Qutbning “Xusrav va Shirin” dostoni Reja: Nosiruddin Rabg‘uziyning hayoti va ijodi
Qutbning “Xusrav va Shirin” dostoni
Yuksak iste’dod sohibi bo‘lgan taniqli adib, iste’dodli shoir Nosuriddin Rabg‘uziy o‘zbek mumtoz adabiyotining ulkan namoyandalaridan biridir. Uning turkiy xalqlar orasida "Qisasu-l-anbiyo" nomi bilan mashhur bo‘lgan "Qisasi Rabg‘uziy" asari yozuvchi ma’naviy merosidan bizgacha yetib kelgan yagona adabiy manba sanaladi. Mazkur asar yirik hajmli turkiy nasrning birinchi namunasidir.
Nosiruddin Rabg‘uziyning hayoti va ijodi haqida juda oz ma’lumotlarga egamiz. "Qissasi Rabg‘uziy"dagi ayrim qaydlar adib tarjimai holiga doir ishoralar egaligi bilan alohida ahamiyatga molik. Jumladan, asar muqaddimasida "Qisasi Rabg‘uziy" Xorazmdagi Raboti o‘g‘iz degan joyning qozisi Burhoniddin o‘g‘li Nosuriddin tomonidan e’tiborli mo‘g‘ul beklaridan hisoblanib, islom dinini qabul qilgan Nosuriddin To‘qbug‘abek iltimosiga ko‘ra yozilganligi e’tirof etiladi. Adib Nosuriddin To‘qbug‘ani Toj ul-umaro va muhibbul ulamo beklar urug‘i, yigitlar arig‘i, ulug‘ otlig‘, qutlug‘ zotlig‘, ezgu xulqli, islom yorig‘lig‘, mug‘ul sanig‘lig‘, musulmon dinlig‘, odamiylar in’onchi, mo‘minlar quvonchi, hikmati adiz, aqli tegiz begimiz", - deb ulug‘laydi.
Nosuriddin Rabg‘uziy asarning muqaddimasida uning yozilish sabablarini ham bayon etgan "Payg‘ambarlar qissalariga g‘oyat rag‘batim bor. Tekma yerda, tekma kim ersada bilinur ba’zisi mustaqim bor, ba’zisi nomustaqim. Bir anchasi muqarrar va bir anchasi mubattar bor. Bir ozining so‘zlari kesuk bor, bir ozinig maqsudlari o‘ksuk. Emdi saning zimmangdan chiqgan, qalamungdan-oqqan, kitobatma saning, iboratma saning bo‘lib "Qisasul-anbiyo" bo‘lsa, o‘qumog‘qa keraklik o‘rganmog‘qa yorog‘liq bo‘lg‘ay erdi, teb iltimos yanglig‘ ishorat bo‘ldi ersa, nechama o‘zumni ul ishga loyiq, ul amalga muvofiq ermasin teb, bu og‘ir ishga o‘gradim. Izi izza va jalladan tamom bo‘lguga tavfiq (Alloh taolo uning kamchiliklarini bekitsin va unga rahm qilsin) tilab kitob boshladimiz", Ko‘rinadiki, ijodkor g‘oyat ulug‘ ishga kirishadi. Payg‘ambarlar qissalariga bo‘lgan rag‘bati turli, joylarda, turli kishilar tomonidan hikoya qilinadigan, ba’zilari mustaqil, ba’zilari esa mustaqil bo‘lmagan. Ba’zilari parchalar holida bo‘lgan va shunga o‘xshash Alloh elchilari to‘g‘risidagi badiiyat namunalarini yig‘ib, kitob holiga keltiradi. Asar muallifining bundan ko‘zda tutgan maqsad-muddaosi quyidagicha muxtasar badiiy ifodalangan: "Bunda maqsad payg‘ambar qissasi erdi va lekin odamdan burunoq yaratilgan bor uchun andin boshlasamiz foydasi ortiqroq bulg‘ay, deb tartib uza yaratilganlardan og‘oz qildimiz. Ertakliga ung‘ay, istakliga tebray bo‘lsin teb "Qisasi ar-Rabg‘uziy" ot berdimiz". Nosuruddin Rabg‘uziy asarning yozilish tarixi haqida quyidagicha ma’lumot beradi; Nosuriddin Rabg‘uziy ushbu asarni bir yillik tinimsiz mehnati natijasida vujudga keltirganini she’riy parchada e’tirof etadi. Hijriy 710 yilning hut oyida kitob nihoyasiga etkazilgan. Hut hijriy-shamsiy taqvimning so‘nggi oyi sanaladi. Buni milodiy hisobga aylantiradigan bo‘lsak, 1332 yilning fevral-mart oylariga to‘g‘ri keladi. Biroq ayrim ishlarda, jumladan, E.Fozilov "Qisasi Rabg‘uziy" haqida yozgan so‘z boshisida asar hijriy hisob bilan 710 yilning hut oyi va milodiy hisob bilan 1310 yilda yozilgan,- deya ta’kidlaydi. (Nosuruddin Rabg‘uziy. Qisasi Rabg‘uziy. Birinchi kitob, Toshkent- 1991, 7-bet). Bunday xatolik hijriy-qamariy yilni milodiyga aylantirishdan kelib chiqqan. Afsuski, maktab darsliklarida ham bunday yanglishish tuzatilmagan. Qisasi Rabg‘uziy"ning eng qadimgi qo‘lyozma nusxasi XV asrda ko‘chirilgan bo‘lib, u Britaniya muzeyida saqlanadi. Xuddi shunday XV-XVI asrlarda ko‘chirilganligi taxmin etilgan asarniig yana bir nusxasi Sank-Petrburgda mavjud. "Qisasi Rabg‘uziy" XIX asrning II yarmi va XX asrning boshlarida Qozon va Toshkentda bir necha marta nashr qilingan. Asarning to‘la matni 1959 yilda Qozon shahrida rus turkshunos olimi N.I.Ilminskiy tomonidan chop etildi.