Ona haqida sherlar


Husniddin SHARIPOV ONA NAVOSI



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/16
tarix24.10.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#130841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Ona haqida sherlar

Husniddin SHARIPOV ONA NAVOSI
Kechalar uzundir, kechalar uzoq
Goh kuzim ilinmas tong qadar, bolam. 


Kungil mavjlariga solganda quloq, 
Khayolga ne kelib, ne ketar, bolam. 
Farzanddir onaning umriga gultoj, 
Dardiga malham-u, bakhtiga yuldosh, 
Hech kimni etmasin hech kimga muhtoj, 
Minnat yosh joningni ogritar, bolam. 
Mayli, ultirmagin tun-kun boshimda, 
Etar paydo bulsang tez-tez qoshimda, 
Balki rizqing bordir bir kaft oshimda, 
Gap-suzni aylasam mukhtasar, bolam. 
Goh borsam uyingga uzimdan ortib
Yayrar nabiralar sakrashib, yurtib, 
Kutarsam, qulimdan olmagin tortib, 
Menga ham yarashar gunchalar, bolam. 
Aziz umring bulib shohona bir bayt, 
Qushiqlar ichingdan toshib ketgan payt 
Arzingni menga ham tushuntirib ayt, 
Qolmayin dardingdan bekhabar, bolam. 
Uz inin vatan deb sevarkan turna, 
Sen ham har zarrasin kuzga et surma. 
Ichmagin, chekmagin, bemahal yurma, 
Bulsin bosgan izing bekhatar, bolam. 
Khayr-khush qilarmiz bir kunmas-bir kun, 
Tonglarim husnini tusganda ham tun, 
Bakhtingni kursam bas — mamnunman, mamnun, 
Sen borki, bizlar ham mutabar, bolam. 
Abdulla ORIPOV
UZBEK ONASI


Mushtipar ham uzing, buyuk ham uzing, 
Kuyinchak ham uzing, kuyuk ham uzing. 
Olamga tatirlik suyuk ham uzing, 
Payt keldi aytmoqqa, gapning khonasi
Ey, Uzbek onasi, Uzbek onasi. 
Seni Tumaris deb, maqtaganim bor, 
Sen Temur beshigin tebratgan bedor, 
Sensan Bibikhonim, Nodirai zor, 
Payti keldi aytmoqqa, gapning khonasi, 
Ey, Uzbek onasi, Uzbek onasi. 
Vatanni Ona deb bekor aytilmas, 
Ona buyurganda yuldan qaytilmas, 
Sen uzing Kabamsan, Baytul muqaddas
Payt keldi aytmoqqa, gapning khonasi, 
Ey, Uzbek onasi, Uzbek onasi. 
Boshingdan nimalar utmadi akhir, 
Vatandek taqdiring buldi goh takhir, 
Bobur shoh bulsada, qoshingda faqir, 
Payt keldi aytmoqqa, gapning khonasi, 
Ey, Uzbek onasi, Uzbek onasi. 
Gohida balqiding Barchindek tulib, 
Guzadek quriding Tursunoy bulib
Timsoling yalovda yulduzdek kulib, 
Payt keldi aytmoqqa, gapning khonasi, 
Ey, Uzbek onasi, Uzbek onasi. 
Farzanding quvonsa — sen ham quvonding, 
Faqat bolam deding, yashading, yonding, 
Nokasi uchrasa, urtanding, tonding, 
Payt kedi aytmoqqa, gapning khonasi, 
Ey, Uzbek onasi, Uzbek onasi. 


Kelajak toychogu toyingizdadir, 
Jannat ham, albatta, poyingizdadir, 
Vatan-ku Siz turgan joyingizdadir, 
Payt keldi, aytmoqqa, gapning khonasi, 
Ey, Uzbek onasi, Uzbek onasi. 
Sizga tazim qilib turibman bu payt, 
Sizga bakhshidadir eng shohona bayt, 
Aziz elu yurtga duolaring ayt, 
Payt keldi aytmoqqa, gapning khonasi, 
Ey, Uzbek onasi, Uzbek onasi. 



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin