Oltin o‘rdadagi madaniy va adabiy hayot. Reja: Oltin o‘rdadagi madaniy hayot


Sayfi Saroyi hayoti va ijodining manbalari. Hayoti va ijodining o‘rganilish tarixi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə19/25
tarix11.11.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#131836
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
1-15 ONA TILI BOYSUN

Sayfi Saroyi hayoti va ijodining manbalari. Hayoti va ijodining o‘rganilish tarixi.
Reja:

  1. Sayfi Saroyi hayoti va ijodining manbalari

  2. Hayoti va ijodining o‘rganilish tarixi.

Sayfi Saroyi (1321—1396) — Õzbek mumtoz adabiyotining isteʼdodli vakillaridan biri. Xorazm yaqinidagi Qamishli qishloģida tuģilgan. Oltin Õrda davlatining poytaxti Saroy shahrida yashagan, hayotining sõnggi yillarini Misrda õtkazgan va u yerda vafot etgan.
Bizgacha shoirning adabiy merosidan bir necha ģazallari, qasida, qitʼa, ruboiylari, „Suhayl va Guldursun‟ dostoni (1394) hamda Saʼdiy Sheroziyning asarining tarjimasi „Gulistoni bit-turkiy‟ (1390—91) yetib kelgan. Ayrim asarlari Istanbulda (1926) „Turk adabiyoti namunalari‟da berilgan.
„Suhayl va Guldursun‟ dostoni õzbek epik sheʼriyati taraqqiyotida õz õrniga ega. Doston xalq afsonasi „Guldursun‟ asosiga qurilsa-da, unda real tarixiy voqealar, yaʼni Amir Temurning Xorazmga yurishi ham aks etgan.
Sayfi Saroyi (1321, Xorazm viloyati Sariqamish qishloģi — 1398, Iskandariya) — shoir, tarjimon. Markaziy Osiyoda mõģullar istilosi davrida yashagan, õz vatanini tark etishga majbur bõlgan, umri darbadarlikda kechgan. Keyinchalik Oltin Õrda (Saroy sh.), Misr va Turkiyada yashagan. Fors, arab tili, adabiyoti, tarixi va xalq oģzaki poetik ijodini mukammal õrgangan, lirik shoir, qasidanavis, epik dostonchi va tarjimon sifatida tanilgan. Bizgacha uning 10 dan ortiq ģazal, qasida, qit’a, ruboiy, „Suhayl va Guldursun‟ dostoni, „Gulistoni bitturkiy‟ asari yetib kelgan. „Sindbodnoma‟ni õzbek tiliga qilgan tarjimasi saqlanmagan. She’rlarida vatanparvarlik, odamiylik, inson qadrqimmati, dõstlik, muhabbat motivlari bilan birga ijtimoiy mavzu ham kuylangan („Kungul‟, „Topilmas‟, „Erur‟ va b.).
S. S. Sa’diyning „Guliston‟ asarini õzbek tiliga birinchi bõlib tarjima qilib, yarim original, falsafiyaxloqiy „Gulistoni bitturkiy‟ asarini yaratgan (1391). Sa’diy asarining asosiy maģzini olib, uni zamona ruhini va mahalliy muhitni aks ettiruvchi yangi hikoyatlar, qit’a va baytlar bilan tõldirgan. Asar 8 bob, har bir bobda hikoyatlar bor. Hikoyatlarning kõpchiligi didaktik mazmunda. Shoir pandnasihat qilish yõli bilan adolat va osoyishtalik õrnatish, zolim podsho va amaldorlarni insof va adolatga chaqirish, davlatni qat’iy qonunqoidalar asosida boshqarish, kishilar xulq-atvorini yaxshilash mumkin, deb õylaydi. Shu maqsadda tuģrilik, rostgõylik, sadoqat va marhamat kabi fazilatlarni tarģib etadi. Asar katta adabiy yodgorlik, qad. turkiy tilni õrganishda ham muhim manbadir. Uning yagona qõlyozmasi Gollandiyadagi Leyden universitetida (inv. №1355), fotonusxasi, „Suhayl va Guldursun‟ dostoni qõlyozmasi Õzbekiston FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi[ Shoirning o’zbek adabiyotiga qo’shgan hissasi bebahodir. O’zidan oldingi yashab ijod etgan shoirlar ijodini o’rganib, Sayfi Saroyi quidagi misralarda ijod maydonini bog’ gulshaniga, shoirlarni esa shu bog’dagi qushlarga qiyos qilib, ikki guruhga ajratgan: Jahon shoirlari, ey gulshani bog’, Kimi bulbuldurur so’zda, kimi zog’.  Bizgacha shoirning adabiy merosidan bir necha g’azallari, qasida, qit’a, ruboiyi, masnaviylari, “Suhayl va Guldursun” dostoni (1394) hamda “Gulistoni bit–turkiy”(1390-91) yetib kelgan.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin