Ta‘lim tizimida zamonaviy innovatsion ta‘lim texnologiyalaridan foydalanish quyidagi afzalliklarni yaratadi:
A) o‘quvchilarga keng spektrdagi imkoniyatlarni taqdim etadi, ya‘ni o‘rganilayotgan ob‘ekt –predmetni multimediali tizimlar yordamida o‘rganish;
B) o‘zlashtirilayotgan o‘quv materiallarini qayta - qayta namoyish qilish va imitatsiya qilish imkoniyatini beradi;
S) maxsus kompyuter dasturi yordamida predmetning o‘lchami va ҳajmini, uni mukammalroq o‘rganish maqsadida, kattalashtirish yoki kichiklashtirish, yaqiklashtirish yoki uzoqlashtirish imkoniyatini beradi;
D) virtual tasvir yordamida oddiy, tabiiy holatda yaratib bo‘lmaydigan sharoitlarni ham kompyuter yordamida tasvirlash va har xil o‘lcham hajmga ega bo‘lgan eksperiment natijalarni ekranda paydo qilish mumkin.Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, shuni ta‘kidlash mumkinki, ta‘limda innovatsion texnologiyalarini qo‘llash o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi va nutq yuritishiga karatilgan" metod ekanligiga amin bo‘ldik. Shuni ham ta‘kidlab o‘tmoq joizki, o‘qituvchi darsga tayyorlanayotganida darsning maqsadiga muvofiq keladigan turli xil interaktiv va innovatsion o‘yin - topshirikdarni tanlash lozimligini unutmaslik kerak. Darsga tayyorlanishda o‘qituvchi o‘yin - topshiriqlarning miqdorini, uni bajarishga sarflanadigan vaqtini ham aniq belgilab olishi lozim. Ustma — ust o‘quvchilarni o‘yin — topshiriqlar bilan band qilib qo‘yish ta‘lim samaradorligini oshirishga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun topshiriqni bajarishga ortiqcha vaqt sarflash ham o‘quvchilar faolligini oshirishga putur yetkazib qo‘yishi mumkin. Shu sababli o‘yin - topshiriqlarni sharti o‘quvchilarning yosh xususiyati va real o‘quv imkoniyatlariga muvofiq kelishi lozim. O‘qituvchi o‘yinda o‘quvchilar yo‘l qo‘yadigan xatolarni bartaraf etishni ham unutmasligi kerak. Ammo o‘yin davomida bu ishni amalga oshirish ancha murakkab. Shuning uchun o‘qituvchi o‘yinning oxirida o‘quvchilar kuchi bilan yo‘l qo‘yilgan xatolarni izohlashi, uni bartaraf etishi choralarini ko‘rishi lozim. Shundagina u ta‘limda innovatsion ta‘lim texnologiyalaridan to‘gri va oqilona foydalangan bo‘ladi. Bular esa yana bir bor ta‘limda innovatsion ta‘lim texnologiyalarining qanchalik muhim ekanligini ko‘rsatib beradi.
Biologiya tirik mavjudotlarning atrof-muhit bilan o‘zaro aloqalarini o‘rganuvchi ilmiy-tadqiqot fani hisoblanadi. Bir o‘lcham tasvirlariga ega darslik yordamida o‘rganishda barcha organlar qismlarini va ularning funksiyalarini tushunish qiyin. Biologiya darsliklarida tasvir va diagrammalar ko‘p. Odam tanasining uch o‘lchamda tasvirlangan va har bir organ faoliyati aks ettirilgan virtual taqdimotini tasavvur qiling. Bunday taqdimotlarni o‘quvñhilar uzoq vaqt esda saqlaydilar. Hujayraning tuzilishini darslikdan o‘qib tushunish birmuncha murakkab. Ko‘rgazmali tasvirlardan foydalanilsa, tasavvurlar yanada yorqin va tushunarli bo‘ladi. Hozirda avvalgidek sinf taxtasida bo‘r bilan yozish va ko‘rgazma rasmlardan foydalanish vaqti o‘tdi. O‘qituvchilar yanada samarali o‘qitish uchun proektorlar va AKTdan foydalanib, jonli o‘quv sinflarini tashkil etishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |