"YUSUF VA ZULAYHO" — Sharq xalqlari orasida mashhur va keng tarqalgan ishq qissasi, doston. Asl manbai — ilohiymuqaddas kitoblar: Tavrot, Injil va Qurʼoni karim. Qurʼondagi talqini birmuncha ixcham va badiiy shakllangan. Tavrotdagisi folklorga yaqin va qadimiy Misr afsonalariga borib taqalishi taxmin qilinadi. Sharqda keng tarqalgan qissaning bu varianti Qurʼoni karimning "[[Yusuf" (12) surasi asosida shakllangan boʻlib, jamiki "YU. va 3." qissa va dostonlarining ilhom manbai ushbu suradir. Ushbu qissa Qurʼonda "ahsan ulqisas" ("qissalarning eng goʻzali") deya taʼriflanadi (qarang [[Yusuf).
Mazkur qissa davrlar oʻtishi bilan Sharqda goʻzal adabiyot namunasi sifatida keng tarqaldi, koʻplab yangi voqealar bilan boyib, alohida asar holida qalamga olina boshladi. Sharqda (9-asrdan) 150 dan ortiq "YU. va 3." dostonu qissalari yaratildi. Xususan, eng mashhurlari qatorida Firdavsiy, Abulmuayyid Balxiy, Shahobiddin Amʼaq, Shohin Sheroziy, Abdulloh Ansoriy, Xoja Masʼud Iroqiy, Abdurahmon Jomiy va boshqalarning qissadostonlarini koʻrsatish mumkin. Xuddi shuningdek, turli davrlarda turkiy adabiyotda ham shu mavzuda 50 ga yaqin asar ijod qilingan. Jumladan, Qul Ali, Nosiriddin Rabgʻuziy, Haydar Xorazmiy, Mulla [[Yusuf Yorkandiy, Nozim Hiraviy, Sayqaliy, Xiromiy, Salohiy, Andalib, Hoziq kabi ijodkorlar qissa va dostonlar bitganlar.
Asarning keng tarqalishi va shuhrat qozonishiga asosiy sabab uning mazmunmohiyatidagi muhabbat talqinidir. Asar "YU. va 3.", "Qissai [[Yusuf alayhissalom" yoki "Qissai [[Yusuf paygʻambar" deya turlicha nomlanishiga va turli davrlarda, turli ijodkorlar tomonidan yozilishiga qaramay, unda ishq mavzui sufiyona talqinning eng jozibador namunasi boʻlib qolaverdi. Shu bilan birga, "YU. va 3." dostonlari oʻziga xos sof insoniy muhabbatni tarannum etuvchi dunyoviy adabiyot namunasi hamdir. Mas, Durbekka nisbat berib kelingan Xorazmiyning "YU. va 3." dostonida (1409)Oʻrta Osiyo xalkdarining turmush tarzi, oshiqlarning muhabbat toʻla sarguzashtlari juda yorqin boʻyoqlarda goʻzal tasvirlangan. Umuman, davrlar oʻtishi bilan "YU. va 3." dostoni syujeti asosida yaratilgan asarlarda oʻz davrining turli axloqiy va falsafiy qarashlari, ijtimoiy va siyosiy tushunchalari aks etib boraverdi.
Ushbu syujet asosida asarlar yaratish 20-asrda ham davom etdi. Xususan, Hamza Hakimzoda Niyoziy "Qiroat" kitobida bu qissani sodda til bilan qisqacha hikoya qilgan, Nozim Hikmat "Goʻzal [[Yusuf" pyesasi, Ramz Bobojon "YU. va 3." musiqali dramasini yaratdi. Jomiyning "YU. va 3." asari 19-asrda Ogahiy tomonidan oʻzbekchaga tarjima qilindi. Gʻarb adabiyoti ham bu syujetga murojaat qilgan (T. Manning "[[Yusuf va uning akalari" tetralogiyasi, 1933—43). Durbekning hayoti va faoliyati haqidagi materiallar uning yagona dostoni «Yusuf va Zulayho» orqali yetib kelgan. Asar 1409 yil Balxda yozilgan. Uning ismi, ijtimoiy kelib chiqishi va boshqalar haqidagi ma’lumotlar yoʻq. Balx qamalining guvohi boʻlgan. Bu erdagi voqealarni kuzatgan. Bu erda koʻp kitob mutolaa qilganligini, forsiy tildagi «Yusuf va Zulayho» asarlarini oʻqiganligini va turkiy tilda asar yozish niyati tugʻilganini ta’kidlaydi. Dostonda XIV asr oxiri-XV asr boshlarida yuz bergan tarixiy hodisalar Yusuf va Zulayhoning romantik sarguzashtlari orqali tasvirlanadi. Asarda hayotiy, insoniy goʻzallik, dunyoviy va diniy ishq-muhabbatning tasviri, halollik va toʻgʻrilik kabi mavzular yoritiladi. Asardagi ijobiy qahramonlar oʻzining xarakteri, ruhiyati, oʻziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu ijobiy qahramonlar Yusuf va Zulayho, I.Yamin, Ya’qub, Bashir shuningdek, Yusufning qutilishga yordam bergan Jabroil obrazlari kiradi. Asarning bosh obrazi Yusufdir. Shoir Yusuf faoliyatini boshlanishidan to oxirigacha batafsil tasvirlaydi. usuf-Ya’qub paygʻambarning kichik oʻgʻli. Durbek bu obrazni, diniy va insoniy mavzuni uzviy bogʻlagan holda tasvirlaydi. Yusuf obrazi koʻp jihatlari bilan Qur’oni karimdagi Yusufga yaqin va ayni paytda ba’zi jihatlari bilan farq ham qiladi.
“Yusuf va Zulayxo” turkumidagi dostonlarning shakllanishi