Ona haqida sherlar



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/16
tarix24.10.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#130841
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Ona haqida sherlar

Onamning suzlari…
Aytar edi onam menga yoshligimda: 
«Shu suzlarim unutmagin jonim, bolam. 
YOlgon suzin olib tashla lugatingdan
Boshing uzra qilich serkab tursalar ham!!! 
Avvalambor, sotqin fellar ila yurma, 
Ular bilan utirmagin, yotma, turma. 
Seni sotgan dustingni ham sota kurma 
Peshonangga miltiq tirab sursalar ham. 


Haqiqatni izla, bolam, toliqmayin, 
Dust tanlashda khushyor bulgil khovliqmayin. 
Desang, badfel kishilarga yuliqmayin, 
Mardlarni quv, sendan yuzin bursalar ham. 
Inson qocha olmas ekan gumrohlikdan
Kabira-yu, ham sagira gunohlikdan. 
Hazar qilgil har on yolgon guvohlikdan, 
Eritilgan qurgoshin-la ursalar ham! 
Haq yulinda tusiqlasa ming bir harsang, 
Bolam, bolam emasdirsan ortga qaytsang. 
Kuzni yumgum men hotirjam haqni aytsang
Suyagingdan imoratlar qursalar ham! 
Seni boqdim, odamlarga ibrat bul, deb 
Yakhshiga dust, yomonlarga nafrat bul, deb. 
Holid ibn Valid kabi ummat bul, deb, 
Huzuringda munofiqlar yursalar ham! 
Bolajonim, bu yullarda charchoq bilma, 
Yiglasang ham, tahajjudda yigla, tinma! 
Uz yulingni ravon ushla, parvo qilma 
Karvoning ortidan tinmay khursalar ham! 
Shunda rozi bulgum bergan oq sutimdan, 
Gudak choging chaynab bergan har yutumdan… 
Bolam, qaytar choging manzil, tobutimdan, 
Kulib quygin, hayrat ila kursalar ham! 
ONAMGA
Mening onam matonatda eng ulkan tog! 
Toglar nima, turt tarafi gullagan bog 
Yuq adashdim, onam asli tillo tojim
Bakhtimizga yonimizda yursinlar sog. 


Uchta qizmiz, bitta ugil parvonamiz! 
Onam bizning gavharga teng dur shodamiz, 
Ne ne kunni kurmadilar ayol bulib
Sog bulsinlar biz farzandlar duodamiz! 
Otam ketdi foniylarga bizni tashlab, 
Qolib ketdik kuz yoshi bilan yurak gashlab, 
Er tepindik, chidolmasdan ayriliqqa, 
Dalda berib qololdingiz bizni ushlab. 
Un yil utdi ayriliqni yutib keldik, 
Qancha ogir sinovlardan utib keldik. 
Tugri yulni kursatdingiz ona bulib
Rahmat sizga oq qorani siz deb bildik. 
Bakhtsizman deya kuz yosh qilsam ―jim‖ dedingiz, 
Usha seni yiglatganlar ―kim dedingiz‖, 
Oringizni otmadingiz balchiqlarga, 
―Bolam bulsang, faqat meni bil‖ dedingiz. 
Noliganim uchun uzr suray ona, 
Mehringizni quchogimga uray ona, 
Ham otamsiz, ham onamsiz nuri diydam, 
Makkalarda yoningizda yuray ona! 
Siz boyligim, davlatimning eng boshisiz
Hayot degan osmonimning quyoshisiz, 
Nevara-yu, evaralar qurshovida, 
Suyukligi, har farzandning bardoshisiz! 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin