Agiografik asarlar- badiiy nasr namunasi sifatida. Reja: Agiografik asarlari
Agiografik asarlar- badiiy nasr namunasi sifatida.
Yuksak iste’dod sohibi bo‘lgan taniqli adib, iste’dodli shoir Nosuriddin Rabg‘uziy o‘zbek mumtoz adabiyotining ulkan namoyandalaridan biridir. Uning turkiy xalqlar orasida "Qisasu-l-anbiyo" nomi bilan mashhur bo‘lgan "Qisasi Rabg‘uziy" asari yozuvchi ma’naviy merosidan bizgacha yetib kelgan yagona adabiy manba sanaladi. Mazkur asar yirik hajmli turkiy nasrning birinchi namunasidir.
Nosiruddin Rabg‘uziyning hayoti va ijodi haqida juda oz ma’lumotlarga egamiz. "Qissasi Rabg‘uziy"dagi ayrim qaydlar adib tarjimai holiga doir ishoralar egaligi bilan alohida ahamiyatga molik. Jumladan, asar muqaddimasida "Qisasi Rabg‘uziy" Xorazmdagi Raboti o‘g‘iz degan joyning qozisi Burhoniddin o‘g‘li Nosuriddin tomonidan e’tiborli mo‘g‘ul beklaridan hisoblanib, islom dinini qabul qilgan Nosuriddin To‘qbug‘abek iltimosiga ko‘ra yozilganligi e’tirof etiladi
Izi izza va jalladan tamom bo‘lguga tavfiq (Alloh taolo uning kamchiliklarini bekitsin va unga rahm qilsin) tilab kitob boshladimiz", Ko‘rinadiki, ijodkor g‘oyat ulug‘ ishga kirishadi. Payg‘ambarlar qissalariga bo‘lgan rag‘bati turli, joylarda, turli kishilar tomonidan hikoya qilinadigan, ba’zilari mustaqil, ba’zilari esa mustaqil bo‘lmagan. Ba’zilari parchalar holida bo‘lgan va shunga o‘xshash Alloh elchilari to‘g‘risidagi badiiyat namunalarini yig‘ib, kitob holiga keltiradi.
Nosuriddin Rabg‘uziy ushbu asarni bir yillik tinimsiz mehnati natijasida vujudga keltirganini she’riy parchada e’tirof etadi. Hijriy 710 yilning hut oyida kitob nihoyasiga etkazilgan. Hut hijriy-shamsiy taqvimning so‘nggi oyi sanaladi. Buni milodiy hisobga aylantiradigan bo‘lsak, 1332 yilning fevral-mart oylariga to‘g‘ri keladi. Biroq ayrim ishlarda, jumladan, E.Fozilov "Qisasi Rabg‘uziy" haqida yozgan so‘z boshisida asar hijriy hisob bilan 710 yilning hut oyi va milodiy hisob bilan 1310 yilda yozilgan,- deya ta’kidlaydi.
"Qisasi Rabg‘uziy"ning eng qadimgi qo‘lyozma nusxasi XV asrda ko‘chirilgan bo‘lib, u Britaniya muzeyida saqlanadi. Xuddi shunday XV-XVI asrlarda ko‘chirilganligi taxmin etilgan asarniig yana bir nusxasi Sank-Petrburgda mavjud. "Qisasi Rabg‘uziy" XIX asrning II yarmi va XX asrning boshlarida Qozon va Toshkentda bir necha marta nashr qilingan. Asarning to‘la matni 1959 yilda Qozon shahrida rus turkshunos olimi N.I.Ilminskiy tomonidan chop etildi. 1990-1991 yillarda E.Fozilov, A.Yunusov, H.Dadaboev, Yu. Shokirov kabi olimlarimizning sa’y-harakatlari bilan "Qisasi Rabg‘uziy" ikki kitob holida sharhu izohlar va lug‘at bilan nashr yuzini ko‘rdi.
"Qisasi Rabg‘uziy" 72 qissadan iborat. Asar hamd, na’t, muqaddima, lirik kechinmalar va xotimadan tarkib topgan. Qissalar nasrda, ularning tarkibidagi ba’zi lirik kechinmalar, qissalarning xulosalari va asar xotimasi nazmda ijod etilgan. Nosuriddin Rabg‘uziy Qur’oni Karimda payg‘ambarlar haqida kelgan qissa va hikoyatlarni qayta ishlab sayqal berib, takomillashtirgan. Manbalarda takidlanishicha, ijodkor Qur’oni karimda mavjud bo‘lmagan qissalarni yozishda boshqa mumtoz manbalardan, jumladan, Abu Is’hoq Nishopuriyning "Qisasul anbiyo" asaridan va islom diniga oid boshqa manbalardan foydalangan
Qissalarning o‘ziga xos xususiyatlari ularning hajman katta-kichikligi, tarkibida hikoyat, rivoyat, g‘azal va boshqa she’riy shakllarni turli miqdorda uchrashi kabi tashqi belgilardayoq namayon bo‘ladi. Ba’zi qissalarda payg‘ambarlarning ibratli hayotiy lavhalari bayon etilishi bilan bir qatorda zaminiy voqealar tasviriga urg‘u berilsa, ba’zilarida ko‘proq hozirjavoblik danolik, ilm-ma’rifatni ulug‘lash, ma’naviy-ma’rifiy fazilatlar ifodasi etakchilik qiladi. Xususan Sulaymon payg‘ambar va Luqmoni hakim haqidagi qissalarda axloqiy-ta’limiy qarashlar ifodasiga urg‘u berilganligi kuzatiladi.