Olmaliq filiali


Detallar sirtlari shaklining chetlanishlarini me`yorlash



Yüklə 86,09 Kb.
səhifə3/4
tarix16.04.2022
ölçüsü86,09 Kb.
#115331
1   2   3   4
Detalni sirtlarning joylashuvidagi og\'ishi

Detallar sirtlari shaklining chetlanishlarini me`yorlash.

  • Shakl chetlanishlari va cheklamalari. SHakl va joylashuvlar cheklamalari xamda chetlanishlarning asosiy kurinishlariga tegishli atama va ta`riflar GOST 24642-81 (O`YYOK ning ST SEV 301-76 standarti) bilan aniqlanadi.

  • Sirt (profil’) shaklining chetlanishi deganda real sirt (real profil) shaklining nominal sirt (nominal profil) shaklidan cheklanishi tushiniladi. Sirtning g’adir–budurligi to`lqinsimonlikdan farqli holda shakl cheklanishi tushiniladi. Asoslangan hollarda shakl chetlanishini sirt g’adir-budurlikni qo`shib me`yorlashga to`lqinsimonlikni alohida me`yorlashga (yoki shakl cheklanishining bir qismini to`lqinsimonlikni hisobga olmay me`yorlashga) ruxsat etiladi.

  • Sirtlar shakli va joylashuvidan cheklanishlarni me`yorlash va miqdoriy baholash urinma to`g’ri chiziqlar sirtlar va profillar prinsipiga asoslanadi.

  • Urinma to`g’ri chizik real profilga urinuvchi va detal materiallaridan tashqarida joylashgan shunday to`g’ri chiziqki, toki undan me`yorlayotgan qism chegaralaridagi real profil eng uzoq joylashgan nuqtasining chetlanishi minimal o`iymatga ega bo`lsin.



  • 4.1.–shakl. To`g’ri chiziqli urinma (a) va aylanma urinma



  • Urinma aylana tashqi aylanuvchi sirt real profil atrofida tashqaridan chizilgan minimal (4.1. shakl) yoki ichki aylanuvchi sirt real profil atrofida tashqaridan chizilgan maksimal diametrli aylana (4.1 shakl).

  • Urinma tekislik – real sirt bilan aylanuvchi va detal materiali tashqarisida joylashgan shunday tekislikki, toki undan me`yorlangan qism chegaralaridagi real sirt eng uzoq nuqtasining chetlanishi minimal miqdorga ega bo`lsin.

  • Urinma slindri – real tashqi sirt atrofida chizilgan minimal diametrli tashqi yoki real ichki sirt ichiga chizilgan maksimal diametrli ichki slindr. Urinma sirt va profillar detallar tutashuvining nulli tigizmaslikli o`tkazmalaridagi sharoitlariga mos keladi. O`lchashda urinma sirtlar bo`lib nazoratchi plitalar, interferension oynalar, lekalali va qiyoslovchi plitalar, kalibrlar, nazoratchi opravkalar va boshqalarni ishchi sirtlari xizmat qiladi. SHakl cheklanishi miqdoriy jihatdan urinma normal bo`yicha real sirt nuqtalaridan urinma sirtgacha bo`lgan eng katta masofa  baholanadi. Quyidagi harfiy belgilar qabul qilingan:

  •  - shakl cheklanishi yoki sirtlar joylashuvi cheklanishi;

  • T – shakl yoki joylashuv cheklamasi.

  • L - me`yorlanadigan qism uzunligi.



  • 4.2. – shakl. Slindrik sirtlar shaklining ko`ndalang kesimdagi chetlanishlar.

  • Silindrik sirtlar shaklining chetlanishlari. Davliylikdan chetlanish – real profil nuqtalaridan urinma aylanagacha bo`lgan eng katta  masofa (4.2.-shakl). Doiraviylik cheklamasi T doiraviylikdan cheklanishning eng katta ruhsat etilgan miqdori. Doiraviylikning cheklama maydoni – doraviylik cheklamasi T ga teng masofada biri boshqasidan orqali qoladigan ikkita konsentrik aylanalar bilan chegaralangan spiralning markazi orqali o`tuvchi yoki aylanish sirti o`qiga perpendikulyar tekislikdagi soha.

  • Doiraviylikdan cheklanishning xususiy ko`rinishlari bo`lib ovallik va ogranka xisoblanadi.

  • Ovalilik – doiraviylikdan cheklanish, unda real profil eng katta va eng kichik diametrlari o`zaro perpendikulyar yo`nalishlarda joylashgan ovalsimon figurani hosil qiladi (4.2. shakl).

  • Ogranka – doiraviylikdan cheklanish, unda real profil eng katta va eng kichik figuradan iborat bo`ladi. Ogrankaning yoqlari juft yoki toq sonli bo`lishi mumkin. Yoqlar toq sonli ogranka  o`lchamining tengligi bilan xarakterlanadi (4.2. shakl). Detalning ovalligi masalan tokarlik yoki silliklash dastgohi shpindelining zarbasi detalning disbalansi va boshqa sabablar tufayli paydo bo`ladi. Ogrankaning paydo bo`lishi detal oniy aylanish markazi vaziyatining o`zgarishi bilan tushuntiriladi. Masalan markazsiz silliklashda .

  • Ovallik va ogranka miqdoriy jihatdan xuddi doiraviylikdan cheklanishdan baxolanadi (4.2. shakl).

  • Slindrlikdan cheklanish – me`yorlanayotgan L – kism chegaralarida real sirt nuqtalaridan to urinma slindrgacha bo`lgan eng katta  - masofa (4.2. shakl). 4.2. shaklda slindrlik cheklamasi T ga teng masofada biri boshqasidan orqaga qoladigan o`qlari ustma – ust bir va ikki slindrlar bilan chegaralangan fazo bilan aniqlanadigan slindrlikning cheklama maydoni ko`rsatilgan.

  • Slindrik sirt bo`ylama kesimi profilining chetlanishi – me`yorlanayotgan L kism chegarasida o`qlari orqali o`tuvchi tekislikda yotgan real sirtni yasovchi nuqtalardan to urinuvchi profilning mos tomonigacha bo`lgan eng katta  masofa (4.2.–shakl). Bunday chetlanishning cheklama maydoni T 4.2. – shaklda tavirlangan. Bo`ylama kesim profilning chetlanishi yasovchilarning to`g’ri chiziqlilik va parallelilikdan cheklanishni xarakterlaydi. Bo`ylama kesim profili va cheklanishning xususiy ko`rinishlari bo`lib konussimonli, bochkasimonlik va egarsimonlik hisoblanadi.

  • Konussimonlik – bo`ylama kesim profilining chetlanishi, unda yasovchilari to`g’ri chiziqli lekin parallel emas (4.2 – shakl).

  • Bochkasimon – bo`ylama kesim profilining yasovchilari to`g’ri chiziqli emas va diametrlari kesim chekkalaridan o`rtasi tomon oshib boradigan cheklanishi (4.2. – shakl).

  • Egarsimonlik – bo`ylama kesim profilining yasovchilari to`g’ri chiziq bo`lmagan va diametrlari kesimi chekkalaridan o`rtasi tomon kamayib boradigan (4.2. – shakl).

  • Miqdoriy jihatdan konussimonlik, bochkasimonlik va egarsimonlik xuddi bo`ylama kesim profilining chetlanishidan baholanadi.

  • Bochkasimonlik ko`pincha lyunetsiz markazlarda ingichka uzun vallarni yo`nganda paydo bo`ladi. Yo`g’on katta vallar ko`pincha valning chekkalari bo`yicha ko`p siljishidan (kesuvchi kuchlarning tashkil etuvchilari ikkala markazlar oralig’ida ancha tekis taqsimlanadi). egarsimon bo`lib qoladi. Bochkasimonlik va egarsimonlik shuningdek dastgoxlar staninalari yo`naltiruvchilarning xatoliklari va boshqa sabablar tufayli paydo bo`lishi mumkin. Detallarning talab qilingan shaklini hosil qilish uchun pardozlash aparatlarining uzul kesil termik ishlov bergandan so`ng bajarish maqsadga muvofiqdir. Keskichning yoyilishi, dastgoh shpindeli va ketingi babka pinoli geometrik o`qlarning ustma-ust tushmasligi makazlar o`qining stanina yo`naltiruvchilariga parallelligidan chetlanishi konissimonlikning sababchisi bo`lib hisoblanadi.

  • Yüklə 86,09 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin