iy sug‘orish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Subtropik And tog‘li o‘lkasining tuproq-o‘simlik qoplami xilma-xil. Bu yerda quruq subtropiklar uchun xarakterli bo‘lgan tipik jigar rang tuproqlar keng tarqalgan. Markaziy vodiyda qora tuproqlarga o‘xshash qoramtir rangli tuproqlar rivojlangan. Chilining markaziy qismida aholining juda ham zich joylashganligi va ularni qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanganligi tufayli tabiiy holdagi tuproqlar va o‘simliklar qoplami kuchli o‘zlashtirilgan. Tabiiy landshaftlar o‘rnini seliteb shahar va agrolandshaftlar egallagan.
O‘lkaning tabiiy o‘simlik qoplamida doimiy yashil butalar ko‘pchilikni tashkil etadi. Janubda butazorlar asta-sekin past bo‘yli va seyrak o‘rmonlar bilan, keyin baland bo‘yli qalin o‘rmonlar bilan almashinadi. O‘rmonlarda doimiy yashil janub buki, Chili arakuariysi relikt asal palmasi, tik (sovun daraxti), persee dafnasi ko‘p uchraydi. Daryo vodiylarida evkaliptlar va piramidal teraklar ekilgan. O‘rmonlar Bosh Kordil’eraning g‘arbiy yonbag‘irlarida janub buki keng tarqalgan bo‘lib, ular quruq davrda bargini to‘kadi. O‘rmonlarning yuqori chegarasi Subtropik And tizmalarida 2000-2500 m gacha ko‘tariladi. Tog‘ o‘rmon mintaqasidan yuqorida tog‘ o‘tloqzorlari joylashgan. Bu mintaqada al’p o‘tloqlari uchun xarakterli bo‘lgan yoron gul, qimizak, primula, lyutik, toshyorar kabi o‘t o‘simliklari o‘sadi. Buta o‘simliklaridan barbaris (qoraqand) va smorodina (qoraqat) uchraydi. Tog‘ o‘tloqlari yaylov sifatida foydalaniladi.
Subtropik And o‘lkasining madaniy o‘simliklari ko‘proq Shimoliy Amerika va Yevropa subtropik iqlim mintaqalariga xos o‘simliklarga o‘xshaydi. Ayniqsa subtropik madaniy o‘simliklarning ko‘pchilik turlari Yevropaning O‘rta dengiz mamlakatlaridan keltirilgan. Bular toklar, zaytun daraxtlari, sitruslar va boshqa mevali daraxtlardir. Qishloq xo‘jaligida asosan bug‘doy va makkajo‘xori yetishtiriladi. Tog‘ yonbag‘irlarida mahalliy aholi kartoshka, no‘xat, yasmiq, loviya, piyoz va qalampir ekishadi.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin