Olmazor tibbiyot kolleji



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə4/10
tarix09.06.2018
ölçüsü0,57 Mb.
#53085
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Rivojlanish sikli. Opistorxiaj ishi fagida va me'da osti bezida, shuningdek, itlar, mushuklar, cho'chqalar va boshqa ba'zi hayvonlarning ichki a'zolarida parazitlik qiladi. Bu gelmintning tuxumlari ichakka ajralib chiqadi, so'ngra najas bilan birga tashqi muhitga tushadi, biroq ular suv havzalaridagina rivojlana olishi mumkin (15-rasm).

Tuxumlarni yutgan suv molluskalari (Bithynia) organizmida ko'p miqdordagi lichinkalar — serkariylar rivojlanadi. Buing uchun kamida 2 oy talab etiladi. So'ngra serkariylar suvga chiqadi, zog'ora baliqlar

Oxirgi xo'jayin

Opistorxning rivojlanish sikli:

/—oxirgi xo'jayin otganizmidagi voyaga yetgan nusxasi; 2— suv havzasidagi tuxum va undan chiqqan lichinka (miratsidiy); 3—molluska tanasidagi lichinka; 4— molluska tanasidagi suvga chiqqan serkariy; ^baliq tanasidagi lichinka (metatserkariy).

tanasiga faol kirib, ularning mushaklarida bundan keyingi lichinkaga — parda bilan qoplangan invazion lichinkaga — metatserkariyga aylanadi. Sibir so'ruvchisi metasarkariylarining ingichka oldingi uchida tikanchalar, qora rangli oval yoki biroz parraksimon yirik ekskretor pufak, og'iz va qorin so'rgichlari, ichak qovuzloqlari ko'rinib turadi. Lichinka o'lchami 0, 23—0,37 mm.



Profilaktikasi. Umumiy sanitariya madaniyati saviyasini oshirishga va aholining xom va xomroq baliqni iste'mol qilish odatidan voz kechishiga qaratilgan sanitariya-oqartuv ishlarining roli benihoya katta, opistorx lichinkalari kichikroq bo'laklarga bo'lib maydalangan baliqni kamida 20 daqiqa qaynatilganda yoki qovurilganda, piroglarni kamida 45—60 daqiqa pishirilganda, odatdagidek muzlatilganda kam deganda bir oyda, 2—3 kungacha tuzlab qo'yilgandan keyin 3 hafta mobaynida quritilganda nobud bo'lishini tushuntirish zarur. Sovuq dudlash uchun faqat muzlatish yoki quritish yo'li bilan zararsiz holga keltirilgan baliqdan foydalanish mumkin. Opistorxlardan zararlangan, birinchi galda suv transportida ishlaydigan kishilarni va baliqchilarni, shuningdek, qirg'oq bo'yi zonalarida yashaydigan aholini aniqlash va davolash, daydi itlar va mushuklarni yo'qotish, suv havzalarini najas tushishidan saqlash majburiy vazifalardan liisoblanadi. Opistorx tuxumlari daryoda, masalan, suvning harorati +5°C dan 0°C gacha bo'lganda bir necha oy saqlanishi mumkinligini unutmaslik lozim.

Klonorx

Tiizffishi. Klonorx yoki Xitoy so'ruvchisi (Clonorchis sinensis) o'zining tashqi ko'rinishidan opistorxni eslatadi, biroq undan birmuncha yirikrog'i va tanasining oldingi qismi birmuncha cho'ziq. Farq qiladigan belgilaridail bin tanasining oxirida joylashgan tarmoqlangan arug'doni hisoblanadi Bu so'ruvchining tuxumlari opistorx va metagonin tuxumlarini eslatadi, shuning uchun amaliy sharoitlarda ko'rsatib o'tilgaii gelmint turlari, odatda farq qilmaydi. Biroq katta obyektiv yordamida batalsi mikroskopiya qilinganda klonorx tuxumlarida qator o'ziga xos belgilar anii| lanadi

Fassiolalar

Tuzilisbi. Odamda jigar so'ruvchisining ikki turi: oddiy fassiola (Fas- ciola hepatica) va yirik fassiola (Fasciola gigantica) parazitlik qilishi mumkin. Oddiy fassiola yaproqsimon shaklga ega, o'lchamlari 2—3 sm. ga, yirik fassiolaniki esa 7 sm. gacha yetadi. Ichki tuzihshi o'xshash. Tanasining oldingi uchidagi tumshuqsimon qalinlashmada yonma-yon joylashgan ikkita so'rg'ichi bo'ladi. Ichakning kuchli tarmoqlangan ikki tarmog'i xarakterli. Urug'donlar va tuxumdonlar ham kuchli tarmoqlangan. Bachadon rozetka ko'rinishida parazitning oldingi qismiga joylashgan. Tuxumlari juda yirik, uzunasiga 130—145 mkm, oval, pardasi yaxshi bilinib turadi. Qopqoqchasi bo'ladi. Rangisariqyoki jigarrang. Ichida tuxumni butunlay to'ldirib turadigan ko'p sonli sariq hujayralari ko'rinib turadi.

Rivojlanish sikli. Fassiolalar qoramol va mayda hayvonlar jigarining o't yo'llarida, qator hollarda esa odamda ham parazitlik qiladi. Odam organizmida yashash muddati 3—5 yil. Tuxumlari najas bilan ajraladi. Suvga tushganda tuxumlardan chiqqan lichinkalar molluska tanasiga kirib, bu yerda ularning bundan keyingi rivojlanishi va bo'linishi ro'y beradi. So'ngra Uchinkalar (seykariylar) suvga chiqadi va qobiqqa o'ralib, suvdan o'simliklarga o'tirib qoladi. Shunday holatda ular 2—3 yilgacha saqlanishi mumkin. Hayvonlarga va odamga ular suvdagi o'simliklar yeyilganda yoki ko'llarning suvi ichilganda yuqib qoladi. Lichinkalar ichakdan uning devori orqali qorin bo'shlig'iga, so'ngra jigarning fibroz pardasi orqali jigar to'qimasiga va o't yo'llariga kiradi. Migratsiyaning ikkinchi yo'li — gematogen yo'l bo'lib, darvoza vena sistemasi orqali kiradi. Parazitlar 3—4 oy o'tgandan keyin voyaga yetadi, shundan so'ng tuxumlarning ajralishi boshlanadi. Yuqishdan keyin odamda kasallikning migratsion o'tkir fazasi rivojlanadi, bunda tana harorati ko'tariladi, qorinda keskin og'riq paydo bo'ladi eshakem toshadi, bo'g'ilish va nafas olishning qiyinlashishi sezgisi vujudga keladi, jigar kattalashadi. Keyinchalik bemorlarni jigar sohasidagi og'riq ko'ngil aynishi bezovta qiladi.

Najas yoki duodenal suyuqlikni mikroskopiya qilishda fassiola tuxum larining topilishi hah odamga yuqqanligiga kafolat bo'la olmaydi.



Fassiolaning rivojlanish sikli:

1- oxirgi xo'jayin organizmidagi voyaga yetgan nusxasi; 2— suv havzasidagi tuxum va undan chiqqan lichinka; 3—molluska tanasidagi lichinka; 4— molluska tanasidagi suvga chiqqan lichinka (serkariy); 5—suv o'simligiga insistalangan lichinka (adoleskariy).
Profilaktikasi. Hayvonlar fassiolyoziga qarshi kurash bo'yicna оni boriladigan veterinariya-xo'jalik tadbirlariga asoslanadi. Odatda, yowoyi holda o'sadigan o'simliklarni xomligicha ishlatish yoki ko'llar suvini, ayniqsa mol boqiladigan va sug'oriladigan joylarida qaynatmasdan ichish mumkin emas.

Paragonim

Tuzilishi va rivojlanish sikli. O'pka so'ruvchisi yoki paragonimning (Paragonimus westermani) tanasi tuxumsimon, tikanchalar bilan qoplangan, qizg'ish-jigarrang. O'lchami taxminan 1 sm. gacha. Tuxumlari tillasimon jigarrang, oval, nisbatan yirik, uzunasiga 100 mkm. gacha qopqoqchasi bo'lib, u parda atrofiga chiqib turishi hisobiga go'yo tuxum ichiga botgandek tuyuladi. Tuxum yirik sariq hujayralar bilan toigan.

Paragonim odam, itlar, mushuklar, cho'chqalar o'pkasida parazitlik qiladi. Lichinkalari chuchuk suvlarda yashaydigan molluskalar, so'ngra krab yoki qisqichbaqalar tanasida rivojlanadi. Qisqichbaqalarni xomligicha yeyilganda odamga o'pka so'ruvchisi yuqib qoladi.



Profilaktikasi. Bemorlarni aniqlash va davolash bo'yicha tadbirlul majmuyini, shaxsiy xavfsizlik choralariga amal qilishni, ular orasidagi rn| muhimi ovqatda faqat obdon qaynatilgan qisqichbaqalar krablarni istemol qilish ko'zda tutiladi.

Shistosomalar

Tuzilishi va rivojlanish sikli. Shistosomalar yoki qon so'ruvchilar turli jinsli trematodalar, o'lchami 4—20 mm. Odamda Schistosoma turkumining uch turi uchraydi.

S. haematodium qovuqning qon tomirlarida parazitlik qiladi. Siydik tanоsil yoki urinar shistosomoz qo'zg'atuvchisidir. tuxumlari yirik, rangsiz, cho'ziq-oval shaklda, qutblaridan birida katta tikani bor

SESTODALAR SINFI (Cestoda)

Sestodalarning yassi tasmasimon tanasi (s t r о b i l a ) bo'lib, u bo'g'imlаr (p r о g l о t t i d l a r)dan iborat. Tana uzunligi va bo'gimlar soni ularning har xil turlarida juda farq qiladi. Boshchasi yoki s k о l e k s so'rg'ichlar bilan qurollangan, ayrim turlarida esa ilmoqlari (t i z m a l a r turkumi) yoki tirqishlari — botriylari (lenteslar turkumi) bo'ladi. Hazm, qon tomirlar va nafas sistemalari yo'q. Hamma sestodalar — germofraditlar, ularning ko'pchiligi biogelmintlar hisoblanadi. Odamda sestodalarning bir necha o'nlab turi parazitlik qiladi. Sestodalar qo'zg'atadigan kasalliklar sestodozlar deb ataladi.



Keng lentes

Tuzilishi. Keng lentes (Diphyllobothrium latum) birinchi marta (1778) K Linney tomonidan tasvirlangan edi. Bu odamning eng yirik parazitlaridan biri bo'lib, uzunligi 10 m. gacha yetadi va bundan ham oshadi. O'lchami 3—5 mm bo'lgan boshchasi yoki skoleks cho'zinchoq - oval shaklda, yon tomonlari yassilashgan va o'zining qambar toilarida uzunasiga ketgan ikkita yopishuvchi tirqishi (botriylari) bo'lib, lentes ular yordamida ichak devoriga yopishadi.

Tanasi ko'p sonli bo'g'imlardan tashkil topgan, ularning eni uzunligidan ancha katta, parazitning nomi ham shundan kelib chiqqan. Yetilgan bo'g'imlar markazida rozetka ko'rinishidagi to'q rangli dog' bo'lib, bu tuxumlar bilan to'lgan va chiqaruv teshigi bo'lgan-bachadonidir.

Keng lentes tuxumlari nisbatan yirik-uzunasiga 75 mkm. gacha, kulrang yoki sarg'imtir rangli, yupqa silliq pardasi bor, keng oval shaklda. Qutblaridan birida qopqoqcha, ikkinchisida — unchalik katta bo'lmagan do'mboqcha bor. Tuxumning ichi lo'p sonli sariq yirik donador hujayralar bilan to'lgan. Bitta tasmasimon gijja har kuni bir necha millionlab tuxumlar ajratadi.

Rivojlanish sikli. Keng lentes odam, shuningdek, it, mushuk, cho'chqa va baliq bilan oziqlanadigan ba'zi bir yowoyi hayvonlar ingichka ichagida parazitlik qiladi.

Tuxumlari najas bilan ajraladi va bundan keyin rivojlanishi uchun suv havzasiga tushishi lozim. Havzada ularda yumaloq shakldagi, kipriklar bilan qoplangan Iichinkа yetiladi. Koratsidiylarni chuchuk suvlarda yashaydigan qisqichbaqalar — sikloplar yutadi, siklopIarni esa baliqlar yutadi. Lichinkalar (plerotserkoidlar) baliqlar tanasida uning mushaklarida va ichki a'zolarida, ayniqsa, ikrasida yig'iladi. Cho'rtanbaliq, yorsh, yelimbaliq, okunbalig'i ko'proq zararlanadi.

Pleroserkoidlarning botriylari bo'lgan shakllangan boshchalari bor, biroq ularning tanasi hali bo'g'imlarga bo'linmagan. Uzunligi 6—10 mm. Pleroserkoidlarning kapsulasi yo'q, kipriklarsiz, osmoregulatsiyasining yax- shiligi bilan ajralib turadi: suvga tushirilganda lichinka yashashga layoqatini va qat-qatligini bir necha soat mobaynida saqlab qoladi.Yetarlicha qaynatilmagan baliq yoki tuzi kam ikra iste'mol qilinganda ndam ichagidagi lichinkalar 2 oy mobaynida keng lentesga aylanadi. I'arazitning yashash muddati 10 yilga boradi.



Profflaktikasi. Aholini, birinchi navbatda baliqchilarni, daryo transporti xodimlarini va qirg'oq bo'ylarida ovchi bemorlarni tekshirib, aniqlangan bemorlarni, albatta, davolash zarur. Baliqning lichinkalardan zararlanganligini aniqlash uchun tanlab na zorat o'tkaziladi. Baliqqa termik ishiov berish yoki uni tuzlash qoidalariga amal qilish zarur. Suv havzalarining najasdan ifloslanishiga yo'l qo'ymaslik uchun aholi yashaydigan joylarning va daryo kemalarining sanitariya obodonchiligi nihoyatda muhimdir.


Ho'kiz solityori

Tuzilishi. Qurollangan yoki ho'kiz solityori (Tayeniarhynchus saginatus)ning uzunligi 4—10 m. ga yetadi. Boshchasi yumaloq shaklda, diametri 1—2 mm, 4 ta so'rg'ichi bor. Solityorning o'sish zonasi hisoblangan ingichka bo'yinchasi ko'p sonli bo'g'imlarga

(1000—2000 gacha) bo'lingan tanaga o'tadi.

Tanasining boshlang'ich qismida turgan birmuncha yosh bo'g'imlari (strobilalar) taxminan kvadrat shaklda, getmafrodit. Oxirgi yetilgan bo'g'imlari har tomondan 18—30 ta yon tarmoqlari bo'lgan oraliq dastgohdan iborat bachadon saqlaydi. Quritilgan yoki ochiq rangli preparat- dagi bo'g'imda butun bachadonning tuxumlar massasi bilan to'lganhgi (150000 gacha) ko'rinib turadi. Oxirgi bo'g'imlar yetilgan sayin strobila- dan uziladi va faol harakatchan bo'ladi. Deyarli har kuni 6—8 tadan va bundan ko'proq bo'g'imlar ajralib turishiga qaramay, solityorning uzunligi kamaymaydi, chunki o'sish zonasida yangi bo'g'imchalar hosil bo'laveradi. Ho'kiz solityori odam oiganizmida 20 yilgacha parazit holda yashashi mumkin.

Tuxumlari yumaloq yoki oval, ularning pardasi yupqa, tiniq, rangsiz. Ichida pusht (onkosfera) bo'lib, u qush konturli sarg'imtir-jigarrang ko'ndalang chizilgan parda bilan o'ralgan. Pushtning 3 juft ilmog'i bo'ladi. Ajralib chiqqan tuxumlar pardasi judatez yemiriladi. Shunga ko'ra mikroskopiyada, odatda, faqat onkosferalar, ba'zi tuxum pardasining bujmaygan yoki yirtilgan qoldiqlari bilan birga ko'rinadi.



Rivojlanish sikli. Ho'kiz solityori odamning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Bo'g'imlar najas bilan ajraladi yoki aksariyat orqa chiqaruv yo'li niqali faol o'rmalab chiqadi. Tuxumlarning bir qismi bo'g'imlar ichak ichida yoki ichakdan tashqarida yemirilganda najas bilan birga ajraladi.

Bo'g'imlar yoki najas tashqi muhitga tushganda tuproq, o't-o'lanlar, ilmiy boqiladigan joylar, yaylovlarning onkosferalardan qattiq ifloslanishi ro'y beradi. Onkosferalar ifloslangan ozuqa bilan qoramol organizmiga tuInb, uning mushaklariga o'tirib qoladi va lichinkalarga (f i n n a l a r yoki istiserklarga) aylanadi.

Iichinkalarning o'lchami 0,5 sm. gacha, oq rangli, pufaksimon, tiniq suyuqlik bilan to'lgan, ichagida boshchasi oq nuqta ko'rinishida shu'lalanibnoz go'sht) xom yoki xomroq mol go'shti yeyilganda yuqadi. Finnalar kabobda, yetarlicha qaynatilmagan go'shtda, kam tuzlan gan mahsulotdan tayyorlangan stroganinada, ayrimlar tatib ko'radigan yoki xomligicha iste'mol qiladigan mol go'shti qiy- masida tirik holda bo'lishi mumkin.

Profilaktikasi. Ho'kiz solityori bilan zararlangan shaxslarni an iqlash va albatta, degilmintizatsiya qilish teniarinxozga qarshi kurashda muhirn choralardan biri hisoblanadi. Kasallikni boshdan kechirganlarni davolash- dan kamida 6 oy o'tgach, so'rashda uch marta manfiy natija olingandan va axlat hamda perianal qirma tekshirilgandan keyin hisobdan chiqariladi. Bemorlarni umumiy tibbiyot tarmog'i tomonidan har yili aholidan, ayniqsa, chorvadorlar va qoramol egalaridan so'rab chiqish bilan aniqlanadi.

Profilaktik tadbirlar majmuasi tomorqalar va fermalarda hojatxon- alar qurish, mollar ozuqasini axlat bilan ifloslanishdan saqlash, hov- lilarda mol so'yishni taqiqlash, go'shtni veterinariya-sanitariya eksperti- zasidan o'tkazish, aholining sanitariya bilimini oshirish, go'sht — 12°C gacha muzlatilgan yoki kamida 2 soat qaynatilgan taqdirdagina finnalari nobud bo'lishini hisobga olib, go'shtli taomlarga tegishlicha ishlov ber- ishni o'z ichiga oladi.



Cho'chqa solityori

Tuzilishi. Cho'chqa solityori yoki qurollangan tizma (Taenia solium) tashqi tomondan ho'kiz solityoriga o'xshash, biroq uning uzunligi 3 m. dan ortmaydi. Boshchasida 4 ta so'rg'ichidan tashqari, 22—23 ta ilmoqlari bor, shunga ko'ra i qurollangan tizma nomini olgan. Yetilgan bo'g'imlar ho'kiz solityorinikidan kaltaroq, bachadon esa 8 —12 ta yonbosh tar moqlarga ega, xolos. Bo'g'imlari faol harakatchan emas.

Klinikasi va tashxisi. Yetilgan cho'chqa solityori teniarinxozga o'xshash kasallik — t e n i о z n i keltirib chiqaradi.

Tashxislash maqsadida najas bilan ajralib chiqqan bo'g'imlar ko'zdan I i t hiriladi va axlat mikroskopiya qilinadi. Biroq ho'kiz va cho'chqa solityor- laiini farqqilibbo'lmaydi. Buholdalaboratoriyaxulosasidateniid nnkosferalari topildi, deb yozib qo'yiladi (bu teniidlar oilasi nomidan "Inigan bo'lib, har ikki solityor shu oilaga kiradi), shunga muvofiq ka- illik teniidoz deb tashxislanadi.

Bo'g'imlarning ajralish xarakteri bo'yicha va ularning tuzilishiga ko'ra, odatda, teniarinxoz va teniozni bir-biridan farqlashga muvaffaq bo'linadi. Turiga oid uzil-kesil tashxisni degelmintizatsiyada ajralib chiqqan solityor boshchalarini o'rganish asosida ham qo'yish mumkin.

Profilaktikasi. Aniqlangan bemorga, albatta, davo qilishni o'z ichiga oladi. Tomorqalarda jihozlangan yopiq xhjatxonalar qurish, cho'chqalarni yopiq joylarda boqish zarur. Cho'chqalarni xonadonlarda so'yish man qilinadi. Go'shtni veterinariya-sanitariya ekspertizasidan o'tkazish shart.

Inson najasidan ajratilgan teniidlarning onkosferalari (X 600).



Pakana gijja

Tuzilishi. Pakana gijja (Hymenolepis nana) uzunligi 0,5—5 sm, boshchasi, bo'yinchasi va tasmasimon tanasi (strobila) bor. Boshchasida 4 ta so'rg'ichi va toj ko'rinishidagi 20—30 ta ilmog'i bo'ladi. Strobila oq rangli, juda nozik va oson yirtiluvchan, ko'p sonli mayda bo'g'imlardan iborat.

Exinokokk

Tuzilishi. Exinokokk (Echinococcus granulosus) uzunligi 2—6 mm, kengligi 0,6 mm. gacha yetadigan, oq rangli mayda sestoda. Tanasi hammasi bo'lib 3—4 bo'g'imdan iborat, ulardan faqat oxirgisi — eng yirigi yetilgan va 800 tagacha tuxum qo'yadi.

Exinokokk. Boshchasida so'rg'ichlari va ilmoqlarining toji ko'rinib turibdi, oxirgi yetilgan bo'g'im xaltasimon bachadon bilan to'lgan.

Odamga kasallik uning tuxumlarini suv, ovqat bilan yutib yuborganida yoki ularni iflos qo'li bilan og'ziga tushirganida yuqadi. Agarqo'ylar yoki sigirlar itlar iflos qilgan yerda yotsa, tuxumlari molning juniga In shishi, junidan esa molni parvarish qilishda, sog'ishda, junini qirqishda va boshqa holatlarda insonning qo'liga o'tishi mumkin. Ko'pgina hollarda exinokokk invaziyasi bilan cho'ponlar, sut sog'uv chilar, ovchilar, chorvachilik va qoramolchilik bilan shug'ullanuvchilai, veterinariya xodimlari, teri, mo'yna va junlar — qayta ishlash bilan bogliq bo'lgan shaxslar hamda ularning oila a'zolari zararlanadi. biroq hammadan ko'p jigar 75—80 % va o'pkaga 15—20 % gacha shikast yetadi, bunda exinokokkoz kasalligi rivojlanadi.

Profilaktikasi. Profilaktik tadbirlar aholi o'rtasida va hayvonlarda olib boriladi. Tibbiy tadbirlari sifatida bemorlarga rentgenologik va serologik tek- shiruvlar qo'llanilib, yalpi ko'rikdan o'tkazish yo'li bilan aniqlash, exinokokkozga shubha qilingan shaxslarni dispanserizatsiya qilish, sanitariya maorifi ishlari olib borish juda muhimdir.

Qishloq xo'jaligi hayvonlarini xonadonlarda so'yishga va itlarni molning zararlangan a'zolari bilan boqishga yo'l qo'ymaslik kerak. Daydi itlarni yo'qotish va xizmatdagilarni degelmintizatsiya qilish tavsiya etiladi.



Tuzilishi. Alveokokk (Alve- ococcus multilocularis) uzining lashqi tuzilishi bo'yicha exinokokk solityorini eslatadi, unilan boshchasida ilmoqlarining kamroq miqdordaligi, jinsiy sistemasi tuzilishidagi tafovutlar bilan ajralib turadi.

Lichinka stadiyasi exinokokkdan farqli ravishda bitta zich lugunni tashkil qiladigan ko'p sonli mayda pufakchalardan iboral. Shunday tuzilganIigi sababli bu parazit alveolyar yoki ko'p kamerali nomini olgan. Bu juda mayda pufakchalarning hammasi quyuq sarg'ish-to'q rangli massa bilan to'lgan va skolekslar saqlaydi.



Rivojlanish sikli. Alveokokk tulkilar, kamroq — bo'rilar va itlar ichagida yashaydi. Lichinka (ko'p kamerali alveokokk pufagi) kemiravchilar va ba'zan odam organizmida rivojlanadi. Odam bo'rilar, tulkilar terisini shilgandan, unga ishlov bergandan yoki itga yaqinlashgandan keyin tuxumlari iflos qo'l orqali og'izga tushganida, shuningdek ifloslangan mevalar, sabzavotlar, yoki ochiq suv havzalarning suvini ichganda yuqtirishi mumkin.

Profflaktikasi. Alveokokkoz aksari Sibirda, Qozog'istonning shimoliy- sharqida va mamlakatimizning shimohy va o'rta mintaqasidagi qator boshqa joylarda uchraydi. Onkosferalar tashqi muhitda uzoq vaqt saqlanadi.

Odamda kasallikning oldini olish uchun yirtqich hayvonlar terisiga ishlov berishda, itlarni boqishda, mo'yna xomashyosi bilan ishlashda shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish katta ahamiyatga ega. Bemorlarni erta ani- qlash maqsadida aholi yalpi tekshiruvdan o'tkaziladi.

NEMATQDALAR SINFI (Nematoda)

Nematodalar (yumaloq chuvalchanglar)ga taalluqli gelmintlar cho'zi silindrik va segmentlanmagan tanachaga ega. Ular, odatda, turli jinsli bo'ladi, Rivojlanishi to'g'ri yo'l bilan yoki xo'jayinlar almashinganda ro'y beradi, Nematodalar qo'zg'atadigan kasallik gurahini nematodozlar deyiladi.



OstritsaTuzilishi. Ostritsa (Enterobius vermicularis) — uzunligi 0,5—1 sm. li, oq rangli kichikroq nematoda. Tanasining dum tomoni o'tkirlangan oddiy gijjadir (34-rasm). Enterobioz qo'zg'atuvchisidir.

Gijjaning narinasi(erkak zoti) uzunasiga 2—5 mm, dumli uchi burama shaklida bo'lib, kulikulyar qanotsimon yon o'simtalari, to'rt juft jinsiy g'udda bilan ta'minlangan. Dumning cheklangan qismi kesilgan. Gijjaning modinasi (urg'ochi zoti) 9—12 mm uzunlikka ega. Uning dumi uzun va tadrijiy toraytirilib bigizsimon o'tkirlangan. Orqa teshigi esa dum uchidan 2, 2 mm yuqorida joylashgan. Mikroskopning kichik obyektivida ostritsaning oldingi uchida kichikroq kengayma ko'rinib turadi, qizilo'ngach o'ziga xos sharsimon kengaymaga ega. Urg'ochining tanasidan tuxumlari bilan to'lgan bachadon shu'lalanib turadi.

Tuxumlari rangsiz, tiniq, pardasi yaxsfti llodaiangan. vupqa silliq. iu- xumlarning shakli uzunchoq, asimmetrik, bir tomoni birmuncha yassi, boshqa tomoni esa birmuncha bo'rtgan bo'ladi (36-rasm). Tuxumlarning ichida rivojlanishning turli bosqichlaridagi lichinkalar ko'rinishi mumkin. Tuxumlarning o'lchamlari 0, 050—0, 020—0, 030 mm. dir.

Rivojlanish sikli. Oddiy gijja parazitlik hayotini odam ingichka ichagi pastki va yo'g'on ichagining yuqori qismlarida o'tkazadi. Zararlanish ha- rakatchan lichinkalarga ega bo'lgan yetuk tuxumlar yutilganda sodir bo'ladi. Bu gelmintning hayot davri ayni shu vaqtda boshlanadi. Keyinchalik shu tuxumlar oshqozondan o'tib ingichka ichakning boshlang'ich qismlariga tushgan holda, u yerda yetuklanadi va ulardan lichinkalar chiqadi. Lichinkalar ingichka ichaklardan pastga tushayotgan vaqtida ikki marta po'st tashlaydi. Ba'zan, vaqtincha ichak bukilmalari va chuqurchalariga joylashadi. Lichinkalarning rivojlangan gijjalarga aylanishi ko'richak qismida sodir bo'ladi. Ko'richakdan o'tib, ular shilimshiq pardaga ilinadilar.ii liida urug'langan modina-gijjasi o'zining ffingan holatidan ozodlanib, li liak orqali tetikka qarab siljiydi. U kechasi orqa teshikdan chiqib, atrofdagi luiklam va yo'laklarga tuxumlarini qo'yadi. O'rtacha bitta modina 12000 tuxim qo'yishi mumkin. Boshqa yumaloq chuvalchanglarga qaraganda, oddiy Gljjalarda tuxum qo'yish faqat bir marta bo'ladi. Tuxum qo'ygandan keyin Gijja yana to'g'ri ichakka qaytadi. Tuxum qo'yish va uning yetuklanishiga iiig loyiq muhit yuqori darajali namlik, kislorod va 36,5°C harorati kabi haroitga ega bo'lishi lozim.

Profilaktikasi. Enterobioz hamma joyda tarqalgan. Sanitariya rejimining buzilishiga yo'l qo'yiladigan bolalar muassasalarida u, ayniqsa, ko'p qayd qilinadi.

Maktabgacha tarbiya muassasalaridagi bolalar va ularning xodimlari, shuningdek quyi sinflardagi maktab o'quvchilari yiliga bir marta laboratoriya tekshiruvidan o'tkaziladi. Bunda perianal qirmalarini 1—3 kunlik tanaffus bilan 3 marta qilinadi. Agar enterobioz bilan zararlanganlik 30 %dan yuqori bo'lsa bu holda keyingi tekshirish to'xtatiladi va bolalarning hammasi- ni, shuningdek, ularga xizmat ko'rsatadigan xodimlar davolanadi.

Bemorlar aniqlanganda hamma oila a'zolari tekshiriladi. Agar bolalar muassasalarida zararlanganlik 10 % yoki undan yuqori bo'lsa, unga qatnay digan hamma bolalarning oilalarini laboratoriyada tekshiriladi. Agar oila larida davolash-profilaktika tadbirlari olib borilmasa, bolalar muassasalarida enterobiozga qarshi kurash yaxshi natija bermaydi.

Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish; tirnoqni vaqti-vaqti bilan olib turish, uxlashdan va hojatxonaga borgandan keyin, shuningdek, ovqatdan oldin qo'lni sovunlab yuvish, kechqurun uxlashdan oldin pochasi zic 11 yopishib turadigan trusik kiyish kerak. Ertalab ichkiyim va choyshablaf qaynoq dazmol bilan yaxshilab dazmollanadi.

Maktabgacha bolalar muassasalarida sanitariya va dezinfeksiya rejimigf puxta amal qilinishi kerak. Hojatxonalarda suv oqiziladigan bo'lgani yax shi, yig'ishtiiish materiallarining hammasi tamg'alanadi, idishlarni qui it gich shkaflarda zararsiz holga keltiriladi, enagalar va tarbiyachilarning va l falari aniq qilib belgilanadi.


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin