Olmosh,olmoshning ma’no turlari



Yüklə 293,84 Kb.
tarix24.02.2023
ölçüsü293,84 Kb.
#123592
Olmosh ,olmoshning ma’no turlari

Olmosh ,olmoshning ma’no turlari


Reja:
1.Qadimgi turkiy tillarda olmoshlar.
2.Olmoshlarning ma’nosi
3.Olmoshlarning tuzilishiga ko‘ra turlari

KIrish

  • Boshqa so’zlar (ot, sifat, son, ravish, fe’l, taqlid so’zlar……), so’z birikmasi, gap hatto matn o’rnida almashib qo’llanuvchi, ularga ishora qiluvchi so’zlar olmosh deyiladi.

Qadimgi turkiy tillarda olmoshlar.

  • Kishilik olmoshi-so’zlovchi birligini bildiruvchi olmosh Uyg’ur, moniy yozuvlari yodgorliklarida män/men/min.
  • So’zlovchi ko’pligini bildiruvchi olmosh- biz.

Bir tinglovchini bildiruvchi olmosh sen.

  • Bir tinglovchini bildiruvchi olmosh sen.
  • Ko’p tinglovchini bildiruvchi olmosh- siz/sizlar.
  • O’zga kishini bildiruvchi olmosh- ol.
  • O’zga kimsalarni bildirganda esa- olar/ular/anlar.

Kishilik olmoshining turlari:
Birligi:men/meni
-sen/seni
Ko’pligi:biz/bizni/bizning/siz/
sizlar/sizni/sizlarni/sizing/
-ular/ularni/ularning

O’zlik olmoshi- o‘z aslida ‘’jon’’ degani. U ‘’kishi, shaxs, odam’’ ma’nosini ham bildiradi. Bunda uning ma’nosi “o’z-o’zim” degani. Misol: (O’z-o’zimizni kundan, oydan yuqori qo’ygan bo’lsak).

  • O’zlik olmoshi- o‘z aslida ‘’jon’’ degani. U ‘’kishi, shaxs, odam’’ ma’nosini ham bildiradi. Bunda uning ma’nosi “o’z-o’zim” degani. Misol: (O’z-o’zimizni kundan, oydan yuqori qo’ygan bo’lsak).

Jamlash-belgilash olmoshi:

  • Jamlash-belgilash olmoshi:
  • - (hamma)
  • - (hammasi)
  • - (bari)

Olmoshning ma’nosi.

  • Olmosh (Almashmoq)- boshqa so’zlar, so’z birikmasi, gap hatto matn o’rnida almashib qo’llanuvchi, ularga ishora qiluvchi so’zlarga aytiladi.
  • Olmosh so’roq bildiruvchi so’zlar hamdir.
  • Olmoshning o’ziga xos atash ma’nosi yo’q, leksik ma’nosi yo’q, lug’aviy ma’nosi yo’q, so’roqlari yo’q, sinsintaktik vazifasi yo’q.

Olmosh qaysi so’z o’rnida kelsa, qaysi so’zga ishora qilsa uning so’rog’iga javob bo’ladi. Uning sintaktik vazifasini bajaradi. Uning atash ma’nosiga ega bo’ladi.

  • Olmosh qaysi so’z o’rnida kelsa, qaysi so’zga ishora qilsa uning so’rog’iga javob bo’ladi. Uning sintaktik vazifasini bajaradi. Uning atash ma’nosiga ega bo’ladi.
  • So’z o’rnida: Muhammad darsga kelmadi. U betob ekan.
  • So’z birikmasi o’rnida: Azizda qiziqarli kitoblar ko’p. Karimda ham shundaylari ko’p.
  • Gap o’rnida: Orzum shul: o’chmasin yongan chirog’ing.

Olmoshning bugungi kundagi ko’rinishi.

    • 7.Ko’rsatish olmoshlari.
    • 6.Belgilash olmoshi.
    • 1.Kishilik olmoshi.
    • OLMOSHNING MA’NOVIY TURLARI:

2.O’zlik olmoshi.
3.So’roq olmoshlari.
5.Bo’lishizlik olmoshi.
4.Gumon olmoshlari.

Olmoshning tuzilishiga ko‘ra turlari

  • Olmoshning tuzilishiga ko’ra turlari:
  • Sodda olmoshlar; Bir asosli bo’ladi.
  • Qo’shma olmoshlar; Ikki asosli bo’ladi. M: ana shu, bir nima hech kim.
  • Juft olmoshlar; Bir-biriga mazmunan yaqin bo’lgan olmoshlarning birikishidan hosil bo’ladi. M: siz-u- biz, u-bu, ana-mana.
  • Takroriy olmoshlar; Bir o’zakning aynan yoki tovush o’zgarishi bilan takrorlanishidan hosil bo’ladi. M: o’z-o’zini, shu-shu, o’sha-o’sha, nima-nima, kim-kimlar.

Xulosa:

  • Olmoshlar zamonaviy til bilan aytganda, “ichi bo’sh” so’zlar hisoblanadi. Ushbu ichi bo’sh so’zlar vazifasi hozirda ham qadimda ham bir xil bo’lgan. Ya’niki, boshqa so’z turkumlariga ishora qilish, o’rnida qo’llanish xususiyatiga ega. Olmosh shunday murakkabki, u butun boshli matn o’rnida ham keladi. Bilamizki, bunday xususiyat boshqa so’z turkumida mavjud emas. Uni qadimgi va hozirgi holatini qiyoslab o’rganish olmoshning yangidan-yangi xususiyatlarini ochib beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

  • N.Rahmonov, Q.Sodiqov. O’zbek tili tarixi.B.-224.T,2009.
  • Muxtarov A., Sanaqulov U. O‘zbek adabiy tili tarixi. Toshkent, 1995.
  • Tursunov U., O‘rinboev B., Aliev A. O‘zbek adabiy tili tarixi. Toshkent, 1995.
  • Nasırov D.S., Paxratdinov Q. Türkiy tillerdiŋ jazba estelikleri. Tashkent, 1996.
  • Aliev A., Sodiqov Q. O‘zbek adabiy tili tarixidan. Toshkent, 1994.
  • O‘zbek tili va adabiyoti. Jurnal. 1992 yil, 2-son
  • www.ziyonet.com

E’tiboringiz uchun tashakkur!!!
Yüklə 293,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin